Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash boʻyicha asosnoma Tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi


Download 64 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi64 Kb.
#1529255
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16 17 yoshli futbolchi qizlarning kordionsion qpbiyatini rivojlantirish



DISSERTATSIYA ISHI MAVZUSINI TANLASH BOʻYICHA
asosnoma
Tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi: O‘ralov Jasurbek Ravshan o‘g‘li Tadqitotchining ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan tashkilot va sanasi: 2022-yil 10-sentyabrdan JDPU Maktabgacha ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi.
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi:
“16-17 yoshli futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish medotlarini takomillashtirish”.
“Improving methods of development of coordination abilities of 16-17-year-old football players.”.
“ «Совершенствование методики развития координaтсионных способностей футболистов 16-17 лет» (девушек).”


Ixtisoslik shifri va nomi: 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmogʻi: Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Meliyev Xamidulla Abdullayevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya ishi bajariladigan tashkilotning toʻliq nomi va elektron manzili: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jspu_info@umail.uz.
Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: Mustaqil tadqiqotchi. 2023-yil aprel.


Mavzuning dolzarbligi: Dunyoda so‘nggi yillarda ayollar futbolining ommaviyligi o‘sib bormoqda, u boshqa sport turlari orasida o‘zining munosib o‘rnini egallab bo‘ldi. Zamonaviy futbol ayol futbolchilarning tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yadi, bu esa o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tuzishga bo‘lgan yangi, yanada mukammal uslubiy yondashuvlarni izlab topish hamda sportchi qizlar tayyorgarligining turli tomonlarini takomillashtirishga yordam beruvchi yangi ilmiy-pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Zamonaviy futbolda muntazam o‘zgarib turuvchi o‘yin vaziyatlarida harakatlarini aniq muvofiqlash hamda qayta qurish ko‘nikmasi, reaksiya tezligi, diqqatni jamlash va ko‘chirish, o‘yinni tez sur’atda olib borish ko‘nikmasi koordinatsion qibiliyatlarning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Zero, ushbu qobiliyatni rivojlantirish futbol sport turida yuqori natijalarga erishish uchun asosiy omillardan hisoblanadi.
Jahonda hozirgi kunda turli yoshdagi futbolchi qizlarning morfofunksional ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ularning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish, musobaqa faoliyati sharoitlarida texnik-taktik harakatlar samaradorligini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda har xil sport turlarida sportchilarning umumiy va maxsus koordinatsion qobiliyatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan katta nazariy va tajriba materiallari to‘plangan. Biroq ayol futbolchilar, ayniqsa, yosh futbolchi qizlarda koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlar sanoqlidir. Yillik tayyorgarlik siklining turli bosqichlarida yosh futbolchi qizlarning koordinatsion kobiliyatlarini tashhislash va rivojlantirish vositalari hamda uslublarini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar yetarlicha o‘rganilmagan.
Respublikamizda xotin-qizlar sportini, jumladan, ayollar futbolini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. O‘zbekistonda iste’dodli va salohiyatli futbolchilarni saralash hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Futbolchilar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda futbolchi qizlarda koordinatsion qobiliyatlarni takomillashtirish mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida tezlik-kuch, tezlik qobiliyatlari, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilmagan. Ushbu zaruriyat futbolchi qizlarni musobaqalarga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Vatanimiz va xorijiy olimlar, murabbiylar, pedagoglar tomonidan mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish, futbolchi qizlarning musobaqa faoliyati natijadorligini oshirish yuzasidan bir qator ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan, biroq sportchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini takomillashtirish masalasi hozirgacha muammo bo‘lib qolmoqda. Futbolda maxsus koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonida samarali foydalanish uchun koordinatsion qobiliyatlarni baholash va bashoratlashda qo‘llaniladigan ishonchli testlar yetarli emas, koordinatsion qobiliyatlarni mashq qildirish vositalari hamda uslublaridan foydalanishning yosh futbolchi qizlar musobaqa faoliyati samaradorligiga ta’siri o‘rganilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368 son «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» Farmoni, 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-son «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori, 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887 son «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.


Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling