Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash boʻyicha asosnoma Tadqiqotchining familiyasi, ismi-sharifi


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 64 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi64 Kb.
#1529255
1   2   3   4   5
Bog'liq
16 17 yoshli futbolchi qizlarning kordionsion qpbiyatini rivojlantirish

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Tadqiqot respublika fan va texnologiyalarini rivojlantirishning I.«Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari» ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Biz tomonimizdan o‘rganilgan ayollar futboli bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina tadqiqotlar futbolchi qizlarning jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish va fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan, biroq yosh futbolchi qizlarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirish muammosi yetarlicha ishlab chiqilmagan. Vatanimiz olimlaridan R.I.Nurimov [85], Sh.T.Iseev[49], O.A.Qurbonovlar [54] yosh va yuqori malakali futbolchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini oshirish, koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlarni umumlashtirgan holda taklif va tavsiyalar ishlab chiqqanlar. Biroq yosh futbolchi qizlar kontingentida futboldagi mavjud muammolar tadqiq qilinmagan.
Futbol bo‘yicha xorijiy yetakchi olimlardan V.B.Pashinsev [88] futbolchi qizlarda tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish muammosi yuzasidan izlanishlar olib borgan. O.A.Buravel [20] va D.V.Sobolev [98] kabi olimlar futbolchi qizlar organizmining fiziologik xususiyatlarini tadqiq etganlar.
M.V.Rilov [94] tomonidan futbolchi qizlarning mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan yugurish yuklamalari kattaligini me’yorlash masalalari o‘rganilgan. D.D.Zaysev [41] o‘z tadqiqotlarida yosh futbolchi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligi hamda ularning biologik rivojlanish sur’atlarini ilmiy asoslab bergan. N.M.Yusupov malakali futbolchi qizlarning tezlik-kuch tayyorgarligini takomillashtirish uslublarini tadqiq qilgan [111].
Sportchilarning koordinatsion qobiliyatlari bo‘yicha ko‘plab olimlar tadqiqot olib borishgan. Biroq ushbu tadqiqotlarda jinsga xos va musobaqa faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan xolda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari yoritilmagan [7, 23,25, 71, 92,96,107].
Zamonaviy ayollar futbolining rivojlanish bosqichida futbolchi qizlarning integral tayyorgarligi muammosi yanada katta ahamiyat kasb etmoqda va maxsus nashrlarda muhokama qilinmoqda. Futbol sohasidagi so‘nggi tadqiqotlarda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish va takomillashtirish malakali futbolchilarni tayyorlashning asosiy negizi ekanligi ilmiy asoslangan, biroq ayollar futbolidagi holati va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tajribada isbotlangan tavsiyalar yetarlicha emas. Shuni alohida aytib o‘tish joizki, mutaxassislarning ko‘pchiligida futbolchi qizlarning musobaqa faoliyatini nazorat qilish masalasi yuzasidan fikr-mulohazalarida ziddiyatlar ko‘zga tashlanmoqda.
Bu ayol futbolchilarning tayyorgarligini nazorat qilish va mashg‘ulot yuklamalarini tuzish erkak futbolchilarni tayyorlash tizimi asosida olib borilayotganligida aks etmoqda. Bugungi kungacha futbolchi qizlarda maxsus koordinatsion qobiliyatlarning rivojlanish darajasini baholash imkonini beruvchi ishonchli testlarni tanlash va aniqlash, maxsus koordinatsion qobiliyatlarni mashqlantirish vositalari va uslublaridan foydalanishning koordinatsion qobiliyatlar ko‘rsatkichlari darajasiga hamda musobaqa faoliyati samaradorligiga ta’sirini aniqlash masalasi dolzarbligicha qolmoqda.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling