Mavzu: Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish. Reja; Kirish


Download 0.5 Mb.
bet1/4
Sana29.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1071408
  1   2   3   4
Bog'liq
Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish


Mavzu: Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish.
Reja;
Kirish
1. 2-sinf o‘quvchilarini futbol o‘yini orqali soglomlashtirishning asosiy mezonlari.
2. Mashg’ulotlar jarayonida futbolchi o’quvchilarga umumiy jismoniy tayyorgarlikni shakllantirish.
3. 2-sinf o’quvchilar mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
Xulosa
Foydanalilgan adabiyotlar ro’yxati
1. 2-sinf o‘quvchilarini futbol o‘yini orqali soglomlashtirishning asosiy mezonlari
Ko’pgina mutaxassislar o’z tadqiqotlari hamda tajribalariga suyanib gandbolni shunday ta’riflardilarki, ushbu sport turi o’zining o’ta uzgaruvchan vaziyat ekanligi, tarkibiga xayotiy zarur malakalarni kiritishi (yurish, to’xtash, sirpanish, chopish, sakrash), tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishi kattayu — kichikni o’ziga rom kiluvchi harakat malakalari va taktik kombinatsiyalari bilan o’quv muassalarida jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo’lib xisoblanadi va eng ommabop o’yin sifatida bolalar e’tiborini kozongan.
O’quv muassalarida dars shaklida yoki darsdan tashkari mustakil o’tkaziladigan futbol mashg’ulotlari o’zining sog’lomlashtirish funktsiyasi jixatidan global ta’sir kuchiga ega bo’lib, shug’ullanuvchilarning nerv, kon — tomir, nafas olish, mushaklar hamda boshka tizim va organlarini takomillashtiradi.
Futbol bilan muntazam shug’ullanish natijasida ko’rish, eshitish vestibo’lyar va boshka analizatorlarga ijobiy ta’sir ko’rsatib, ular faoliyatini shakllantiradi. Futbolda qo’llaniladigan mashqlar va ushbu o’yinning o’zi harakat apparatiga ta’sir etib, mushak tolalarini rivojlantiradi, natijada ularning tonusi ortadi, jismoniy sifatlar tarakkiy etadi. Shu bilan bir qatorda sport bilan shug’ullanishda, mashg’ulotlar jarayonida qo’llaniladigan mashqlar bolalarning yoshi, jinsi va boshka xususiyatlari e’tiboriga olinishi shart.
Mustakil o’tkaziladigan mashg’ulotlarda quyidagi koidalarga rioya kilish kerak bo’ladi:
• O’rgatishning birinchi yilida tezkorlik mashqlarining hajmi chidamkorlik mashqlaridan kam bo’lmasligi lozim:
• Umumiy jismoniy tayyorgarlik texnik — taktik mashqlar bilan ravishda qo’llanilib borilishi darkor.


Futbol bilan muntazam shug’ullanish natijasida taraqiy ettirilgan tezkorlik, kuch, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik sifatlari va shu sifatlarni futbolga xos kurinishi organizmda sog’liq, ko’rsatkichlari yuqori darajada rivoj topganligidan dalolat beradi. Ilm — fanga azaldan ma’lumki, jismoniy mashqlar yoki sport bilan uzluksiz shug’ullanadigan va shug’ullanmaydigan bolalar bir— biridan ham jismoniy, ham ruxiy, ham funktsional jixatlardan keskin ajralib turadi. Jumladan, sportchi bolalar tetik, harakatchan, dadil, jasur, g’ayratli, irodali va xozirjavoblik xususiyatlariga ega bo’ladilar. Ularning qaddi — qomatlari, buy — bastlari, harakat madaniyati va guzalligi hamda jismoniy sifatlari nisbatan shakllangan bo’ladi. Yana bir narsa aniq va ravshanki sportni kanda kilmaydigan bolalar turli kasalliklardan yiroq bo’ladilar. Sababi ma’lum, muntazam harakat, toza xavo, suv, kuyosh ta’sirida organizm va organlar, xujayralar, tuqimalar charxlanadi, chinikadi, ruxiy saykal topali, iroda mustaxkamlanadi. Bu ijobiy o’zgarishlar o’z navbatida turli kasaliklarga nisbatan immunitet xosil qiladi.
Sport nazariyasi bo’yicha etakchi ilmiy tadqiqotchilarning ko’pchiligi sport bilan shug’ullanish davomida umumiy va maxsus jismoniy va funktsional imkoniyatlarini aks ettiradi, balki uning sog’ligi mustaxkamlanib borishidan darak beradi deb xisoblaydilar.
Shunday ekan mavjud adabiyotlarga tayangan xolda gandbol bilan shug’ullanish davomida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sog’likni shakllantirish uchun kanday mashqlar tanlash va ularni qo’llash tartibi xakida ma’lumotlarni berish maqsadga muvofikdir.
Sportchi sog’ligini mustaxkamlash, uning kaddi — komatini shakllantirish, undagi jismoniy sifatlarni rivojlantirib, kamol toptirishga karatilgan jaryon — bu jismoniy tayyorgarlikdir.
Jismoniy sifatlar deganimizda, inson harakatlari imkoniyatlarining ba’zi


sifat jixatlarini kuzda tutgan bo’lamiz.


Ularning rivojlanish darajasini aniqlab olishda organlari va sitemalarining fiziologik imkoniyatlari bilan kifoyalanib kolmay, shuningdek, ruxiy omillari, xususan, irodalilik fazilatlari kay pog’onada rivoj topganini ham inobatga olamiz.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy sifatlarni oshirishga harakat normalarini organizmning ishlash funktsiyalarini va cog’lom mustaxkamlashda
xizmat qiladi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vazifasi esa jismoniy sifatlarni kengaytirishda xizmat qiladi.


Futbol o’yini uchun umumiy jismoniy tayyorgarlikning ahamiyatli tomonlari kuyidagilar:
Har tomonlama jismoniy rivojlanish va sog’liqni mustaxkamlash vazifalarini to’liq bajaradi. O’yinchining nerv tuqimalari xarakteri bo’yicha va organizmning ishlash rejimini to’liq bir-biriga to’g’ri tushirishida ishtirok etadi.
8 yoshli futbolchilarning sport mahorati darajasining bundan keyingi rivojlanib borishi mashg’ulotlarini rejalashtirish bilan chambarchas bog’liqdir. Shu sababli, mamlakatimizda bolalar va o’smirlar futbolini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar orasida sport mashg’ulotlarni, tayorgarliklarni to’g’ri rejalashtirsh alohida o’rin tutadi.
Akramov R.A. (1989) bolalarga futbolning oddiy sirlarni o’rgatishdan boshlab, ularni yuqori malakali sportchilar qilib tarbiyalash butun bir tizim xisoblanadi va u aniq reja asosida olib borilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Rejalashtirish - sportchini tayyorlashning ko’p yillik bosqichida natijalarning o’sishini taminlovchi asosiy va muxim talablardan biridir. U sport mashg’uloti tizimining umumiy asosiy va uslublaridan boshlanadi.
Sport maktablarida o’quv mashg’ulotini jarayonini tashkil qilish mashg’ulotning zamonaviy uslubiyati asosida, yosh sportchilarning yuqori mashg’ulot yuklamalarni o’zlashtirishi orqali amalga oshiriladi. Mutaxassislar bolalar o’smirlar sport maktablarida quydagicha vazifalarni ; o’quv rejasini bajarish shartligi, amaliy va nazariy mashg’ulotlarni uzluksiz bajarish, yosh gandbolchilarni tanlash tizimni yaxshi tashkil qilish, musobaqalarda muntazam ishtirok etish , tiklanish profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlarni qatiy roiya etish kerak ligini takidlaydilar.
Sport maktablaridagi bo’limlar boshlang’ich tayoyrlov va o’quv mashg’ulot guruhlaridan shakllanadi. Sport tayoyrgarligida yuqori natijalarga erishilgan va zarur sharoitlar yaratilgan BO’SMlarda sportni takomilashtirish guruxlari tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari kabi futbol uchun ham raqibga qarshi jamaoaviy yakka kurashlar xarakterlidir. Bu yakka kurashlar nafaqat invidual, balki jamoaviy o’yin harakatlarini rivojlantirishni talab qiladi. Ushbu asoslarni hisobga olib, o’quv mashg’ulot jarayonida ketadigan vaqt taxminana shunday bo’linadi: jismoniy tayyorgarlikka 20 – 25 %, texnik tayyorgarlikka 30-35% , taktik o’yin va musobaqa tayyorgarligiga 40-45 %. Bu raqamlarga yosh o’zgarishi, o’yinchilar mahorati va tayyorgarlik davriga qarab albatta o’zgartirishlar kiritiladi.
Jamoalarini va alohida o’yinchilarni tayyorlashni rejalashtirish mashg’ulotning umumiy ob’ektiv qonunlariga qarab bazalashtiriladi. Uning tarkibiga umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi mashg’ulot jarayonining uzviyligi maksimal yutuqqa yo’nalish cheklangan yuklamalar tendentsiyasi davriylik jarayoni kiradi.
O’yinchilarning bir mavsum davomida ortirgan funktsional imkoniyatlarining rivojlanish bochqichi keyingi mavsumlarda ham mustaxkamlanib, rivojlantirib
borishi kerak. Faqat xar yo’nalishda tashkil etilgan tayyorgarlik kerakli bo’lgan


natijalarga etaklaydi.


Rejalashtirishda, shuningdek sportchining gormonik rivojlanishi uning jismoniy va ruhiy imkoniyatlarini inobatga olish zarur. Undan tashqari, sportchining yoshi, jinsi, professional salohiyati, jismoniy rivojlanish bosqichi, tayyorgarlik yo’nalishi, bo’lajak musobaqalar taqvimi moddiy baza mashg’ulotlarini tashkillashtirishning boshqa talablarini ham ko’zda tutish lozim.
Avvalambor ko’zlangan ishning tuzilishi va xajmini aniqlab olish vaqtni, davrni to’g’ri taqsimlash, shuning yakuniy natijani belgilab qo’yish lozim. Rejalashtirishga albatta vaqt va sharoitga qarab o’zgartirishlar, aniqliklar va qo’shimchalarni kiritish mumkin.
Rejalar tuzishda rejaning vazifalar, tuzilishi, bajarilish bosqichi, yo’l qo’yilgan


xatolar tahlil qilinadi. Har bir yaratilgan reja tadbirlari sekin oshib boradi.


Haftadagi mashg’ulotlar soni uch marta yoki undan ortiq bo’lgan va tegishli miqdorda to’plarga bo’lgan jamoalarda, mashg’ulot davridan qat’i nazar, haftadagi kamida bitta trenirovka sof texnika bo’yicha o’tkazilishi kerak. O’smirlar va o’spirinlik yoshidagi gandbolchilar gavda tuzilishi hamda markaziy asab tizimi holati nuqtai nazardan, harakatlarni juda yaxshi egallab olish xususiyatiga ega.
Mashg’ulotlarda jismoniy va asab tizimiga tushadigan yuklama o’yinchining texnika darajasiga mos bo’lishi mumkin. Haddan tashkari bo’lgan yuklamalar zo’riqish yoki tezlik yaxshi o’zlashtirishga to’sqinlik qiladi, buning natijasida harakatlarda ma’lum bir xatolar mustahkamlanib qoladi.
O’yin texnikasiga boshlangich o’rgatishda sharoitlarni engillashtirish va tegishli uslublar bilan texnikani tez egallashda o’yinchilarga yordam ko’rsatish lozim. O’yinchilar bajariladigan texnika usullarini «tushunib etganlaridan», texnika usullarini nisbatan mustahkamlab olganlaridan so’ng kelgusidagi o’rgatishda boshlang’ich davrda qo’llanilgan o’sha uslublardan foydalanmaslik zarur.
O’rgatishdagi xatolik, bir tomondan, qo’llaniladigan o’rgatish uslublaridan, ikkinchi tomondan shundan iboratki, texnikani egallash paytida bolalar ba’zan tegishli jismoni tayyorgarlikka ega emaslar.
Xatolikning tez-tez yuzaga kelishi yana shunga bog’liqki, o’yin texnikasi buyicha mashqlar ham jadallik bilan bajarilmaydi. Ko’pchilik bolalar, ularga hech kim halaqit qilmagan paytlarda, to’p bilan a’lo darajada o’ynaydilar, hattoki tsirkcha tryuklarga ham qodir bo’ladilar, lekin o’yinda esa ularni tanib bo’lmaydi.
Kuchli kurashish vaziyatlari futbol o’yini uchun xosdir. Yuqorida aytib o’tilganidek, gavda bilan kurash olib borishga gandbol qoidalarida ruxsat beriladi. Bu o’yinda raqib tomonidan faol qarshilik ko’rsatish vaziyatida texnika usullarini har vaqt va har erda bajarish lozim demakdir. Shuning uchun yosh gandbolchilarni bunday o’yinga tayyorlab borish juda muhimdir. O’yin texnikasiga o’rgatish va trenirovka uslublari o’yin mohiyatiga zid bo’lmasligi lozim, aksincha, texnikaga o’rgatishda o’yin talablarini har doim hisobga olish zarur. O’yin vaziyatlarining hayotiyligiga qaratilgan texnika buyicha mashqlar yuzaga keladigan o’yin holatlarining mukammal nusxasi hisoblanadi. Mashqlarning mohiyati: o’yindagiga yaqin tezlik va raqibning faol to’sqinlik qiluvchi faoliyati. Mashqlarni o’rganish paytida raqibning faol harakat qilishi juda muhimdir. Agar o’yinchi raqibiga halaqit berayotgandek o’zini ko’rsatishga xarakat qilsa, bu mashq foyda keltirmaydi.
Ilg’or tajribalarni umumlashtirish shuni ko’rsatdiki, tayyorgarlikning boshlang’ich davridagi o’quv mashg’uloti ishlari quyidagicha printsiplar asosida olib borilishi lozim.
1. O’kuv-trenirovka mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda bolalarni faqat uynab o’rganaolmayotgan yo bo’lmasa qo’pol xatolar qilib o’rganayotgan texnik usullar va taktik harakatlar bilan shug’ullantirish lozim. O’yinda kam uchraydigan vaziyatlarni, biroq muhim biomexanika asosida tashkil etuvchi harakatlarni alohida-alohida o’rgatiladi.
2. Taktik va texnik tayyorgarlik bo’yicha o’quv materiallarini bosqichma- bosqich emas, balki spiralsimon o’rgatish kerak. Bunda albatta quyidagi vazifalar quyilishi lozim:
a) o’yinchilarning texnik usullari va taktik harakatlarining turli-tumanligi haqida keng ko’lamda tushuncha berish;
b) eng muhim texnik usullar va taktik harakatlarni mahorat va malaka darajasiga ko’tarish;
v) yosh futbolchilarni tayyorlashning dastlabki bosqichida o’yin o’quv mashgulotlarining samarali vositasidir. G’alaba qozonish ilmi bolalikdan o’rgatiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling