Mavzu: Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish. Reja; Kirish
O’quvchilar mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar
Download 0.5 Mb.
|
Futbol bilan shug‘ullanuvchi 2 sinf o‘quvchilarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish
3. O’quvchilar mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
Mashg’ulot sistemali ravishda olib borilishi, planli bo’lishi, uzoq vaqt mobaynida to’xtatilmasligi kerak. Faqat shundagina u futbolchilar mahoratini oshirishning zo’r omili bo’lishi mumkin. Mashg’ulot jarayonida futbolchilarda ijobiy emotsional holat vujudga keltirish uchun ularga mashg’ulot va musobaqalarning maqsadi, natijalarini tushuntirib berish zarur. Shuningdek, trenirovkaning turli xil metodlari, formalari va vositalarini qo’llanish, sharoitni o’zgartirish, trenirovkaga musobaqa element- larini kiritish kerak. Mashg’ulot va musobaqalar uchun qulay sharoitlar yaratish zarur. Shu bilan birga futbolchi musobaqada juda turli sharoitlarga duch kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Shuning uchun u bu sharoitlarga moslasha bilishi lozim, bunga esa maxsus trenirovka bilan erishiladi. Mashg’ulot jarayonida futbolchilarning layoqati va mahorati ortib borishi uchun butun mashg’ulot davomida qat’iy ravishda pedagogik va vrach nazoratini yo’lga qo’yish zarur. Quyidagilar mashg’ulotni maqsadga muvofiq tuzishning asosiy shartlaridir: 1. Sport nagruzkalarining me’yorini belgilashda tadri-jiylik. 2. Musobaqa, mashg’ulot va dam olishni to’g’ri navbatlantirish. 3. Sport faoliyatining optimal ritmi. 4. Mashqlar, mashg’ulot va musobaqalarni taqsimlashda sistemalilik va izchillik. Sport nagruzkalari umumiy ish hajmini, mashg’ulotlar jadalligi va ularning davomiyligini oshirish hisobiga asta-sekin ko’paytirib boriladi. Bunda quyidagilarni: A) har bir mashg’ulot va musobaqani o’tkazishda ishga sekin-asta kirishishni; B) dam olish, kasallik, jarohatlanish va mashg’ulotdagi boshqa uzilish (ma’lum vaqtgacha mashg’ulot qilmaslik)dan keyin ishga asta-sekin kirishishni; V) yillik tsikllarning ayrim qismlari, bosqichlari, davrlarida sport nagruzkalarini asta-sekin oshirib borish va kamaytirishni nazarda tutish lozim. Har bir mashg’ulot va musobaqadan oldin chigal yozish o’tkaziladi. Uning mazmuni esa futbolchilarning holati va ularning individual xususiyatlari hamda atrof-muhit sharoitiga qarab o’zgartiriladi. Mashg’ulotlarida uzilish bo’lgan va bu uzilish ularning ishchanlik qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan futbolchilar uchun maxsus mashg’ulot rejimi tuziladi, bu hol ularning butun gruppaning tayyorgarlik darajasiga etib olgunlariga qadar javom etadi. Bunda mashg’ulotlarni jadallashtirish emas, balki mashg’ulot musobaqalarga asta-sekin kirishishi muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulot tsikllari va o’yinlar oralig’idagi tsikllarda musobaqalar va dam olish kunlaridan mashg’ulotlarga, o’rtacha nagruzkali mashg’ulotdan katta nagruzkali mashg’ulotlarga va aksincha, katta nagruzkali mashg’ulotlarga asta- sekinlik bilan o’tilishiga rioya qilinadi. Nagruzkalar ikki kun dam olish oralig’ida o’zgartiriladigan, keyin esa taxminan dam olgandan keyingi tartibda davom etadigan tsikl mashg’ulot qilish tsikli deb ataladi. Musobaqa ham trenirovka vositasi hisoblanadi. Nagruzkalar ikki musobaqa oralig’ida o’zgartiriladigan, taxminan har bir musobaqadan keyingi tartibda takrorlanadigan tsikl o’yinlar oralig’idagi tsikl deb ataladi. Musobaqalar sport nagruzkalari darajasini aniqlash uchun orientir (mo’ljal) bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, ular futbolchining organizmiga ta’sir ko’rsatish bilan mashg’ulotlardan farq qiladi. Katta nagruzkali mashg’ulotlar musobaqada qatnashganda kuzatiladigandek aniq ifodalangan reaktsiya hosil qilmaydi. Bunda quyidagilarni aytishning o’zi etarli, o’rtacha nagruzkali mashg’ulotdan keyin futbolchilar 1 kg og’irlik, katta nagruzkali mashg’ulotdan keyin – 2 kg ga yaqin, musobaqadan esa – 3 kg og’irlik yo’qotadilar. Tomirning urishi chastotasi, qon bosimi, nafas olish tezligi, dinamometriya, ko’zning elektr sezuvchanligi va boshqa ko’rsatkichlarning o’zgarish ma’lumotlariga ko’ra ham taxminan shunday fiziologik o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Jismoniy nagruzkalarning ayrim funktsiyalarga, shuningdek tiklovchi reaktsiyalarga ta’siri qo’llaniladigan mashq turlari, ularni bajarish jadalligi va davomiyligi, mashqlarning qancha takrorlanishi va ular oralig’idagi pauzalarning ko’p-ozligi bilan belgilanadi. Fiziologik ta’sirning yo’nalishi bo’yicha trenirovka nagruzkalari quyidagi turlarga bo’linadi: • ko’proq aerob funktsiyalarga (o’pkadan nafas olish, yurak, qon aylanish apparati, kislorodning to’qimalarda foydalanilishi sistemasi va hokazolar) ta’sir etuvchi nagruzkalar; • aralash ravishda aerob-anaerob ta’sir etuvchi nagruzkalar (organizmning ham aerob, ham anaerob funktsiyalarining rivojlanishiga stimul beruvchi nagruzkalar); • anaerob-glikolitik ta’sir etuvchi nagruzkalar; • anaerob-alaktat ta’sir etuvchi nagruzkalar; • anabolik almashinuv sohasiga ko’proq ta’sir etuvchi nagruzkalar (muskul massasi va kuchining ortishiga olib keluvchi oqsil birikmalarining sintezi). Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qo’yiladigan spetsifik talablar xarakteriga ko’ra nagruzkalar quyidagilar uchun foydalaniladi; ya’ni: • tezlik-kuch tayyorgarligi uchun; • umumiy chidamlilikni oshirish uchun; • tezlikka chidamlilikni oshirish uchun. Nagruzkalar hajmiga ko’ra katta, o’rta, kichik nagruzkalarga bo’linadi. Bunda spetsifik mashqlardan ham (texnik-taktik mashqlar), nospetsifik mashqlardan ham (to’psiz bajariladigan) foydalaniladi. Nagruzkalarni planlashtirishda uning hajmi mashg’ulotning davomiyligi bilan emas, balki jadalligi bilan belgilanishini yodda tutish kerak. Masalan, minutiga 165-180 marta ChSS bilan to’p tepib bajariladigan 70 minutlik ish – katta nagruzka, xuddi shuncha vaqt davomida minutiga 130-150 marta ChSS bilan to’p tepib ishlash kichik nagruzkali mashg’ulot hisoblanadi. Turli xildagi sport nagruzkalaridan keyin futbolchilar organizmidagi tiklanish jarayonlarining qonuniyatlarini bilish juda muhimdir. Tiklanish jarayonlari qanday sodir bo’lishi bir qator belgilar (qon bosimi, elektrokardiogramma ko’rsatkichlari, og’irlik, qo’lning muskul kuchini o’lchash, qon tomirlarining tonusi, yurakning qisqarish chastotasi, ko’zning elektrik sezuvchanligi: qo’shimcha nagruzkalarga ko’rsatiladigan ta’sir va boshqalar) bo’yicha o’rganiladi. Mashg’ulot va musobaqa futbolchilar organizmida charchashning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi; to’liq tiklanish uchun, ayniqsa nerv hujayralarining tiklanishi uchun organizmga etarli bo’lgan dam olish imkoniyati berilmasa, bu charchash holdan toyishga o’tib ketishi mumkin. Dam olish – trenirovkaning ajralmas qismi bo’lib, bu dam olish jarayonida futbolchi organizmi har bir mashg’ulot va musobaqadan keyin ortib boruvchi ishchanlik qobiliyatini saqlab qoladigan qilib tashkil etiladi. Futbolchi faoliyatida dam olishning quyidagi formalari kuzatiladi: - Mashg’ulotlardagi mashqlar oralig’idagi pauzalar (mikropauzalar). - Har kungia dam olish (kun davomida, o’yinlardagi tanaffus vaqtida, mashg’ulotlarda, uyquda). - Har haftalik dam olish (har bir tsiklning oxirida, boshida). - Har yilgi dam olish. Maqsadga muvofiq tuzilgan trenirovkaning eng birinchi sharti – mashqlar, mashg’ulotlar va musobaqalar oralig’idagi optimal davom etadigan dam olish intervallariga rioya qilishdir. Ular haddan tashqari uzoq davom etmasligi kerak (ayni vaqtda juda qisqa ham bo’lmasligi zarur). Organizmda tiklanish jarayonlarining muvaffaqiyatli o’tib borishiga yordam berish bilan bir vaqtda, dam olish avvalgi ishlarning izini, ya’ni trenirovka natijalarini yo’qotib yubormasligi lozim. Dam olishning davom etishi va mazmuni undan oldingi o’tkazilgan mashqlar, mashg’ulotlar yoki musobaqalarning jadalligiga hamda futbolchining mashq ko’rganlik darajasiga qarab belgilanadi. Mashq ko’rganlik darajasining o’sishi bilan organizmda tiklanish jarayonlari tezroq o’tib boradi, binobarin, tiklanish uchun ham kam vaqt kerak bo’ladi, dam olish intervallari ham qisqa bo’lishi mumkin. Trener bilan vrach turli xil mashg’ulotlar, musobaqalar, trenirovka va o’yin oralig’idagi tsikllardan keyin tiklanish jarayonlari qanday o’tib borishini o’rganadilar hamda futbolchilar dam olishining optimal intervallarini aniqlaydilar. Bu sport nagruzkalari yuqori bo’lgan va musobaqalar tez-tez bo’lib turadigan sharoitda organizmning toliqib qolishining oldini olishga hamda mashqlar, mashg’ulotlar va musobaqalardan futbolchilarning sport sohasidagi ishchanlik qobiliyatini oshirish va ular mahoratining o’sishi uchun yaxshiroq foydalanishga imkon beradi. Dam olishning mazmuni qat’iy individuallashtirilgan bo’lishi kerak. Har haftalik va har yillik dam olishning tashkil etilishiga alohida e’tibor beriladi, chunki ko’pincha bunday dam olish passiv formada o’tadi, bu esa futbolchilarning ishchanlik qobiliyatini juda ham pasaytiradi. Musobaqalar organizmga birinchi navbatda nerv sistemasiga, katta nagruzka bilan bajariladigan mashg’ulotlarga qaraganda ham yuqoriroq talab qo’yadi. Shuning uchun musobaqalardan keyingi dam olish intervallari, mashg’ulotlardan keyingi dam olishga nisbatan ko’proq bo’lishi kerak. Bundan tashqari, futbolchilar organizmida tiklanish jarayonining muvaffaqiyatli o’tib borishi uchun maxsus tiklash tadbirlari (hammom, massaj, vitaminlari ko’p bo’lgan ovqatlar iste’mol qilish) amalga oshiriladi. Shuningdek, futbolchilarning uyqu va ovqatlanish rejimiga, shaxsiy gigienasi va hokazolarga ham e’tibor berish kerak. Xulosa Maktabda 2 sinf o’quvchilarini jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanganligini aniqlash jarayonida o’quvchilarning jismoniy tayyorgarlik va uni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni Buxoro shahar 34-sonli umumta’lim maktabida 2019-2020 o’quv yillari mobaynida, ya’ni amaliyot jarayonida yuqori sinf o’quvchilari bilan o’tkazilgan tadqiqot jarayoni natijasiga ko’ra quyidagi xulosaga kelindi; jismoniy tayyorgarlik va rivojlanishni aniqlash va rivojlantirish uchun o’quvchilarning harakat sifatlariga (kuch, tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va boshqalar) oid umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, xarakatli o’yinlar, gimnastika, yengil atletika mashqlari qo’llanildi, shuning natijasida o’quvchilarda o’sish kuzatildi; biz shunday xulosaga keldikki, amaliyot mashg’ulotida 34-sonli maktab ikki smenada bo’lganligi sababli o’quvchilar bilan to’garak olib borish yuqori darajada amalga oshirilmasdan, o’quvchilarga beriladigan xaftalik jismoniy nagruzkalar berilmadi; boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida tajriba olib borilgan 2-sinflarda mashg’ulotlar jarayonida qo’shimcha mashqlar hamda uyga berilgan topshiriqlar asosida erishildi; Biz kelajakda ish faoliyatimiz jarayonida o’quvchilarning sog’lom turmush tarzini shakllantirishga e’tiborni qaratishimiz bilan bir vaqtda o’quvchilarda o’zining jismoniy rivojlanishini hamda jismoniy taraqqiyotini doimo kuzatib, nazorat qilib borish ko’nikmalarini singdirishni odat tusiga kiritishimiz kelajak yosh-avlodni jamiyatga munosib, sog’lom kishilar qilib yetishtirish maqsadida ish olib borishimizni shior qilib olishimiz kerak. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling