Dissertatsiya ishining kalendar-tematik ish rеjasi dissertatsiya mavzusi: mahalliy xom ashyo manbalari asosida aromatik uglеvodorodlar olish tеxnologiyasini ishlab chiqish. Reja: Kirish I bob
Download 29.49 Kb.
|
PhD Режа Тошкобилов Ж. lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning amaliy ahamiyati
- Dissertatsiya ishining mazmuni Kirish I боб.
Ishning maqsadi: Yuqori samarali jarayonlarning intensivligi mahsulot sifatiga qo’yiladigan talablar, ilm-fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi munosabatlar transformatsiyasi – innovatsiya jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning yangi tizimini yo’lga qo’yish sohaning eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ishning asosiy maqsadi turli xil yengil uglevodorodli xom ashyolarni kimyoviy chuqur qayta ishlash, gaz ko’rinishli C3-C4 uglevodorodlaridan arenlar olishning yangi, yuqori samarali jarayonlarini ishlab chiqish orqali ish intensivligini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining samarali mezonlarini ishlab chiqish, modifikatsiyalangan katalizator turini tanlash, ish jarayoni ko’rsatkichkariga turli omillar ta’sirini o’rganish, katalizator fizik-kimyoviy xususiyatiga ko’ra aromatlash jarayonini olib borishning texnologik parametrlari – temperatura, bosim, reagentlarni uzatish tezligi kabilarni joriy etish va mahsulot samaradorligi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ishning amaliy ahamiyati: Promotorlangan katalizator ishtirokida yengil alkanlarni aromatlash jarayonining samarali texnologiyasi ishlab chiqiladi. Katalizator tegishli haroratda, atmosfera bosimida aromatik uglevodorodlarning chiqishini samarali ta’minlaydi va yengil regeneratsiyalash amalga oshiriladi. Texnologik ko’rsatkichlarni hisoblash modeli va programmasi ishlab chiqiladi. Dissertatsiya ishining mazmuni Kirish I боб. Ishlab chiqarish sohalarida aromatik uglevodorodlarga bo’lgan talablar va uning yo’nalishlari. Aromatik uglevodorodlarning xomashyo manbalari va uning sifatiga qo’yiladigan talablar. Benzol, toluol, ksilol ishlab chiqarish jarayoni. Aromatik uglevodorodlar olishning fizik-kimyoviy sistemalarda o’rganilganlik nazariyasi. II боб. Tadqiqot ob’yekti xarakteristikasi va analiz olib borish usullari. 2.1. Katalizatorlarni tayyorlash. 2.2. Tadqiqot ob’yekti xarakteristikasi va kimyoviy analiz usullari. 2.3. Fizik-kimyoviy analiz usullari va mahsulot tarkibini aniqlash. III боб. Mahalliy xom ashyo manbalari asosida aromatik uglevodorodlar olish jarayoni tadqiqoti. 3.1. С3-С4 alkanlar aralashmasini aromatlash jarayoni. 3.2. Promotorlangan katalizatorda aromatlangan alkanlar aralashmasi konversiyasi. 3.3. Alkanlar aralashmasini aromatlashning katalizator g’ovakligiga bog’liqligi. 3.3.1. Turli xil tarkibli alkanlarni aromatlashda katalizator aktivligi bilan xarakterlanishi. 3.4. Sintetik nafta asosida aromatik uglevodorodlar olishning printsipial texnologik sxemasini tanlash.
Download 29.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling