Dissertatsiyaning uchinchi bobida kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning yashirin monitoring dasturiy modulini ishlab chiqilgan va dasturiy modul ustida hisoblash tajribalari ishlab chiqilgan


Download 15.33 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.33 Kb.
#1564619
Bog'liq
Abdusalomov Jasur ichki taqriz


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

70610302 – “Axborot xavfsizligi” magistratura mutaxasisligi talabasi
Abdusalomov Jasur Muxtor o‘g‘li
“Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchi harakatlarining yashirin monitoringini tahlil etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchi faoliyatining yashirin monitoringini tahlili xavfsizlikka tahdidni aniqlash, hodisalarga javob berish, ichki tahdidlarni aniqlash, tarmoqni optimallashtirish, faol xavfsizlik choralari, huquqiy va axloqiy mulohazalar uchun juda muhimdir. Bu tashkilotlarga o'z aktivlarini himoya qilish, me'yoriy hujjatlarga muvofiqlikni saqlash va kompyuter tarmoqlarining yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi.
Magistrlik dissertatsiya ishining birinchi bobida kompyuter tarmoqlari tuzilishi, arxitekturasi va o’ziga xos xususiyatlari, kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash usul va vositalari, kompyuter tarmoqlarida monitoring va tahlili tadqiq qilingan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi kompyuter tarmoqlarini yashirin monitoring qilish afzalliklari va kamchiliklari, kompyuter tarmoqlarini yashirin monitoring qilish algoritmlari va vositalarining qiyosiy tahlili, kompyuter tarmoqlarini yashirin monitoring qilish algoritmlari va vositalarining qiyosiy tahlili kabi masalalar tadqiq etilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning yashirin monitoring dasturiy modulini ishlab chiqilgan va dasturiy modul ustida hisoblash tajribalari ishlab chiqilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishida ba’zi kamchiliklarga yo’l qo‘yilgan, bu kamchilklarni quyidagilarda ko‘rish mumkin:

  • kompyuter tarmoqlarini yashirin monitoring qilish afzalliklari va kamchiliklari tahlili batafsilroq keltirilganda maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Umuman olganda, J.M.Abdusalomovning “Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchi harakatlarining yashirin monitoringini tahlil etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi yuqori saviyada bajarilgan, magistrlik dissertatsiyalariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi va “a’lo” bahoga, uning muallifi esa 70610302– “Axborot xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha “magistr” akademik darajasiga loyiq deb hisoblayman.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Ta’lim sifatini nazorat
qilish bo‘limi boshlig‘i F.B.Botirov
Download 15.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling