Dissertatsiyasi avtoreferati


Belgilangan reja asosida o ‘rganilishi lozim b o ‘lgan biror m avzu doirasida


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana17.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1533683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
talabalarga chet tili oqitishda mustaqil talimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari nofilologik yonalishlar misolida

Belgilangan reja asosida o ‘rganilishi lozim b o ‘lgan biror m avzu doirasida 
muamm o yoki savol belgilab olinadi
L
o
y
ih

b
o
sq
ic
h
la
ri
- >
/" 
N
Talabalarga shu m uamm oni yechish haqida ilm iy faraz (gipoteza) tak lif qilinadi.
Chet tili o ‘rganish yuzasidan talabalarning o ‘zlari ilm iy farazni ilgari surishlari 
mumkin.
- >
N
Faoliyat tizim li rejalashtiriladi. Talabalar axborot manbalari bilan ishlaydilar.
Bunda ilm iy adabiyotlar, internet veb sahifalari o ‘rganiladi, ma'lumotlar 
umumlashtiriladi.

J
T o ‘plangan ma'lumotlar atroflicha tahlil qilinadi.
f
 
>
M a'lumotlarga asoslanib, talabalar q o ‘yilgan m uammoni yechish b o ‘yicha m uayyan 
hulosalarga keladilar, aniq takliflarni kiritadi.
f
 
\
Tadqiqot natijalarini doklad, hisobot, kompyuter taqdimoti, loyiha, ilm iy maqola 
k o ‘rinishida aniq shakllantiradilar.
2-rasm. M ustaqil ta ’limni tashkil etishda loyiha bosqichlari.
Talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini 
takomillashtirish jarayoni maqsad va vazifalarni aniqlab olish; talabalarning bilim, 
ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallaganlik darajasini aniqlash mezonlarini 
ishlab chiqish, monitoringini olib borish hamda bilim va kasbiy mahoratlarini 
egallash sifatini baholash uchun og‘zaki savol-javob, yozma ish, test topshiriqlarini 
ishlab chiqish; turli shakldagi test topshiriqlarini tuzishda yaratilgan invariant 
testlar texnologiyasidan, muammoli o‘qitish shakllaridan, interaktiv metodlardan 
foydalanish hamda amaliyotga joriy etish kabi tarkibiy qismlardan tashkil topishi 
aniqlandi.
Talabalarga chet tili o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish mazmunini 
belgilashda: oliy ta’limdagi ta’lim yo‘nalishlarini e'tiborga olish, mazmuniga ingliz 
tili fanining asoslarini singdirish, talabalarda mustaqil egallagan bilimlarini 
amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirish, faolliklarini rivojlantirish
darsliklarni ko‘paytirish, ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik bilimi hamda 
mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va amaliyotga joriy etish 
muhimligi ta’kidlandi.
Ingliz tilidan mustaqil ta’lim samaradorligini ta'minlashga imkon beruvchi 
ob'ektiv shart-sharoitlarni yaratish (zamonaviy o‘quv jixozlari, texnika vositalari, 
o‘quv dasturi, darslik, o‘quv hamda metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar); 
ingliz tili fani o‘qituvchilarining pedagogik bilimi va mahoratlarini oshirib borish,
14


pedagogik texnologiyalar nazariyasiga oid ma'lumotlar berish, ko‘nikma va 
malakalarini rivojlantirish, mustaqil ishini tashkil etishga yangicha texnologik 
yondashuvni qaror toptirish; ingliz tilidan mustaqil ta’limning metod, shakl va 
vositalarini qo‘llash; mashg‘ulotlarni o‘tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish 
vazifalarini amalga oshirish maqsadga muvofiqligi belgilandi. Talabalarga chet tili 
o‘rgatishda 
mustaqil ta’limni tashkil etishdagi nomutanosibliklarni hal etishda 
bilimlarni mustahkamlash, xar qanday ta’limotni ijodiy xarakterdagi faoliyat deb 
tushunish, talabalar kasbiy bilimlarni egallash, amaliy ahamiyatga molik 
tajribalarni o‘rganish kerakligi alohida ta’kidlandi hamda ingliz tilidan mustaqil 
ta’lim metodikasini takomillashtirish tuzilmasi ishlab chiqildi (3-rasm).
Tadqiqot jarayonida ingliz tilidan mustaqil ta’limni takomillashtirishda 
innovatsion 
pedagogik 
texnologiyalardan 
foydalanish, 
bu 
sohadagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish uchun o‘quv jarayonini individuallashtirish
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini hisobga 
olish kerakligi ko‘zga tashlanadi.
Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etishning o‘ziga 
xos jihatlari mustaqil ishni tashkil etish, tahlillar va mulohazalar keltirilgan. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba o‘z ustida mustaqil ravishda shug‘ullansa va 
tinimsiz ishlasagina, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy 
bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ishni tashkil etish jarayonidagina 
shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy 
ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Mustaqil ish faollikni, mustaqil ish tutishni, idrok etish, bilish, qiziqishlarni 
rag‘batlantiruvchi, jadallashtiruvchi faoliyat turi, ya’ni mustaqil ish faoliyatning 
asosi, kelgusida malaka oshirishga turtki sifatida qaraladi.
Oliy ta’lim tizimida ingliz fanidan mustaqil ishni tashkil etish sifati ingliz tili 
fani o‘quv-me'yoriy hujjatlari va moddiy-texnik bazasi yangiligiga uzviy bog‘liq, 
bu esa talaba va o‘qituvchi bir xil ta’lim vositalari bilan ta'minlangan bo‘lishini 
taqozo etadi. Tanlangan usul, shakl va vositalar bir-biriga mos bo‘lishi va dars 
mashg‘uloti mazmuni yoritish uchun ular bir-birini to‘ldirgan hol xizmat qilishi 
kerak.
Dissertatsiyaning “Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil 
etishning metodik ta'minoti” deb nomlangan ikkinchi bobida talabalarga chet tili 
o‘qitishda mustaqil 
ta’lim metodikasini takomillashtirish modeli, mustaqil 
ta’limni 
tashkil etishda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirishning ahamiyati 
beqiyos ekanligi ilmiy tomondan asoslandi. Pedagogik texnologiya tamoyillari 
asosida talabalarga chet tili o‘rgatishda 
mustaqil ta ’lim texnologiyasi asosida 
o‘quv mashg‘ulotlarining loyihalarini tuzish metodikasi ko‘rsatib berildi.
Talabalarga chet 
tili o‘qitishda 
mustaqil 
ta ’limni tashkil 
etish 
texnologiyasi o‘qituvchi faoliyatida maslahat shaklidagi metodik yordam va 
yuzaga keladigan muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar katta 
ahamiyatga ega. Shu bilan birga, mustaqil ishni bajarish miqdori va tugash 
muddatlarida muayyan tuzatish talab etiladi.
15


Talabalarga chet 
tili o‘qitishda 
mustaqil 
ta’limni tashkil etish 
texnologiyasi mustaqil amaliy mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil etish ularga mustaqil 
ravishda bilim olishni o‘rgatishga imkon beradi.
Talabalarga chet 
tili o‘qitishda 
mustaqil 
ta ’limni 
tashkil etish 
texnologiyasi quyidagi didaktik talablar asosida bajarilishi kerak:
o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishni takomillashtirishning 
ustunligi;
talabalarga chet tilini o‘rganish, qiyinchiliklarga duch kelgan talabalarga 
ko‘maklashish jarayonida o‘qituvchi tomonidan monitoring va nazorat qilish;
boshqa ta’lim shakllari va metodlari bilan mustaqil ta’lim faoliyatining 
integratsiyasi (ta’lim sifatini nazorat qilish, amaliy vazifalarni bajarish);
o‘quv adabiyotlari bo‘yicha mustaqil ta ’limni tashkil etish texnologiyasi 
materiallarni mustaqil ravishda o‘rganish va o‘zlashtira olish qobiliyatini 
rivojlantirishiga e'tibor berish.
Talabalarga chet 
tili o‘qitishda 
mustaqil 
ta ’limni 
tashkil etish 
texnologiyasini ishlab chiqish - oliy ta’limning muhim vazifalaridan biri. 
Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasi bu 
shaxsning faoliyati va mustaqilligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi 
va foydali ma'lumotlarni olish uchun ratsional ravishda (ya’ni, ko‘p vaqt va kuch 
sarflashsiz) ko‘nikmalarini rivojlantirish. Aksariyat hollarda maxsus adabiyotlarda 
talabalarning mustaqil ishini tashkil etish tor ma'noda - bir xil ilmiy ish sifatida 
tushuniladi.
Oliy ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassislarning raqobatbardoshligi, 
mustaqil qaror qabul qilishga layoqatliligi, mustaqil ishini tashkil etish 
ko‘nikmasini shakllantirish kabi xususiyatlarni mustaqil ish faoliyatining tashkiliy- 
uslubiy ta'minoti va zamonaviy pedagogik hamda axborot-ta’lim resurslaridan 
mustaqil ravishda foydalana olish orqaligina ta'minlash mumkin. Bu faqat talabalar 
mustaqil ishlar me'yor talablari asosida tashkil etilgandagina qo‘l keladi. Bu borada 
ham mamlakatimizda ijobiy ishlar amalga oshirilmokda. Mazkur yo‘nalishga oid 
me'yoriy-xuquqiy hujjatlarda ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy 
etishni yanada oshirish va uning tarkibiy qismi bo‘lgan talabaning mustaqil ishini 
tashkil etish ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e'tibor qaratilayotganligidadir.
Mustaqil ta’limni 
tashkil etish bilim, ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lishning 
asosiy 
mexanizmlaridan 
biri 
sifatida 
innovatsion 
ta ’lim 
texnologiyalarini joriy etish zaruratini taqozo etadi. Bu tizim, birinchidan, 
talabalarning har doim auditoriya mashg‘ulotlariga tayyor bo‘lishini, ikkinchidan, 
talabaning e'tiborini kengroq materiallarga qaratish, olgan bilimi ma'nosini 
chuqurroq anglashi bo‘lsa, uchinchisi, bilimlarni talqin qilish qobiliyatini 
rivojlantirish va ularni amaliyotga kompleks qo‘llashga yo‘naltirishdan iborat.
Ingliz tili fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish rejasiga muvofiq o‘qituvchi 
tomonidan talabaga nazorat topshiriqlarini bosqichli ravishda berib borilishi, bunda 
birdaniga murakkab topshiriqni emas, talabaning o‘zlashtirish darajasini 
bosqichma-bosqich rivojlantirishgan kelib chiqib, oddiydan murakkabga tomon 
borish maqsadga muvofiq. Bu yerda oddiy holda, ya’ni, “o‘rta”, “yaxshi” va “a’lo” 
16


o‘zlashtiruvchilarni mikroguruhlarga to‘g‘ri taqsimlab, topshiriqlami bosqichma- 
bosqich murakkablashtirib, an'anaviy metodlardan interfaol metodlarga o‘tish 
tartibida o‘zlashtirish samaradorligini oshirish talab etiladi. Talabadagi tilni 
o‘zlashtirish doirasida mustaqil fikr dastlab mikroguruh doirasida shakllanib, so‘ng 
jamoa hukmiga havola etiladi (3-rasmga qarang).
3-rasm. M ustaqil ta ’limni tashkil etish metodikasi.
Talabaning fanni chuqur va mukammal o‘zlashtirishiga mustaqil ishning 
uslubiy ta'minotini yaratish hamda quyidagi pedagogik-texnologik xususiyatlarini 
hisobga olish muhim: o‘qituvchi har bir talabaning darsni o‘zlashtirish darajasini 
hisobga olishi; talabalarning o‘quv materiallarini qabul qilish va qo‘llay olish 
qobiliyatlarini baholay olish; fandagi mavzularga oid materiallarning mavjudligiga 
ahamiyat berish; berilgan mavzu qiziqarli va dolzarb bo‘lishini inobatga olish; har 
bir mavzu bo‘yicha talabalarning o‘z shaxsiy fikrlarini inobatga olishi lozim.
Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’limni tashkil etish jarayonida 
axborot ta’lim resurslaridan foydalanish, innovatsion ta ’lim texnologiyalarini 
qo‘llashga alohida e'tibor qaratilishi kerak. Talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil 
ta’limni 
tashkil etish texnologiyasi mazmunan kengayib, oliy ta ’lim tizimida 
talabalarning mustaqil ta’limini tizimli tashkil qilish o‘quv mashg‘ulotlarida alohida 
nazarda tutilishi zarur.
Tadqiqotlarimiz davomida talabalarga chet tili o‘qitishda mustaqil ta ’lim 
metodikasini takomillashtirish modeli ishlab chiqildi (4-rasmga qarang). Pedagogik 
texnologiyani ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun uning mohiyatini ifoda 
etuvchi va loyihaviy mustaqil ishni tashkil etish mashg‘ulotlarini tashkil etishga 
asos bo‘ladigan tamoyillar hamda qonun-qoidalarga qat'iy amal qilindi.
17



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling