Dissotsiatsiya qaytar jarayondir
Akkumulatorlar. Akkumulatorlar
Download 81.88 Kb.
|
JAVOBLAAAR
136. Akkumulatorlar. Akkumulatorlar. Galvanik elementlar unda mavjud bo‘lgan
kimyoviy energiya to‘la sarflanguncha (masalan, Leklanshe elementida rux eriguncha) ishlashi mumkin. So‘ngra esa faoliyatini to‘xtatadi. Shu- ning uchun ham ba’zida ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy energiyani elektroliz natijasida tiklashi mumkin bo‘lgan gal- vanik elementlardan foydalaniladi. Bunday elementlarga akkumulatorlar, ularda elektroliz yordamida energiyani to‘plash jarayoniga esa akkumulatorlarni zaryadlash (ener- giyani to‘plash) deyiladi. Akkumulatorlarni zaryadlashda tashqi manbaning toki u beradi- gan tokka qarama-qarshi yo‘nalishda o‘tkaziladi. Òexnikada ikki xil: kislotali va ishqorli akkumulatorlardan foydalaniladi. Kislotali akkumulatorlar sulfat kislota eritmasiga tushirilgan qo‘rg‘oshin plastinkalardan tashkil topgan. Manfiy plastinka toza qo‘rg‘oshindan sirti yumshoq qilib, musbat plastinka esa qo‘rg‘oshin ikki oksidi bilan qoplangan bo‘ladi. Akkumulator razryadlanganda har ikkala plastinka ham asta- sekin oltingugurt kislotali qo‘rg‘oshin bilan qoplana boshlaydi. Akkumu- lator zaryadlanganda esa musbat va manfiy plastinkalar orasidagi farq tiklanadi. Kislotali akkumulatorlarning EYK 2 V atrofida bo‘ladi. Ishqorli akkumulatorlar cho‘ntakchalari bor nikelli temir plas- tinkalardan tashkil topgan. Musbat plastinkaning cho‘ntagiga nikel oksidi, manfiy plastinkaning cho‘ntagiga esa temir oksidi solinadi.Elektrolit vazifasini kaliy ishqori o‘taydi. Ishqorli akkumulatorning EYK 1,4 V ni tashkil qiladi. Ishqorli akkumulatorlar kislotalilarnikiga nisbatan qulay va yengil, zararli bug‘ va gazlar chiqarmaydi, qisqa paytdagi qisqa tutashuvda buzilmaydi.
Download 81.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling