139. Koordinatsion birikmalar tarkibi. Koordinatsion birikmalar, kompleks birikmalar — markaziy atom (yoki ion) va u bilan bogʻlangan molekula yoki ionlar — ligandlardan tashqil topgan komplekslar. Markaziy atom (kompleks hosil qiluvchi), odatda, akseptor, ligandlar esa elektronlarning donorlari boʻlib, kompleks hosil boʻlganda ular orasida donor-akseptor yoki koordinatsion bogʻ-lanish vujudga keladi. Kompleks elektroneytral yoki noelektrolit, musbat (kompleks kation) yoki manfiy (kompleks anion) zaryadli boʻlishi mumkin. Mac, [Cu(NH,)4]2+, [Fe(CN)6]4\ Agar eritma yoki gaz holatidagi Koordinatsion birikmalar bir xil ligandlardan tuzilgan boʻlsa, komp-leksdagi barcha bogʻlar bir xil, agar har xil ligandlardan iborat boʻlsa, bogʻlar tavsifi ligandlar xossalariga bogʻliqboʻladi. Mac, [W(CH,CN)(O)F4] kompleksida donorakseptor, oddiy kovalent bogʻlar va qoʻsh bogʻ hosil boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |