Dissotsiatsiya qaytar jarayondir
Vernerning koordinatsion nazariyasi
Download 81.88 Kb.
|
JAVOBLAAAR
140. Vernerning koordinatsion nazariyasi. 1893 yili anorganik kimyo jurnalining 3 sonida shvetsariyalik olim A.
Verner(1866-1919 yy.) "Anorganik moddalarning tuzilishi xaqida" nomli maqolasini e`lon kildi. Bu maqolada u kompleks birikmalar xaqida original g`oyalar va butunlay yangi tushunchalarni e`lon qildi. Bu davrga kelib
koordinatsion birikmalar nazariyasi yaratilishining asosiy manbai va turtki bo`lgan fan yutuqlari quyidagilar xisoblanadi: 1. Organik kimyodagi stereokimyoviy tushunchalarning aniq-lanishi, 2. S. Arreniusning elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kimyoda tasdiqlandi, 3. Moyillik va uning o`lchami xaqidagi ta`limot rivojlandi, 4. Co, Pt, Cr, Ir, Ni, Cu, Fe va boshqa metallarning kompleks birikmalari kimyosi xaqida juda katta ma`lumotlar ularning tarkibi va tuzilishi orasidagi bog`liqlik xaqida tushuncha berdи. A. Vernerning fikricha, kompleks birikmalar ikki sferadan tarkib topgan: birinchi (ichki), ikkinchi (tashqi). Olim xaligacha fanda ma`lum bo`lmagan koordinatsion son xaqida tushuncha kiritdi. A. Verner ta`kidlaydiki, oddiy birikmalar uchun valentlik qanday katta ma`noga ega bo`lsa, kompleks birikmalar uchun koordinatsion son xam xuddi shunday axamiyat kasb etadi. Uning yana bir muxim kashfiyoti-kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi xaqidagi g`oyasidir. o`z nazariyasini asoslash uchuн Verner kimyoviy va fizikaviy tadqiqot usullarini birga olib borishni qo`lladi. A. Miolati bilan birga kompleks birikmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash usuli bilan uning tashqi sferasidagi ionlar sonini aniqlash mumkinligini isbotladilar: 1. Kompleks birikmalarning ichki sferasi - noelektrolit ya`ni elektr tokini o`tkazmaydi. 2. Kompleks birikmalar eritmalarining elektr o`tkazuvchanligi ularning ionlarga dissotsilanishi bilan belgilanadi. Olimlarning aniqlashicha, Pt(IV) va Co(III) ionlarining ammiakli komplekslari bir xil elektr o`tkazuvchanlikka ega ekan, ya`ni ular izo-struktur bo`lib, oktaedrik tuzilishiga ega. SHunga ko`ra ular kompleks birikmalar uchun elektr o`tkazuvchanlik diagrammasini tuzdilar. Download 81.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling