Distilyatsiya jarayoni reja: Kirish I. Bob. Distillyatsiya jarayonini nazariy asoslari


Missellani distillyatsiyalashni sanoatdagi asosiy usullari


Download 38.78 Kb.
bet3/8
Sana28.10.2023
Hajmi38.78 Kb.
#1729642
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Distilyatsiya jarayoni reja Kirish I. Bob. Distillyatsiya jaray-fayllar.org

1.2 Missellani distillyatsiyalashni sanoatdagi asosiy usullari
Misselladan erituvchini haydashni turli bosqichlarida sanoatda
distillyatsiyaning har xil usullari qo‘llaniladi: purkash, qatlamda distillyatsiyalash, qobig‘da distillyatsiyalash.
Purkash usulida distillyatsiyalash. Missella forsunkadan oqim holida chiqib, tomchilarga parchalanadi. Gazsimon va suyuq fazalarni chegaralanish yuzasi ortadi, bu esa jarayon unumdorligini oshirib, davomiyligini qisqartiradi. Suyuq fazadagi gidrodinamik o‘zgarishlardan kelib chiqib shartli ravishda uchta davrga bo‘linadi: alohida tomchilar hosil bo‘lishi, alohida tomchilar doirasida turbulentlikni rivojlanishi va bu jarayonni so‘nishi. Gazli fazada bug‘larni holati va xossalari har qanday nuqtada aralashtirish uchun qulay bo‘ladi.
Purkash usulida dastlabki distillyatsiya jarayoni uchun faqatgina bitta davr – qaynash xos; purkash usuli bilan yakuniy distillyatsiya jarayoniga esa odatda qaynash va bug‘lanish xos bo‘ladi.
Qobiqda distillyatsiyalash. Bug‘ oqimi ta’sirida sodir bo‘ladigan ko‘tarilayotgan qobiqdagi distillyatsiya (teskari oqim ham deyiladi) va oqayotgan qobiqdagi distillyatsiya farqlanadi. Qobiq qalinligi missellani fizikaviy xossalari, yuzasini xossalari, uning joylashuvi va distillyatsiyalash sharoitlari bilan belgilanadi. Qobiqdan erituvchini ajratish xuddi erkin yuzadan ajratish kabi amalga oshiriladi. Bunda yuzani isishi yoki isimasligi muhim ahamiyatga ega. Agar yuza isitilsa, bug‘lanish jarayoni issiqlikni qo‘shimcha manbasi va isitilayotgan yuzada massa almashinish mexanizmini o‘zgarishi hisobiga jadallashadi.
Qatlamda distillyatsiyalash. Konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan (80...85 %) missella uchun qo‘llaniladi. Erituvchi missella qatlamidan bug‘latish yo‘li bilan chiqariladi. Jarayonni jadallashtirish uchun vakuumdan foydalaniladi, missella qatlamiga esa o‘tkir bug‘ barbotajlanadi. Benzindan foydalanilganda, qatlamda distillyatsiyalash yakuniy distillyatsiya jarayonining zaruriy bosqichi hisoblanadi, agarda qaynash harorati past bo‘lgan, kimyoviy jihatdan bir xil bo‘lgan erituvchi (geksan) qo‘llanilsa, qatlamda distillyatsiyalash jarayoni amalga oshirilmaydi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan distillyatsiya usullari suyuq va bug‘ fazalarni chegara yuzasi, ya’ni bug‘lanish ko‘zgusi deb nomlanuvchi qiymat bilan xarakterlanadi. Missellani bir hajm birligiga to‘g‘ri keluvchi bug‘lanish ko‘zgusi qiymati qatlamda distillyatsiyalash usulidan purkash bilan distillyatsiyaga o‘tishda oshadi. Bug‘lanish ko‘zgusi maydoni qancha katta bo‘lsa, distillyatsiya jarpayonining tezligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Buralgan oqimda distillyatsiyalash distillyatsiyani istiqbolli usuli hisoblanadi: bunda fazalarni to‘g‘ri oqimdagi ta’siri suyuqlikni apparatni ko‘ndalang kesimida aylana harakati bilan birlashadi, doimiy faza tezligi sezilarli darajada ortadi. Yakuniy distillyatsiya bosqichida yuqori unumdorlikga buralgan oqimni suyuq fazani purkalishi bilan birlashuvi orqali erishiladi. Lekin bu usulni amalga oshirish texnik jihatdan murakkab hisoblanadi. Ekstraksion moyning tayyorligi alanga olish harorati bo‘yicha aniqlanadi: ko‘plab moylar uchun bu 225 0C ni tashkil etadi (bu benzinning ≈ 0,01 % miqdoriga to‘g‘ri keladi). Moyning alangalanishi harorati – bu ochiq alanga ishtirokida moy yuzasidan uchuvchan mahsulotlarni alangalanishi sodir bo‘ladigan moy haroratidir. Erituvchini juda oz miqdordagi qoldiqlari ham alangalanish haroratini keskin tushiradi.



Download 38.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling