Mavhum qaynash qatlamlari va ularning gidrodinamikasi


Download 1.24 Mb.
Sana08.03.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1250450
Bog'liq
dvit-5 pp

Fizik-kimyoviy tahlil usullaridan moddalarnining qaynash va erish haroratini aniqlash

1.Qaynash haroratini aniqlash.

2.Erish haroratini aniqlash.


Reja:

qaynash qatlamlari va ularning gidrodinamik holatlarining tavsifi

Moddaning gaz holatiga o’tish hodisasiga bug’ hosil bo’lishi deyiladi.


Suyuqlikning erkin sirtidan har qanday temperaturada bug’ hosil bo’lishi jarayoniga “qaynash” deyiladi.
Bu jarayon suyuqlikning bug’lanishi yoki qaynashi yo’li bilan amalga oshishi mumkin.

qaynash yoki real qaynash jarayonini tajribada tekshirish asosida qo’yidagi qonuniyatlar aniqlangan:


1) Qaynash suyuqlikning erkin sirtida hosil bo’ladi va suyuqlik sirti ortishi bilan qaynash ham kuchayadi.
2) Qaynash har qanday temperaturada ham yuz berib turadi va temperatura ko’tarilgani sari kuchaya boradi.
3) Qaynash bug’ molekulalarining tarqalib ketish surati ortishi bilan tezlashadi, masalan, shamolda, ventilyator ta‘sirida qaynash kuchayadi.
4) Qaynash tezligi bosimga teskari proporsional, yani bosim kamayganda qaynash kuchayadi.
5) Qaynash tezligi suyuqlikning kimyoviy tarkibiga bog’liq. Masalan, efir, spirt suvdan tezroq qaynaydi.

Suyuqlik tashqaridan issiqlik olmasdan qaynaganda ichki energiyasi kamayadi, binobarin, suyuqlik soviydi. Yana bir misol, sopol ko’zaga qo’yilgan suv sopoldan sizib chiqib, sirtini ho’llaydi va bug’lanadi. Natijada idishdagi suvning sovushi sababli issiq kunda ham «muzdek» bo’lib turadi.

Qaynash deb suyuqlik ichidagi to’yintiruvchi bug’ning bosimi suyuqlik erkin sirtidagi tashqi bosimga teng bo’ladigan temperaturadagi intensiv bug’lanish jarayoniga aytiladi.

Suyuqlik qaynash jarayonining sodir bo’lishini qarab chiqaylik. Har qanday sharoitda suv va suyuqliklarning ichida havo pufakchalari mavjud. Shunday qilib, suyuqlikning qaynash hodisasi, pufakchalarining suyuqlik ichidagi harakati sababi suyuqliklarning kuchli ajralishidan yoki konveksiyalanishidan iboratdir.

Suyuqlik hajmi bo’yicha temperatura bir xil va to’yingan bug’ning bosimi tashqi bosimga teng bo’lganda qaynash boshlanadi. Suyuqlik to’yingan bug’ning bosimi tashqi bosimga teng yoki katta bo’lgan temperaturaga qaynash temperaturasi deyiladi.

MODDANING QAYNASH HARORATINI ANIQLASH

Qaynash harorati – moddaning normal bosim ostida 101,325 kPa (760 mm simob ustuni) qaynash

boshlanishidagi harorat bilan qaynashning tugashidagi harorat oralig‘idir.

Yig‘uvchi kolbaga dastlabki 5 tomchi haydalganidagi harorat qaynashning boshlanish harorati, olingan

moddaning 95%i haydalgandagi harorat esa qaynash tugashining harorati hisoblanadi.

Qaynash harorati aniqlanuvchi uskuna quyidagi qismlardan iborat

1. Bo‘ynining o‘rtasidan naycha chiqarilgan, haroratga chidamli shishadan tayyorlangan, 100 ml hajmli haydash kolbasi. 2. Haroratga chidamli shishadan tayyorlangan sovitgich.


. Sovitkichdan chiqqan naycha yig‘uvchi kolbaga
tushirish uchun qayrilgan bo‘lishi yoki sovitgich alonj bilan tutashtirilishi mumkin. Qaynash harorati
1500Cdan past bo‘lgan suyuqliklar suv bilan, 1500Cdan yuqori bo‘lganlari esa havo yordamida sovitiladi.
3. Yig‘uvchi idish sifatida silindr yoki graduirlangan kolba olinadi.
4. 0,50Cdan graduirlangan termometr.

5. O‘rtasi dadiametri 2 – 3 sm tirqishli bo‘lgan 12x12 sm o‘lchamli, qalinligi 3 mm asbest karton. 6. Kerakli harorat, havfsizlik va haydalish nazoratini ta’minlovchi qizdirish manbai (gaz gorelkasi, suv hammomi, elektr qizdirgich va h.k.). 7. Haydash kolbasi va sovitgichni mahkamlash uchun ikkita shtativ.

Aniqlash tartibi: Haydash kolbasiga tiqin yordamida simob sharchasining ustki qismi kolbadan chiqarilgan naychadan 1 sm pastda turadigan tarzda termometr o’rnatilib, shtativga o’rnatilgan asbest karton tirqishini zich berkitiladigan holatda haydash kolbasi qisqich yordamida shtativga mahkamlanadi. Kolbadan chiqqan naycha shlif yoki tiqin yordamida sovitgich esa alonj yordamida yig’uvchi idish bilan tutashtiriladi. 50 ml tekshiriluvchi suyuqlik silindrda o’lchab olinib, voronka yordamida haydash kolbasiga solinadi va kolbaga bir necha bir tomoni kavsharlangan kapillar yoki mayda chinni bo’lagi solinib, alonj yoki sovitgichdan chiqqan naycha 2,5 sm yig’uvchi idishga tushib turadigan holatda o’rnatiladi.

Qizdirish boshlangach, qaynashning boshlanish holati belgilab olinadi va qizdirish minutiga 3 – 4 ml suuyuqlik haydaladigan qilib moslanadi. Olingan suyuqlikning 95%i haydalgach, qaynashning tugash harorati aniqlanadi. Kuzatilgan qaynash harorati formula yordamida normal atmosfera bosimiga qayta hisoblanadi

Tkuzatilgan=T+K (P-P1) T — kuzatilgan qaynash harorati; P — normal barometrik bosim (101,3 kPa); P1 — tajriba o’tkazilgan muhit barometrik bosimi; K — bosimning har bir mm simob ustuniga bo’lgan inkrement.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling