Yuqori harorat ta’siridan himoyalanadigan dori vositalarini saqlash xususiyatlari
Yuqori xaroratdan (termolabil preparatlar) ximoya qilinishi talab etiladigan dori vositalarini saqlash me‘yoriy xujjatlar talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Past xarorat ta’siridan ximoyalanishni talab qiluvchi dori vositalarini
Past xarorat ta‘siridan ximoyalashni talab qiladigan dori vositalarini saqlash (fizik-kimyoviy xolati muzlagandan so’ng o’zgarib turadigan va xona xaroratida keyinchalik tiklanmaydigan dori vositalar), qo’llash yo‘riqnomasida belgilangan xarorat rejimiga muvofiq saqlanadi.
Barcha tayyor dori turlari tashqi yorliqli original qadoqda joylashtirilishi va saqlanishi lozim. Hapdorilar va drajelarni tashqi ta‘sirdan himoyalangan va alohida bemorlarga berish uchun mo’ljallangan korxona qadog’ida bir-biridan ajratilgan holda saqlash zarur. Hapdorilar va drajelarni saqlash quruq va yorug’dan himoyalangan joyda amalga oshiriladi. In‘yeksiyalarga mo’ljallangan dori turlarni salqin, yorug’dan himoyalangan joyda, alohida javonda, idishning xususiyatlari (mo’rtlik) hisobga olingan holda saqlash lozim. Suyuq dori turlar (siroplar, damlamalar) og’zi germetik po’kaklangan, ustigacha to’ldirilgan idishda, yorug’likdan himoyalangan joyda saqlanishi kerak.
Plazma o’rnini bosuvchi eritmalar 00dan 40S gacha haroratda alohida, yorug’dan himoyalangan joyda saqlanadi.
Dezinfeksiyalovchi vositalarni saqlash
Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin V va boshkalar) germetik berkitilgan idishlarda saqlanadi. Saqlash uchun xona aloxida bo’lib va plastmassa, rezina x,amda metall buyumlar xamda tozalangan suv olinadigan xonalardan uzokrokda joylashgan bo’lishi kerak. Bunda saqlash joyi salkin va yorug’likdan ximoyalangan bo’lishi lozim.
Rezina buyumlardan iborat tibbiy buyumlarni saqlashga bo’lgan talablar: xona quyosh nuridan himoya qilingan bo’lishi kerak. YOrug’lik faqat sun‘iy,
elektr orqali bo’lishi lozim. Quruq xonalarning namligini saqlash uchun karbol kislotasining 2% li suv eritmasi idishlarda qo’yiladi. Rezina buyumlarning elastikligini saqlash uchun xonalar va shkaflarda shisha idishda ammoniy karbonat solib qo’yish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |