Distribyutorlik faoliyati . Farmasevtik ombor
Bajardi:Taskulov Sh.
REJA:
Ulgurji farmatsevtik tashkilotlarining turlari, vazifalari va funksiyalari
Ulgurji savdo shakllari.
Farmatsevtik omborxonasining tuzilishi.
Ulgurji omborxonadagi asosiy jarayonlar.
Dori vositalarini saqlashda o’ziga xos xususiyatlari.
Dori vositalarrini saqlash xonalariga qo’yiladigan talablar
Dori vositalarini tashish, safdan chiqarish tartibi.
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga etkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maksadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maksadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va aloxida shaxslar)ning o’rni katta.
Ulgurji vositachilarni asosiy vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o’rtasidagi uzilishni yo’qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta‘minlashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti - ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste‘molchilarga etkazish hisoblanadi.
Ulgurji savdo – moddiy rusurslardan o’z o’rnida foydalanish uchun muhim mexanizm bo’lib, tovar aylanmasi jarayonining barcha bosqichlarida farmatsevtika maxsulotlarini ortiqcha Zaxiralarini kamaytirishga va mahsulot tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi va farmatsevtika sanoati bozorini shakllantirishda ishtirok etadi.
Ulgurji vositachilar funksiyalari
Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar kuyidagi funksiyalarni bajaradi:
Marketing – bozorni kompleks taxlili, tovar siyosati va narx siyosati va boshkalarni amalga oshirish;
Axborotli – kerakli axborot bilan ta‘minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta‘minlash;
Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini boshqarish;
Tovarni tashish;
O’z haridorlarini kreditlash - tovarlarni iste‘molchilarga kreditga berish;
Rejalashtirilmagan harajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash;
Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o’g’irlanishi, unga ko’yilgan narxlarning pasayishi bilan bog’liq bo’lgan ma‘lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |