Diuretik va antiseptik xususiyatiga EGA boʼlgan benzolsulfanilamidlarning taxlili usullari


Download 51.5 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1256868
Bog'liq
Диуретик ва ант-WPS Office


Diuretik va antiseptik xususiyatiga ega boʼlgan benzolsulfanilamidlarning taxlili usullari .

Turli yuqumli kasalliklarni tabiiy va yarimsintetik antibiotik moddalar bilan davolash sohasidagi erishilgan katta yutuqlarga qaramasdan, sulfanilamid preparatlari xozirgacha kimyoterapevtik dori moddasi sifatida aloxida axamiyatga ega.


Olimlarning yangidan-yangi sulfanilamid preparatlarini yaratish va ularning antimikrob taʼsirini xar tomonlama oʼrganish sohasida olib borgan samarali izlanishlari taʼsir koʼrsatish doirasi birmuncha keng boʼlgan sulfanilamid preparatlarini yaratishga olib keldi. Аyniqsa, soʼnggi vaqtlarda organizmda uzoq muddat taʼsir koʼrsatuvchi- (sulfamonometoksin, sulfadimetoksin, sulfapiridazin, Sulfalen va boshqa) preparatlarni kashf etishda katta yutuqlarga erishildi.


1891 yilda rus olimi D. D. Romanovskiy oʼzining ilmiy kashfiyotlarida kimyoterapiya asosini tasvirlab shunday yozgan edi «Xar qaysi infeksiya uchun oʼziga xos maxsus- shunday modda topish kerakki, u organizmga yuborilganda, unga nisbatan kam tasir koʼrsatib, kasallik keltirib shiqaruvchi patogen agentlarga (mikroblarga) esa birmuncha ko’proq, destruktiv taʼsir koʼrsatadigan boʼlsin» Bu kimyote- rapevtik xossali preparatlarning qanday boʼlishi va ularning tanlab taʼsir ko’rsatishi toʼgʼrisidagi savollarga olim tomonidan birinchi marta ilmiy asosda berilgan javobdir. Kimyoterapevtik dori moddalar mikrob hujayrasida sodir boʼladigan jarayonlarga qarshilik koʼrsatadi, boshqacha aytganda mikrob xujayralaridagi ferment sistemasini qurshab olib, ularni oʼsishdan toʼxtatadi yoki oʼldiradi.


Biroz vaqt o’tgach P. Erlix tibbiyotga kimyoteratsiya» terminini kiritdi va shu bilan yangidan yangi kimyoterapevtik moddalarni kashf etishligi yoʼnalishga asos soldi.


Ilmiy izlanishlar natijasi—spiroxetalar keltirib chiqaruvchi infeksiya — zaxm) ni davolashda oʼziga xos taʼsir.


advarsan –najnovatlari kashf qilinishi keyinchalik chuqur ilmiy izlanishlar natijasida protozoy infeksiyasiga (bezgak, leyshmanioz, amyobali dizenteriyaga) qarshi bir qancha preparatlar sintez qilib olinadi. 1935-36 yillarda sulfanilamid va uning turli hosilalari bilan davolashning vujudga kelishi, birinchi marta bakteriyalar keltiruvchi yuqumli kasalliklar kimyoterapiyasidagi katta yutuq boʼlib, u tez vaqt ichida jaxon miqiyosida taraqqiy topdi.


1935 yilda nemis olimi Gerxard Domag birinchi marta azobuyoq prontozidni turli kokk bakteriyalar, jumladan -streptokokk keltirib chiqaradigan kasalliklarda kimyoterapevtik taʼsirga ega ekanligini tirik organizmda eksperimental holda isbotlab berdi va shu bilan sulfanilamid -kimyoterapiyasiga asos soldi.


Prontozilning o’zi azobo’yoq modda sifatida 1932-yilda Mitchel na Karer tomonidan sintez qilib olingan edi. Bu modda tez vaqt ichila O. Yu. Mogidson va M. V. Rubtsonlar kabi olimlar tomonidan sintez qilingan, — qizil streptosid» nomi bilan tibbiyotda ishlatishga tavsiya qilindi.


Prongoziyaning kimyoterapevtik faolligi aniqlanishi bilan birga, 1935 yilning o’zida fransuz olimi Rafael o’z shogirdlari bilan birgalikda, organizmdagi maxsulotlardan sulfanilamide Prontovil molekulasining parchalanishidan ajralib chiqqan boshqa bir qism - 1,2,4-triaminobenzol esa toksik taʼsirga ega ekanligi ham olimlar tomonidan aniqlandi. Bu yerda shuni xam aytib oʼtish kerakki, sulfanilamidning oʼzi azoboʼyoqlarni sintez qilishda oraliq modda bulib, uni birinchi marta 1908 yilda Gelmo sintez qilib olgan. 1910 yilda esa Gerleyn azobuyoq olishda boshlang’ich modda sifatida ishlatishni tavsiya etgan.


1936 yildan boshlab sobiq Ittifoqda sulfanilamid ko’k streptotsid» nomi bilan tibbiyot amaliyotida qoʼllanila boshlandi.




Keyinchalik sulfanilamidning kimyoviy tuzilishi bilan uning antimikrob taʼsiri oʼrtasidagi munosabat chuqur oʼrganila boshlandi. Natijada sulfanilamidning antimikrob taʼsiri to’la saqlanib qolishi uchun uning molekula tuzilishidagi amin NH, va amid . NH2 guruhlari bir-birlariga nisbatan faqat para xolatda boʼlishi kerakligi aniqlandi. Shu holatdagi muvozanatni orto yoki meta xolatga oʼzgartirish, preparatning antimikrob taʼsiri toʼla yoki qisman kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari yana sulfanilamidning kimyoterapevtik faolligiga taʼsir qiluvchi baʼzi boshqa omillar ham oʼrganilgan. Masalan, sulfanilamid molekulasining benzol halqasidagi vodorodlar oʼrniga boshqa biror radikallarning kiritilishi xam ning kimyoterapevtik faolligi butunlay yoʼqolishiga yoki zaiflashishiga olib kelishi isbotlandi. Shuningdek 1 chi holatida joylashgan NH, guruxga oʼzgarish bo’lmasdan holi qolishi kerakligi yoki undagi vodorodlar. Biror radikalga almashtirilgan boʼlsa ham, u organizmda albatta gidrolizlanib ajralib ketadigan boʼlishi lozim. Аks xolda sulfanilamidlarning kimyoterapevtik faolligiga ta’sir qiladi.
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling