Dividendlar xususiyati


Mijozlar samarasi (clientele effect)


Download 36.02 Kb.
bet7/7
Sana14.11.2023
Hajmi36.02 Kb.
#1772323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Modilyani va Miller dividendlar haqida

Mijozlar samarasi (clientele effect)
Investorlar investitsion muhitda (preferred habitat) afzalliklarga ega bo‘ladi deb hisoblanadi, ya‘ni ular shaxsiy fikriga ko‘ra o‘ziga ko‘proq mos bo‘lgan investitsiyalarni tanlashadi.
Dividendlar kontekstida ularning afzalliklari individual soliq maqomi bilan belgilanishi mumkin. Daromad solig‘i yuqori stavka bo‘yicha ushlab qolinadigan jismoniy shaxsni past darajadagi dividend to‘lovlari bo‘lgan aksiyalar jalb qilishi mumkin. Boshqa tomondan, bunday investor, masalan, pensionerlarga to‘lovlar uchun pul mablag‘larining doimiy oqimiga zarurat sezuvchi va soliqqa tortilmaydigan pensiya jamg‘armasi nisbatan yuqori dividend to‘lovlariga ega kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishi mumkin. Bunday investor, albatta, aksiyalarning bir qismini sotish bilan pul mablag‘larni olishi mumkin, lekin bu brokerlarga mukofot to‘lovi va boshqa shunga o‘xshash xarajatlarni talab qiladi, bundan esa chetlab o‘tgan yaxshiroq.
Agar —mijozlar samarasi” chindan ham o‘rinli bo‘lsa, bu kompaniya aksiyadorlarining bir qismi kompaniyaning dividend siyosati jozibadorligi tufayli aksiyalarini sotib oldi degan ma‘noni anglatadi. Mabodo, dividend siyosati o‘zgaruvchan bo‘lsa, ko‘plab investorlar kelgusida dividendlar darajasi ularning afzalliklarini mos kelish- kelmasligi noaniqligi tufayli aksiyalardan xalos bo‘la boshlaydi. Aksiyalarning etarlicha mashhur emasligi ularning narxiga va shu tariga kapital qiymatiga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Kompaniya o‘z dividend siyosatiga qat‘iy amal qilgan taqdirda ham, qaysidir paytda unga jiddiy tuzatish kiritishni xohlaydi, u holda oldingi dividend siyosatini afzal ko‘rgan aksiyadorlar (bundaylar esa barchasi bo‘lishi mumkin), ehtimolki, o‘z kapitalini dividendlar siyosati ular uchun yanada maqbul boshqa kompaniyalarga ko‘chirib o‘tkazishga intiladi. Shu bilan birga, kompaniyaning dividendlar sohasidagi yangi siyosatini jozibali deb hisoblaydigan va uning aksiyalarini sotib oladigan yangi mijozlar paydo bo‘lishi ham ehtimoldan yiroq emas. Biroq aksiyalar egasi o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan vaziyat, umuman olganda, aksiyadorlarga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Nafaqat bu, balki o‘zgarishlar bilan investorlarning kelajakda dividend siyosati qanchalik barqaror bo‘lishiga nisbatan ishonchining murakkablashishi ham aksiya narxiga pasaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Likvidlik
Muayyan vaqtda kompaniya tomonidan to‘langan dividendlar qiymati mavjud mablag‘lar miqdorisha sezilarli darajada bog‘liq deb taxmin qilinadi. Albatta, bu Miller va Modilyani taxmini bo‘yicha amaliyotda sodir bo‘ladigan narsa. Boshqa tomondan, dividend to‘lay olmaslik fond bozori tomonidan salbiy talqin qilinsa, aksiyadorlarni pul mablag‘lari mavjudligiga ishontira olingan taqdirda ularning manfaatlariga rioya etilishi mumkin, buni esa qarz olish va hatto foydali investitsiya imkoniyatlaridan voz kechish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Download 36.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling