Mavzu: qurilish ishlab chiqarish koperatsiyasi
Download 30.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
MAVZU: QURILISH ISHLAB CHIQARISH KOPERATSIYASI Kirish Reja: Qurilish ishlab chiqarishi konsentratsiyasi Qurilish ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish Qurilish ishlab chiqarishi kooperatsiyasi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Ko‘rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini islohotlashtirish butun milliy iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki ob’ektiv zarurat va hatto davr talabidir, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Iqtisodiyotning u yoki bu tarmog’i “oqsayotgan” bo‘lsa, xo‘jalikni boshqarishda bozorga xos bo‘lmagan usullarni qo‘llayotgan bo‘lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat boshqaruvning barcha pog’onalarida, hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan taqdirdagina bozor iqtisodiyoti deb atash mumkin. Bunga erishmaguncha bozor iqtisodiyoti haqida jiddiy gapirish mumkin emas. Afsuski, bugungi kunda qurilish majmuasining ahvoli aytarlik yaxshi emas, bu tarmoq ilgari ham ob’ektlarning qurilishi haddan tashqari “o‘zoq vaqtga cho‘zilishi”, bitmagan qurilishlar soni ko‘payishi, kapital qo‘yilmalarning son-sanoqsiz ob’ektlarga taqsimlanib ketgani, yo‘qotishlar, ishlab chiqarishga bog’liq bo‘lmagan harajatlar va boshqalar tufayli har doim ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lavermas edi. Bugungi kunda esa kapital qurilishni jonlantirish va uning samaradorligini oshirish uchun boshqacha chora-tadbirlar kerak bo‘lmoqda. SHu maqsadlarda «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g’risida» O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoni (06.05.2003 y., № Pf-3240) e’lon qilindi. Unda asosiy yo‘nalishlar sifatida quyidagilar ko‘zda tutilgan: 1) pudratchi qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarini xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish; 2) xususiy qurilish firmalarini tashkil qilishni rag’batlantirish, qurilish sohasida o‘rta va kichik korxona va tashkilotlarni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish; 3) kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish, barcha joylarda buyurtmalarni joylashtirishda tenderlarni joriy qilish, qurilishni asosan foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga oshirish; 4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, qurilishning me’yoriy-texnik bazasini yangilash; 5)tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g’inlarida institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-ikki bo‘g’inli boshqaruv tizimlariga o‘tish; 6)qurilish pudrat tashkilotlarida brigada pudratini joriy qilish, to‘lovni ishlarning tugallangan bosqichlarida amalga oshirish asosida ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish; 7)qurilish-montaj ishlarining tannarzini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish va sifatini oshirish. Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan. Download 30.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling