Diyen sintezi. Kauchukni vulkanlash diyen sintezi


Download 18.53 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi18.53 Kb.
#1817823
  1   2   3
Bog'liq
DIYEN SINTEZI. KAUCHUKNI VULKANLASH


DIYEN SINTEZI. KAUCHUKNI VULKANLASH
Diyen sintezi - qoʻshbogʻlari oralangan diyen uglevodorod (diyen) larning 1,4 uglerod atomiga toʻyinmagan birikmalar biriktirish reaksiyasi. D.s. natijasida boshlangʻich diyenning ik-kinchi va uchinchi uglerod atomlari oʻrtasida qoʻshbogʻ boʻlgan olti aʼzoli sikllar vujudga keladi. Diyen vazifasini geterotsiklik birikmalar, mas, furan bajarishi mumkin. D. s. 1928 yilda organik-kimyogarlar O. Dirs va K. Alderlar tomonidan kashf etilgan. D. s. yordamida boshqa usullar bilan olinishi qiyin boʻlgan politsiklik birikmalar (mas, steroid lar, D vitamin), insektitsidlar va b. moddalar sintez qilinadi
Vulkanizatsiya - 1) kauchukni rezinaga aylantirish jarayoni. V. agentlari (oltingugurt, organik peroksidlar, baʼzi sintetik smolalar) ishtirokida yoki ionlovchi radiatsiya taʼsirida amalga oshiriladi. V.da plastik kauchukning barcha fizik-mexanik xossalari yaxshilanib, rezinaga aylanadi. Kauchukni oltingugurt bilan ishlash natijasida toʻrsimon tuzilish (struktura) hosil boʻladi. V.ni turli xil organik moddalar va tezlatkichlar (aktivatorlar — ZnO, MgO va b.) bilan tezlatish mumkin.
Bu jarayon 140...200° da bajariladi. V. qoraquya ishtirokida olib borilsa, tezligi ortadi. Kauchukka 0,5—5% oltingugurt qoʻshilsa, kamera va pokrishka yasaladigan yumshoq rezina hosil boʻladi. Oltingugurt miqdori 30—50%ga yetkazilsa, elastik boʻlmagan qattiq rezina (ebonit) olinadi. Kauchukni oltingugurt bilan V. issiq V. deyilib, uni birinchi marta 1839 y. Ch. Gudir (AQSH) ochgan. 1846 yilda A. Parke sovuq V. jarayonini taklif kildi. Keyingi vaqtlarda oltingugurtsiz va qizdirmay V. reaksiyasini oʻtkazish mumkinligi aniqlandi. Ionlovchi radiatsiya (kobaltning radioaktiv gammanurlanishi, tezlatilgan elektronlar oqimi) yordamida olib boriladigan V.ga radiatsion V. deyiladi. Bu usulda kimyoviy taʼsirlarga va issiqqa chidamli rezinalar olinadi; 2) avtomobil, velosiped, mototsiklning rezina kameralari va pokrishkalarini yamash. Maxsus apparat — vulkanizator yordamida amalga oshiriladi; 3) qogʻozga kimyoviy ishlov berib, uning pishiqligini, qovushoqligini, elektr izolyatsiya xossalarini yaxshilash; 4) qogʻoz va b. tolali materiallardan pishiq charmsimon material— vulkanfibra olish. Vulkanfibradan tasmalar, jomadonlar, izolyatsiya plastinalari va b. buyumlar tayyorlanadi.
Kimyoviy xossalari. 3-a’zoli sikloalkanlar galogenlash, gidrogalogenlash, gipogalogenlash kabi kimyoviy jarayonlarga oson kirisha oladilar. Reaksiya vaqtida S – S bog‘i uziladi halqa ochiladi.
Galogenlash. Siklopropanga brom bilan ta’sir etilganda 1,3-dibrom propan hosil bo‘ladi:
Siklopropanni xlorlash reaksiyasida 1,3-dixlorpropan bilan birga xlor siklopropan ham hosil bo‘ladi:


Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling