DIYOR YANGILIKLARI
Kadr orti: Ushbu tadbirda hurmat qozongan, jamiyatda istiqomat qilayotgan joylardagi qoʻshnilari bilan yaxshi munosabat oʻrnata bilgan, farzand tarbiyasi masalasida boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan, har tomonlama ibratli, koʻp yillik oilaviy tajribaga ega boʻlgan oilalar ishtirok etishdi.
Kadr orti: Qiziqarli hamda bugungi kundalik hayotda uchraydigan zamon illatlari, sharqona odob, qadriyatlarni namoyish etishga qaratilgan turli shartlardan oʻzlarining zukkoliklari bilan yuksak bilimdonligi bobida boshqa jamoalarni ortda qoldirgan oila faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, keyingi bosqichga, ya'ni, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.Gʻolib boʻlgan hamda tadbirda faol ishtirok etgan oilalarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Intervyu: Dilbar Anorqulova Xalq deputatlari Guliston tuman kengash depu
Kadr orti: Darhaqiqat, oila yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdiriladi. Bu esa oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi kabi tadbirlar tashkillashtirilishi muqaddas dargoh hisoblangan oila bag'rida o'sayotgan yoshlar ongida oilaning muqaddasligi, milliy urf-odat, qadriyatlar va an’analarga sodiqlik tuyg’ularini shakllantirishda dasturilamal bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Muallif: Shahzod Kulibayev
Tasvirch: R.Nizomov
Montajchi: V.Nizomov
Do'stlaringiz bilan baham: |