Dizartriya
Tovushlar talaffuzini korreksiilash
Download 35.47 Kb.
|
4-amaliy mashg\'ulot
Tovushlar talaffuzini korreksiilash
Tovushlar talaffuzini to‘g‘irlashda individual yondashish tamoyilidan foydalaniladi. Tovushlarni to‘g‘rilash va nutqqa qo‘yish individual tanlanadi. Bir nechta tovushlar ustida ishlash ishda izchillikni talab etadi. Tuzatish ishida birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan tovushlar yoki tuzatish oson bo‘lgan tovushlar tanlab olinadi. Bu tovushlar; a, p, u, m, k, n, x, B, o, t, s, l. Ushbu tovushlar ustida ishlash jarayonida ularni talaffuz normasigacha keltirish mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan tovushlar ustida ishlash bilan bir vaqtda fonematik eshituvni rivojlantirish va tovushlar analizi malakalarini shakllantirish ustida ham ish olib boriladi. Artikulyatsion buzilishlarning og‘ir hollarida tovushlarni nutqga qo‘yish maxsus yordamni talab etadi. Bunda logoped ko‘rish, taktilvibratsion sezishdan foydalangan holda u yoki bu tovushning talaffuzi uchun zarur bo‘lgan harakatni bajarishni bolaga tushuntiradi va yordam beradi. Masalan, anartriyada logoped «u» tovushi artikulyatsiyasini hosil kilish uchun bola lablariga qo‘lini yaqinlashtiradi. Tovushlarni nuqtaga qo‘yish ustida ishlaganda logoped aniq bo‘lmasa ham tovushni to‘g‘ri talaffuz darajasiga yaqinlashtirishi lozim. Dastlabki vaqtlarda normal talaffuzga erishish qiyin. Bu vaqtda bolaning o‘xshash tovushlarni o‘zlashtirishi, ularni farqlashi juda muhimdir. Tovushlarni normal talaffuziga yaqinlashtirish darajasi artikulyatsion apparatning jarohatlanish darajasi bilan aniqlanadi. Har bir yangi tovush ustida ishlashda, uning artikulyatsion xususiyatlarini o‘rganish zarurdir, ya’ni artikulyatsiyaning asosiy xarakterli belgilari, uning boshqa tovushlardan farqli tomoni, artikulyatsiyani boshqalari bilan solishtirish. Muntazam mashqlar olib borilishi tovushni kerakli artikulyatsion tartibga yaqinlashtiradi va to‘liq tovush talaffuziga o‘tiladi. Logoped sekin-asta o‘rganilayotgan tovushni aniq va turli talaffuz etishni talab etib boradi. Artikulyatsion motorika va tovushlarni nutqga qo‘yish ustida ishlashdan tashqari, fonematik eshituvni rivojlantirish uchun ham muntazam ravishda ish olib boriladi. Bunda bolalar unli tovushlar qatoridan kerakli unli tovushlarni, undosh tovushlar qatoridan undosh tovushlarni ajratishga va analiz qilishga o‘rganadilar. Bolalar o‘rganadigan tovushlarni turli bo‘g‘inlar birikmalarida qaytarishga, bo‘g‘in va so‘z hosil qilgan tovushlarni aytish, ularning ketma-ketligini aniqlashga o‘rganib boriladi. Talaffuz mashg‘ulotlarida artikulyatsion apparat a’zolarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar frontal tarzda olib boriladi. Foydalaniladigan mashqlar bolalarning individual rivojlanishlari nutqiy holatlarini hisobga olgan holda tanlab olinadi. Bundan tashqari mashg‘ulotlarda nafas mashqlari ham olib boriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi o‘rganilgan tovushni alohida va bo‘g‘inlar birikmasida talaffuz etishga, mustahkamlashga ajratiladi. Logoped o‘tilganlarni bola qanday o‘zlashtirganligini doimo tekshirib bormog‘i lozim. Buning uchun boladan u yoki bu tovush uchun xarakterli bo‘lgan artikulyatsiya a’zolari holatini aytib berish yoki ko‘rsatib berish taklif etiladi, so‘ng tovushni alohida va so‘zlarda talaffuz etish so‘raladi. Tovushlar ustida olib borilayotgan mashqlar ko‘ruv va taktil idrok etish ostida nazorat qilib boriladi. Download 35.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling