Dizartriya


Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi


Download 35.47 Kb.
bet3/11
Sana04.08.2023
Hajmi35.47 Kb.
#1665196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot

Ekstrapiramidali dizartriyada tovushlar talaffuzida kamchiliklar aniqlanadi:

  • nutqiy mushaklarda mushak tonusini o‘zgarish;

  • zo‘riqish harakatlari mavjudligi (giperkinezlar);

  • nutqiy mushaklardan propritseptiv afferentatsiya kamchiliklari;

  • emotsional

  • harakat innervatsiya kamchiliklari.

Ekstrapiramidali dizartriyada artikulyatsiya apparati mushaklarining harakatlari hajmi psevdobulbar dizartriyadan farqli ravishda yetarlicha rivojlangan bo‘ladi. Bola doimo o‘zgaruvchi mushaklar tonusi va zo‘riqishli harakatlar ta’sirida artikulyatsiya holatini his etishga va bajarishga qiynaladi. Shuning uchun, ekstrapiramidali dizartriyada ko‘p hollarda kinestetik dispraksiya kuzatiladi. Nutq mushaklarini tinch turgan holatida mushaklarning yengil tebranishi (dispgoniya) yoki uning ma’lum ma’noda pasayishi (gipotoniya) kuzatilishi mumkin. His-hayajonli, ta’sirchan holatlarda nutqiy bayonni amalga oshirishda urinishlarda mushaklar tonusini va zo‘riqishli harakatlarning ortishi kuzatiladi. Til tuguncha bo‘lib, ildizi tomon tortiladi, juda tez zo‘riqadi, tortiladi. Ovoz apparati va nafas mushaklari tonusining ortishi tovushni ixtiyoriy tarzda chiqishini yo‘qotadi va bola bittagina tovushni ham talaffuz eta olmaydi.
Mushak tonusining yaqqol namoyon bo‘lgan kamchiliklarida nutq noaniq, tushunarsiz, ovoz manqalarining ega bo‘lib, nutqning ma’no tomonida, uning intonatsiyail-ohangli tuzilishida, tempida kamchiliklar kuzatiladi. Nutqning emotsional belgilari namoyon bo‘lmaydi, nutq monoton, bir xil bo‘ladi. Ovozni «O‘chib qolib», tushunarsiz ming‘illashga o‘tishini kuzatish mumkin.
Ekstrapiramidali dizartriyaning xususiyatlari – bu tovush talaffuzini turg‘un va bir xil ko‘rinishdagi kamchiliklarining kuzatilmasligi, Shuningdek, tovushlarni mustahkamlash jarayonining qiyinchilik bilan amalga oshirilishidir.
Ekstrapiramidali dizartriya ayrim hollarda neyrosensor karlik kabi eshitish kamchiliklari bilan birgalikda keladi. Bunda avvalo, balanda tonlarni eshitish zararlanadi.
Miyachali dizartriya. Dizartriyaning bu shaklida miyacha va uning markaziy asab tizimining turli bo‘limlari bilan aloqalari jarohatlanadi. Miyachali dizartriyada nutq sekinlashgan, jumla oxiriga kelib ovozning «O‘chib qolishi» bilan tavsiflanadi. Til va lab mushaklari tonusining pasayishi ular uchun xos bo‘lib, til ingichka holda og‘iz bo‘shlig‘ida beharakat yotadi, harakatlar tempi sekinlashgan, artikulyatsiya holatlari his etish va amalga oshirishda qiyinchiliklar, yumshoq tanglay osilib turishi, chaynash harakatlarining sustligi, mimikaning cheklanganligi kuzatiladi. Til harakatlari noaniq bo‘lib, unda giper yoki gipometriyalar (harakatlar hajmining ortishi va kamayishi) kuzatiladi. Nozik maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni bajarishda tilni bilinar-bilinmas titrashi, tovushlarni burunli talaffuz etish kuzatiladi.
Dizartriyaning diffensial diagnostikasi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: dislaliyadan va alaliyadan farqlash.
Dislaliyadan farqlash 3 ta asosiy sindromlar (artikulyatsiya, ovoz va nafas kamchiliklari sindromlari) asosida amalga oshiriladi. Bunda tovush talaffuzi buzilishi, nutqning ma’no tomonidagi kamchiliklar, tovushlar talaffuzining o‘ziga xos nuqsonliklarida tovushni nutqda mustahkamlashdagi qiyinchilik, Shuningdek, nevrologik tekshiruv ma’lumotlari (markaziy asab tizimida organik jarohatlar belgilarining mavjudligi) va analiz xususiyatlari (perinotal nuqsonliklar, baqirish, ovoz reaksiyalari, emish, yutish, va chaynash kabi nutqgacha bo‘lgan davr xususiyatlari alohida o‘rin tutadi) katta ahamiyatga ega.
Alaliyada farqlash nutqning leksik-grammatik tomonining rivojlanishi xususiyatlarida til operatsiyalarini birlamchi kamchiliklarini yo‘qligiga asoslanib amalga oshiriladi.

Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling