Dizayn asoslari” fanidan test savollari Qaysi ranglar axromatik ranglar deyiladi?


Download 64.5 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi64.5 Kb.
#112095
Bog'liq
тест


Dizayn asoslari” fanidan test savollari
1.Qaysi ranglar axromatik ranglar deyiladi?

a.qora, kulrang, oq

b.qora, qizil, sariq

c.sariq, qora, ko’k

d.kulrang, qora, yashil
2.Qaysi ranglar xromatik ranglarga kiradi?

a.qora, kulrang, oqdan boshqa hammasi

b.qizil, ko’k, sariq

c.qizil, qora, sariq

d.faqat spektr ranglar
3.Nyuton ranglar spektori necha rangdan iborat?

a.7 rang


b.3 rang

c.12 rang

d.24 rang
4.Axromatik va xromatik ranglar bir-biridan qanday

farqlanadi?

a.rang tonlari bilan

b.farqlanmaydi

c.tuyg’unliligi bilan

d.yorug’lanib borishi bilan
5.Odam ko’zi nechta rangni farqlay oladi?

a.200 tadan ortiq

b.cheksiz

c.100 ta rangni

d.500 ta rangni
6.Qaysi ranglar asosiy ranglar sanaladi?

a.qizil, sariq, ko’k

b.qora, oq, qizil

c.sariq, qizil, yashil, binafsha

d.malla, och sariq, to’q sariq
7.Spektr nurlarida qanday ranglar mavjud?

a.quyosh nurini prizma orqali tarqatishdan hosil bo’lgan yetti rang

b.oq, qizil, sariq, ko’k, yashil

c.rang doirasidagi 12 rang

d.rangli filtrlar orqali hosil qilinadigan nurlar
8.Nazariyachi rangshunos olimlar kimlar?

a.N.Nyuberg, Osvald, Nyuton, A.Mensell, Gyote, Runge

b.Klod, Mone, Renuar, Sezann

c.Rafael, Mikelandjelo, Leonardo Da Vinchi

d.Aristotel, Gyote, Matiss, Brak
9.Bir vaqtda sodir bo’ladigan kontrast deb nimaga aytiladi?

a.kuzatilayotgan rangga boshqa rangni ta’siri oqibatidagi o’zgarishga

b.ranga nisbatan adaptasiya hodisasi

c.kuzatilayotgan rangni atrofida o’ta kontrast ranglarni yonma-yon qo’yish

d.qizil va qora rangning yonma yonligi
10.Izchil kontrast nima?

a.ko’rish apparatining biron bir rangga ko’nikib uning atrofida doiradagi unga qarama-qarshi turgan rangni chaqirilishi

b.biron bir yoki bir necha ranglarga ko’nikma hosil qilish

c.to’yinli ranglarni bir-biriga munosabati

d.to’yinli ranglarni och ranglar bilan yonma yon qo’yganda hosil bo’ladigan kontrast
11.O’zaro to’ldiruvchi ranglar deb nimaga aytiladi?

a.rang doirasidagi markazga nisbatan qarama qarshi joylashgan ranglar

b.ikki yoki bir necha rangni qo’shishga

c.qizilni sariq bilan qushilish yoki ko’kni och ko’k bilan qo’shilish

d.o’tkir ranglarni to’yinlari bilan
12.«To’ldiruvchi» ranglarni aralashmasidan qanday ranglar paydo bo’ladi?

a.uyg’un yoqimli ranglar

b.ranglar yorug’lanishi

c.ranglar yorqinligi

d.xromatik ranglar
13.Sariq, to’q sariq (оранжевый) va qizil «Issiq-sovuq» lik jihatidan qaysi ranglar turkumiga mansub?

a.Issiq ranglar turkumiga

b.Sovuq ranglar turkumiga

c.o’rta issiq ranglar turkumiga

d.sezilmaydi
14.Binafsha, ko’k, yashil ranglar «issiq-sovuq» lik jihatidan qanday qabul qilinadi?

a.Hammasi sovuq ranglar qatorida qabul qilinadi

b.ko’k faqat sovuq ranglar qatorida qabul qilinadi

c.faqat yashil sovuq ranglar qatorida qabul qilinadi

d.binafsha faqat sovuq ranglar qatorida qabul qilinadi
15.Ko’rsatilgan ranglarning ichidan eng «aktivi»ni ko’rsating?

a.qizil


b.zarg’aldoq-qizil

c.qora-qizg’ish.

d.malla sariq.
16.Ko’rsatilgan ranglardan passivini belgilang?

a.binafsha

b.qizil

c.och sariq



d.purpur qizil
17.Ko’rsatilgan ranglar ichida, «Yaqin» ko’rinadigan ranglarni belgilang?

a.sariq, qizil, to’q sariq

b.ko’k, yashil, binafsha

c.malla, qora, kulrang

d.binafsha, yashil rang
18.Qaysi ranglar «uzoq» ko’rinadi?

a.ko’k, yashil

b.qora. ko’k, qizil

c.hamma issiq ranglar

d.binafsha sariq
19.Quruq ko’rinadigan ranglar guruhini belgilang?

a.oq, sariq, to’k sariq, qizil, qora.

b.ko’k, yashil. och ko’k, malla.

c.ajratib bo’lmaydi

d.hamma sariq va sovuq ranglar
20.Ho’l, nam ko’rinadigan ranglar guruhi qaysi?

a.ko’k, havorang, yashil

b.hamma yengil ranglar

c.oq. sariq, to’q sariq, qizil

d.malla, qora, ko’k.
21.Qaysi ranglar simvolik izohga ega?

a.qora, oq, qizil, ko’k, yashil

b.binafsha, malla, och malla

c.sariq, och qizil, kulrang

d.faqat qizil va qora
22.Qaysi ranglar jufti «kuchli kontrast» ranglarga kiradi?

a.qora, oq

b.oq, sariq

c.qora, yashil

d.hammasi
23.Qaysi ranglar jufti «kuchsiz kontrast» ranglarga kiradi?

a.yashil, sariq

b.qora, oq

c.qizil, qora

d.qora, kulrang
24.Qizil va yashil ranglar aralashmasidan qaysi rang hosil bo’ladi?

a.malla


b.qora

c.binafsha

d.kulrang
25.Ranglar majmuasi ton jihatdan bir-biriga yaqin bo’lsa u qanday ataladi?

a.nyuans


b.kontrast

c.yengil kontrast

d.oxista utishli
26.Rangni uch asosiy xususiyatini ayting?

a.rang toni, yorug’lanishi, yorqinligi yoki tozaligi

b.ranglar xususiyatlarga bo’linmaydi

c.yorug’lanishi, yorqinligi

d.rang koloritligi, yorqinligi, xiraligi
27.Toza rang deb qaysilarini aytish mumkin?

a.aralashmagan spektr ranglarni

b.sariq, malla ranglarni

c.yorug’langan spektr ranglarni

d.qizil. yashil, qora, oq ranglarni
28.Interyerda rang yechimi loyihalanganda ...?

a.ranglar majmuasi kompleks hal qilinadi

b.ranglar alohida-alohida, har bir predmet individual hal qilinadi

c.interyer devorlariga moslanadi

d.ranglar biror dominant rangga moslanadi
29.Qizil rang odam organizmiga qanday ta’sir qiladi?

a.asab tizimlarini qo’zg’atib, nafas olishni va tomir urishini tezlatib, muskullarni b.taranglashtiradi

c.barcha ranglar qatori ta’sir qiladi

d.boshqa sovuq ranglar bilan uyg’unlashganda kayfiyatni ko’taradi

asabni junbushga keltirib, bezovtalantiradi
30.Ko’k rang odam organizmiga qanday ta’sir qiladi?

a.ko’k rang asab tizimi faoliyatini susaytiradi

b.issiq ranglarga nisbatan ta’sirchanligi uncha sezilmaydi

c.boshqa ranglar uyg’unligida bo’lsa, ijobiy ta’sir qiladi

d.ko’k rang ko’tarinki kayfiyat bag’ishlaydi
31.Assimetriya iborasi qaysi qatorda to’g’ri berilgan ?

a.buyum bo’laklarining bir-biriga o’xshamasligi

b.rangtasvir ishlash

c.mutanosiblik, buyum bo’laklarining bir-biriga mos kelishi

d.qalamtasvir ishlash
32.Dinamik tasvirni aniqlang

a.harakatdagi tez o´zgaruvchan holat

b.harakatsiz, turg’un holat

c.qisqa muddatlarda ishlanadigan qalamtasvir

d.rakursdan ishlash
33.Simmetrik tasvirning ma’nosi

a.narsa yoki tasvirning ikki qismining bir-biriga aynan o´xshashi, mutanosibligi (muvozanatda ekanligi)

b.gorizontal tekislikka nisbatan tik chiziq

c.narsani ikki o´lchamini o´zgarishsiz ko’rinishi

d.bir-biriga qarama-qarshi ko’rinish
34.Masshtab qanday ko’rinishlarda ifodalanadi?

a.sonli va miqyosiy ko’rinishda

b.sonli va garmonik ko’rinishlarda

c.sonli va me’moriy chizma ko’rinishida

d.sonli va grafik ko’rinishlarda
35.Asosiy kompozisiya turlarini ko’rsating?

a.markazlashgan, frontal, chizikli, chukurlashgan xajmiy, aralashgan va murakkab

b.simmetrik, assimetrik va abstrakt

c.predmetli, rangli va kismli

d.markazlashgan, frontal va chuqurlashgan
36.Kompozisiya nima?

a.elementlar, kismlar va ranglarning joylashuv tartibi

b.elementlarning joylshuv tartibi

c.elementlar va kismlarning joylashuv tartibi

d.joylashuvdagi tartibiy qonun
37."Kompozisiya" so’zi nimani anglatadi?

a.bog’lash

b.tartib

c.tartibsizlik

d.bog’liqlik
38.Proporsiya nima?

a.lotincha «Uzaro mutanosiblik»degan ma’noni bildiradi.

b.«komponiyere» fransuzcha joylamoq, tuzmoq, yaratmoq degan ma’noni bildiradi

c.qora dog’li xolatda ko’rish.

d.qisqarishlarni xisobga olib chizilgan tasvir.
39. Tush nima ?

a.suyultirib ishlatiladigan qattiq qora siyoh

b.sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan maxsus yelimdan tayyorlangan tez quriydigan bo’yoq

c.pastasimon siyohning bir turi

d.yumshoq qora siyoh
40. «Planshet» asosan nima uchun xizmat qiladi?

a.qog’ozni tekis bo’lib turishiga, chizishda talabaga qulaylik yaratishga;

b.rangtasvir ishlashga;

c.qalamtasvir, kompozisiya ishlashga



d.qalam, ruchkalarni qo’yishga
Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling