Dizayn interfeysi va dasturlash


Download 0.54 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1763588
Bog'liq
Interfeys xatoliklari va ularga ishlov berish algoritmlarini ishlab chiqish va dastruiy vositasini yaratish.


Dizayn interfeysi va dasturlash.
Reja:

  1. Dizayn Interfeys turlari

  2. Foydalanuvchi interfeysi rivojlanish bosqichlari.



Dizayn Interfeys turlari
Dizayn interfeys turlari: buyruq qatorli interfeysi, matnli interfeys, grafik interfeys Bir nechta dizayn interfeyslari mavjud:
Buyruqlar satri interfeysi (Command Line Interface): foydalanuvchi buyruq satriga kompyuterning klaviaturasidan kirishni ta'minlaydi va tizim kompyuter monitorida matn kiritish imkonini beradi. Buyruqning interfeysi foydalanuvchi ekranda buyruqlar (ko'rsatmalar) kiritib, kompyuter tizimiga bevosita ta'sir o'tkazish imkonini beradi
Albatta, har qanday turdagi yo'l-yo'riqlarda bu mumkin emas, Chunki kompyuter muayyan so'zlar to'plamiga javob beradi.
Ushbu buyruqlar juda aniqdir, masalan, DOS(Disk Operating System)da quyidagilarni kiritishingiz mumkin(5.1.1.rasm):
copy c:\guruhlar.txt d:\

5.1.1.rasm DOSda copy buyrug’i

5.1.2.rasm. DOSda copy buyrug’idan natija
Mashinada C: drayverini ildizidagi guruhlar.txt faylini D:\diskining ildiz katalogiga nusxalash uchun(5.1.2.rasm)
Ushbu qo'shimcha parametrlar yoki buyruqqa qo'shimcha funksiyalarni qo'shadigan bayroqlar
Masalan: DIR katalog ro'yxatini beradi(5.1.3.rasm)

5.1.3.rasm. DOSda DIR buyrug’i
getmac buyrug’i(5.1.4.rasm.)

5.1.4.rasm. DOSda getmac buyrug’i
systeminfo - buyrug‘i haqida
Systeminfo tizim to‘g‘risida ma'lumot chiqarib beradi. Agar sizga kompyuterga tizim qachon o‘rnatilganligi, kompyuter necha soatdan beri ishlayotganligi, qaysi tarmoqqa ulanganligi va h.k ma'lumotlar kerak bo‘lsa shu buyruqni cmd konsolidan kiritasiz(5.1.5.rasm)

5.1.5.rasm. DOSda systeminfo
shutdown buyrug‘i
Kompyuterni o‘chirish va qayta yuklash uchun ishlatiladi. Shutdown buyrug‘i ayniqsa internetdan biron narsa ko‘chirayotgan bo‘lsangiz-u, lekin biron joyga ketayotgan bo‘lsangiz kompyuterga taymer qo‘yib qo‘ysangiz bo‘ladi. shutdown buyrug‘ini ishlatish uchun cmd.exeni ochasiz, va u yerga buyruqni yozasiz, lekin shutdownda qanday buyruqlar ishlatish mumkinligini bilish uchun quyidagi kodni kiritasiz. shutdown \?
-s - kompyuterni o‘chiradi
-r - kompyuterni qayta yuklaydi
-t - vaqt, ishni tugatishga qancha vaqt berilishini ko‘rsatadi. Sek
-a - buyruqni bekor qiladi
-c - mulohaza qo‘yadi
Shundoq qilib komyuterni o‘chirish uchun konsoldan, yoki "ПУСК-Выполнить"dan shutdown -s -t 3600 buyrug‘ini kiritib Enter tugmasini bosamiz va bizga quydagicha ekranimizda xabar chiqadi(5.1.6.rasm).

5.1.6.rasm. shutdown -s -t 3600 buyrug’i berilgandan keyingi holat.
Foydalanuvchi interfeysini loyihalash bosqichlari:
-Talablarni yig’ish;
-Interfeysni loyohalash;
-Interfeys dizaynini yaratish;
-Interfeysni yaratish;
Talablarni yig’ish bosqichi:
-Loyiha ko’rinishi (vision);
-Personajlarni tavsiflash;
-Aloqa ssenariylai (connection);
-Funksionallik ro’yhati (user stories);
-O’ziga xos xususiyatlari (specification);
Interfeysni loyihalash:
-Loyiha xaritasi;
-Aloqa diagrammasi;
-Sahifalarning tuzilish sxemasi (wirefram);

5.1.6.rasm. Foydalanuvchining ro’yxatdan o’tish jarayoni.
Dizayn:
-Sahifa dizayni;
-Interfeys stili bo’yicha qo’llanma;
-Interaktiv prototip;
-Taqdimot;

5.1.7.rasm.O’yin sahifa dizayni interfeysi.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling