Dizayn san’atini o’qitish usullari Каландарова Каромат annotatsiya
Download 0.94 Mb.
|
34-84-Dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar tahlili 1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimi sohasidagi ishlar, xorijiy investitsiyalar va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi muammolari.
- 1. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi.
- 2. Umumiy o’rta ta’lim.
- 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.
- « Birinchidan
- « To’rtinchidan
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi. Asosiy e’tibor mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining xususiyatlari tahlili asosida tashkiliy pedagogik jixatlarini o’rganish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash, umumiy o’rta ta’lim jarayonida ko’zda tutilgan ishlar mazmunini takomillashtirish vazifalarini hal qilish ko’zda tutilgan. Mazkur muammoni o’rganish jarayonida izlanish obyekti va predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi umumta’limga oid tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv maqsadlari elementlari olindi. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarni yetkazilishini aniqlash va o’quvchilarga o’rgatish xamda texnologik tarbiya berishdan iborat. Mundarija Kirish………................................................................................................. Adabiyotlar tahlili..................................................................................................
1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimi sohasidagi ishlar, xorijiy investitsiyalar va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi muammolari……………………………… 2. Texnologik tarbiya masalalari......................................................................... 3. O’quvchilarni kasbga yo’llashda texnologik tarbiya ishlarini tashkil etish...... 4. «Texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bo’limi» bo’yicha o’quv amaliyoti...................................................................................................... Xulosa................................................................................................................. 6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati................................................................... 7.Internet materiallari........................................................................................
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishda umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga erkin va mustaqil moslashuvining amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir o’quvchiga oid xususiyatlarini hisobga olish, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish o’rni bilan to’laqonli ta’minlash zarurati kabi motivlarni e’tiborda tutish lozim. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish sohasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga extiyoj tug’ilmoqda. Mazkur malaka ishi mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish borasidagi masalalar yechimini topishga qaratilgan. Asosiy e’tibor mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining xususiyatlari tahlili asosida tashkiliy pedagogik jixatlarini o’rganish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash, umumiy o’rta ta’lim jarayonida ko’zda tutilgan ishlar mazmunini takomillashtirish vazifalarini hal qilish ko’zda tutilgan. Mazkur muammoni o’rganish jarayonida izlanish obyekti va predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi. Malaka ishining izlanish obyekti. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi o’quvchilarning kasb egallashiga oid faoliyatlarini olindi. Malaka ishining izlanish predmeti. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi umumta’limga oid tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv maqsadlari elementlari olindi.
- texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va kasb tanlashga yo’llash xamda texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari mazmuni aniqlansa; -ushbu mazmunni DTS asosida tanlansa; -mashg’ulotlarni o’tish uslublari yangi pedagogik texnologiyalarga asoslansa; -texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va kasb tanlashga yo’llash xamda texnologik tarbiya berish mashg’ulotlarida o’quvchilarni kasb egallashlariga yetarli sharoit yaratib berilsa.
Mustaqillik yillarida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) asosida uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim quyidagi yo’nalishlari hayotga tatbiq etildi: maktabgacha ta’lim. umumiy o’rta ta’lim. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. oliy ta’lim. oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Maktabdan tashqari ta’lim. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi intellektual jihatdan yuksak salohiyatli avlodni kamol toptirishga xizmat qilmoqda. 1. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi. Bu yo’nalish xalq ta’limi tizimining dastlabki bo’g’ini hisoblanadi. Unda 2 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar tarbiyalanishiga e’tibor beriladi. maktabgacha ta’lim muassasalarining ommaviy turidan tashqari sog’lomlashtirish, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan maxsus turlari ham barpo etildi. Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha maktabgacha ta’lim muassasalari soni 6135 tani tashkil etib, ularga 508235 nafar (20,4 foiz) bola qamrab olingan. Maktabgacha ta’lim tizimida noan’anaviy maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’i ham kengayib, qisqa muddatli guruhlar soni 1536 tani, savodxonlik markazlari 977 tani, yakshanba maktablari 1249 tani tashkil etmoqda. Yurtimizda 80 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritib, ularga 3281 nafar bola qamrab olingan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy himoyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish bilan sog’liqlarini tiklash uchun 194 ta maxsus turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda.
- boshlang’ich ta’lim (I-IV sinflar) - umumiy o’rta ta’lim (I-IX sinflar) Birgina xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari 15774 tani tashkil etadi. 3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. O’rta maxsus ta’lim muassasalarining kadrlar bilan ta’minlangani 1991 yilda: pedagoglar va muhandis-pedagoglar umumiy soni - 25540 nafar. shundan fan doktori, fan nomzodlari-186 nafar, oliy ma’lumotli o’qituvchilar – 19767 nafar. O’rta maxsus ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassisliklar umumiy soni 156 ta, hunar-texnika bilim yurtlariga qamrab olingan o’qituvchilar umumiy soni 17562 nafar edi. 2010 yilga kelib, yurtimizdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey, kasb-hunar kollejlari) soni 1536 ta. shundan zamonaviy tipdagisi 1413 ta; moslashtirilgani 123 ta, akademik litseylar soni – 142 ta, kasb-hunar kollejlari soni – 1394 ta. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagog va muhandis-pedagoglarning umumiy soni 111881 nafar. shundan fan doktorlari - 96 nafar, fan nomzodlari - 1105 nafar, oliy ma’lumotli o’qituvchilar - 101545 nafar. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitilayotgan kasblarning umumiy soni - 251 ta. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qamrab olingan o’quvchilarning umumiy soni - 1036104 nafar. O’tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo’yicha miqyosi va ko’lamiga ko’ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruktsiya qilindi va zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O’quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo’yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. DTSlarini yanada takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha ham yuqorida zikr etilgan dasturda aniq chora-tadbirlar belgilangan. Yaqin 5 yil ichida oliy ta’lim muassasalari uchun fan va texnologiyalarning eng so’nggi yutuqlaridan foydalangan holda 400 ta yangi darslik, 800 ta o’quv-uslubiy qo’llanma yaratiladi. Bularga qo’shimcha tarzda yaratiladigan 6 mingdan ziyod o’quv-metodik komplekslar oliy ta’lim jarayoniga mulьtimediya o’quv vositalari hamda masofadan turib o’qitish usullarini joriy etish imkonini bermoqda. 2011-2012 o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo’yilmoqda: 1) ular zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalarini; 2) xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o’quv dasturlarini har bir ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish ko’zda tutilgan. Talabalarning xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta’lim muassasalari uchun bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompьyuter tarmog’i ishga tushiriladi. Yuqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda xorijdagi ta’lim muassasalari bilan aloqa bog’lash, video-konferentsiyalar o’tkazish mumkin bo’ladi. 2011 yilda umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, xalq ta’limi tizimida o’quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o’quvchiga mo’ljallangan 166 ta yangi maktab qurilib, rekonstruktsiya qilingan. 151 ta maktabda kapital ta’mirlash ishlari belgilangan muddatda va sifatli bajarilgan. Ta’lim muassasalarida qurilish-tiklash ishlari sarhisob qilinib, 2012 yilda bu borada amalga oshirilishi ko’zda tutilgan ishlar belgilangan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 22 sentyabrdagi PQ-1620-sonli qarori bilan 2012 yilda jami 349 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, ushbu maqsadlarga jami 155,3 milliard so’m mablag’ ajratish ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, uy-joy massivlari hududida respublika bo’yicha jami 14 ta umumta’lim maktabining (12,3 milliard so’m) yangidan qurilishi ham rejalashtirilgan. Mamlakatimizdagi 852 ta maktabda zamonaviy o’quv kompyuter sinflari tashkil etilib, 9 ming 400 dan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNET elektron axborot tarmog’iga ulangan. Bu o’z navbatida o’quvchilarni internet tarmog’idagi turli buzg’unchi g’oyalardan himoya qilish imkonini beradi. Xalq ta’limi tizimi uchun hukumatimiz tomonidan 2000 yilda byudjetdan 168 milliard 660 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatkich 3,3 trillion so’mni tashkil etgan (qariyb 20 barobar ortgan). 2011 yilda esa tizimga 4,2 trillion so’m ajratildi, ya’ni bu miqdor o’tgan yilga nisbatan ham 28 foiz ko’p demakdir. Ustoz va murabbiylar mehnatini munosib rag’batlantirishga yo’naltirilayotgan direktor jamg’armasi uchun ajratilayotgan mablag’lar ham yildan-yilga muttasil oshib bormoqda. SHuningdek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlash hamda xalq ta’limi tizimida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2011 yilda 16,3 milliard so’m byudjetdan tashqari mablag’ topish rejalashtirilgan bo’lib, mazkur reja amalda 20,9 milliard so’m (128,0 foiz)ga bajarilgan. Ushbu ko’rsatkich 2010 yilning shu davriga nisbatan 8,3 milliard so’m (165,8 foiz)ga ko’pdir. 2012 yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini mazmunan boyitish, bunda rahbar-xodimlar mas’uliyatini oshirish lozim bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini xalq ta’limi tizimida o’rganishni tashkil etish va unda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini qat’iy nazoratga olish, davlat pedagogika institutlari, A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish institutida va barcha hududiy malaka oshirish institutlari pedagogik jamoasi, tinglovchi va talabalari uchun maxsus fakultativ o’quv kursi dasturini tayyorlash va o’quv jarayoniga joriy etish vazifalari yuklatildi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 26, 27, 28, 30-moddalari talablariga asosan, umumiy o’rta ta’lim maktablari hududida yashovchi maktab yoshidagi bolalarni ta’lim muassasalariga to’liq jalb etish bo’yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga mahalliy hokimliklar, mahalla kengashlari hamda ota-onalar hamkorligi zarur. Jahon hamjamiyati bugungi kunda boshidan kechirayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo’ladi. SHunga ko’ra, biz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Bu boradagi chora-tadbirlar Prezidentimiz I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarlarida keng va batafsil bayon qilib berilgan. Asarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmun-mohiyati, namoyon bo’lish shakllari, kelib chiqish sabablari, uning O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri, mazkur inqiroz oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar bayon qilib berilgan. SHuningdek, mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g’oyat murakkab va og’ir bo’lishiga qaramay 2008 yilda erishilgan ijobiy natija va yutuqlar baholanib, respublikamizdagi iqtisodiy salohiyatdan yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari ko’rsatib berilgan. Asarda O’zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li sifatida 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo’nalishlari belgilab berilgan: 1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo’yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash; 2) tarkibiy o’zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga oshirish; 3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o’rni va ahamiyatini tubdan qayta ko’rib chiqishga, fermer xo’jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, o’zaro chuqur bog’langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish; 4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko’rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish; 5) mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish; 6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag’batlantirish. Prezidentimiz o’z asarlarida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Ya’ni, «Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko’lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi o’z tasdig’ini topmoqda». Keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo savdosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi, 1996 yilda rivojlangan mamlakatlar hissasiga 46,2 mlrd. dollar hajmdagi ijobiy tashqi savdo savdosi to’g’ri kelgan bo’lsa, 2007 yilga kelib bu ko’rsatkich 798,8 mlrd. dollar hajmdagi salbiy savdoni, ya’ni taqchillikni tashkil qilgan. Aksincha, bu davrda rivojlanayotgan mamlakatlarda butunlay teskari manzara kuzatilib, ularning 87,5 mlrd. doll. hajmdagi salbiy tashqi savdo savdosi 509,7 mlrd. doll. hajmdagi ijobiy tashqi savdo savdosiga aylangan. Jahon iqtisodiyotida kuzatilgan bunday nomutanosiblik holatlari, ya’ni rivojlanayotgan mamlakatlar savdo balansida ijobiy savdo o’sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo balansidagi yirik miqdordagi taqchillikning vujudga kelishi dunyo mamlakatlari valyuta zaxiralarining o’zgarishiga olib keldi. Xususan, keyingi yillarda Xitoy, Yaponiya, Yaqin SHarq mamlakatlari valyuta zaxiralari keskin o’sdi. Ma’lumotlarga ko’ra, so’nggi paytlarda xalqaro valyuta zaxiralarining 3,4 trln. dollari, ya’ni jami zaxiralarning qariyib 59% Osiyoning 10 ta yirik mamlakati hissasiga to’g’ri kelmoqda. Prezidentimiz o’z asarlarida moliyaviy inqiroz holati va uning ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarga doir fikrlarini davom ettirib, navbatdagi xulosani ta’kidlab o’tdilar: «Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko’rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o’z korporativ manfaatlarini ko’zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog’ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo’qligini ham tasdiqladi». Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida kelib chiqqan quyidagi uchinchi xulosani ta’kidlab o’tdilar: «Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko’lami va oqibatlari qanday bo’lishi ko’p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog’liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to’lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada – mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog’liq». Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan to’rtinchi xulosani quyidagicha bayon etdilar: «To’rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq». SHuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: - ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi; - davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq belgilab olinganligi; - O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi; - oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; - aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; - davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi. Hozir O’zbekistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 13,3% ni tashkil etmoqda, eksport hajmiga nisbatan esa 31% dan oshmaydi. Bu o’z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to’lov qobiliyatga egaligini ifodalaydi.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling