Dizel dvigatellari ta’minlash tizimining rivojlanish istiqbollari qayumov Baxrom Abdullajonovich t f. f d., dotsent Andijon mashinasozlik instituti Andijon shaxar


Download 213.5 Kb.
bet1/2
Sana15.09.2023
Hajmi213.5 Kb.
#1678752
  1   2
Bog'liq
Qayumov B, Mirzaxamdamov J


DIZEL DVIGATELLARI TA’MINLASH TIZIMINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI


Qayumov Baxrom Abdullajonovich t.f.f.d., dotsent
Andijon mashinasozlik instituti Andijon shaxar O‘zbekiston
Mirzaxamdamov Jasurbek Qubijon o‘g‘li Stajyor-tadqiqotchi
Andijon mashinasozlik instituti Andijon shaxar O‘zbekiston
Dizel dvigatelarda hozirgi paytda turbokompressor va interkulerli turbokompressor keng qo’llanilmoqda. Turbokompressor orqali silindr ichiga havo haydaladi. Turbokompressorning trubinasi parraklarini ishlatilgan gazlar aylantiradi. Trubina parraklari bilan kompressor parraklari bitta o’qda joylashganligi uchun biri aylansa ikkinchisi ham aylanadi va havoni bosim ostida silindr ichiga haydaydi.
Hozirda ekologik talablarning kuchayishi natijasida yangi yoqilg’ini purkash tizimlari yaratildi. Shulardan biri “Common Rail” yoqilg’ini sepish tizimidir. Bu tizim Germaniyaning etuk avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarda (MAN, VMW, Audi, Mersedes-Bens) keng qo’llanilmoqda.[1]



1-rasm. Pezoelementli forsunka

2-rasm. Forsunkaning tuzilishi.
Common Rail sepish texnikasini qo’llash dvigatelning ishiga sezilar-li darajada ta’sir qiladi, jumladan:

  • ishlashdagi shovqini kamayadi,

  • ishlatilgan gazlarning zararliligi kamayadi,

  • massasi kamayadi, - o’lchamlari kichrayadi.

Eng katta burovchi moment tirsakli valining kichik burchak tezligida bo’ladi.
Bu tizimdagi yangilik shundaki, mavjud forsunkalardan farqli o’la-roq Common Rail sepish tizimidagi forsunka pezoelement bilan jihoz-langan, shuning uchun forsunkadagi harakatlanuvchi massa 75% ga kamaygan va uning ishlash tezligi 4 baravar yuqori.
Yuqoridagi 1 va 2-rasmlarda forsunka tuzilishi keltirilgan.
Forsunkaning ishini elektron boshqarish bloki boshqaradi. Elektro-magnitli klapandagi sharik elektromagnit ishga tushganda yuqori bosimli kanalni ochadi. Natijada forsunka ignasi ketidagi bosim kamayadi, igna ko’tariladi va yoqilg’i yonish kamerasiga 160 atm bosim bilan sepiladi.
Elektromagnit klapani ishlamaganda sharik yuqori bosim kanalini berkitadi, igna ortidagi bosim ortadi va u yopiladi, yonilg’ini sepish to’xtaydi.


Download 213.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling