Dizel yoqilg‘isi va mineral moylarning quyi haroratli xossalarini yaxshilaydigan prisadkalarni sintez qilish hamda qonuniyatlarini o‘rganish
Download 330.96 Kb. Pdf ko'rish
|
2166-Article Text-4471-1-10-20211226
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Dizel yoqilg‘isi va mineral moylarning quyi haroratli xossalarini yaxshilaydigan prisadkalarni sintez qilish hamda qonuniyatlarini o‘rganish Anora Fayzullayevna G‘aybullaeva Sadriddin Fayzullayevich Fozilov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Annotatsiya: Dizel yoqilg‘ilar (DYO) va mineral moylar (MM) uchun depressorli qo‘ndirmani ishlab chiqishda asosiy komponent sifatida tavsiflari TU 38.401.1059-97 ga to‘g‘ri keladigan etilenning propilen bilan (EP) past molekulyar statik sopolimeri tanlandi. EPni tanlash qo‘yidagi sabablar bilan shartlangan: birinchidan, EP- doimiy iste’molchisiga ega bo‘lmagan, etilen-propilenli kauchukni sanoat ishlab chiqarilishida hosil bo‘ladigan, mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon mahsulotdir Kalit so’zlar: Yoqilg’i, qo’ndirma, depressor, sopolimer, propilen Synthesis and study of the properties of additives that improve the low-temperature properties of diesel fuel and mineral oils Anora Fayzullayevna G‘aybullaeva Sadriddin Fayzullayevich Fozilov Bukhara institute of engineering technology Abstract: A low molecular weight static copolymer of ethylene with propylene (EP) whose characteristics correspond to TU 38.401.1059-97 was selected as a key component in the development of a depressant compound for diesel fuels (DYO) and mineral oils (MM). The choice of EP is due to the following reasons: first, EP is a cheap domestic product, which is produced in the industrial production of ethylene- propylene rubber, which does not have a regular consumer. Keywords: Fuel, additive, depressor, copolymer, propylene Dunyoda so‘ngi yillarda kuzatilayotgan energoresurslarning o‘sib borayotgan tanqisligi an’anaviy issiqlik tashuvchilarga yanada tejamliroq bo‘lishga va mahalliy resurslar asosida yoqilg‘ining noan’anaviy energiyani tejaydigan turlarini izlashga majbur qiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan keyin neft va gaz sanoati sohasi ham jadal sur’atlarda taraqqiy etib, ishlab chiqarilayotgan neft va gaz "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 December 2021 / Volume 2 Issue 12 www.openscience.uz 279 mahsulotlari nafaqat miqdor jihatdan ko‘paytirish, balki ular asosida yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlanashni taqazo qiladi. Dizel yoqilg‘ilar (DYO) va mineral moylar (MM) uchun depressorli qo‘ndirmani ishlab chiqishda asosiy komponent sifatida tavsiflari TU 38.401.1059-97 ga to‘g‘ri keladigan etilenning propilen bilan (EP) past molekulyar statik sopolimeri tanlandi. EPni tanlash qo‘yidagi sabablar bilan shartlangan: birinchidan, EP- doimiy iste’molchisiga ega bo‘lmagan, etilen-propilenli kauchukni sanoat ishlab chiqarilishida hosil bo‘ladigan, mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon mahsulotdir. Ikkinchidan, adabiyotlar ma’lumotlari taxlili shundan dalolat beradiki, ma’lum fizik- kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan etilenning propilen bilan sopolimerlari MMda depressorli va qovushqoqli qo‘ndirmalar effektini namoyon qilishi mumkin. Uchinchidan, tanlangan sopolimerning molekulyar massasi kichikligini (2000 -5000) nazarda tutib faraz qilish mumkinki, u odatda MMda qo‘llaniladigan qo‘ndirmalar paketi bilan yaxshi mos keladi va mustaxkam sistemani hosil qilib neft mahsulotlarida yaxshi eriydi. Avvalroq aniqlangan ediki, EPni modifikatsiyalanmagan holda DYO ga qo‘ndirma sifatida qo‘llash mumkin emas, chunki u DYOda hatto kichik konsentratsiyalarda (0,025% mass.) DYOning filtrlanuvchanlik koeffitsientini ancha oshiradi (me’yor 3 dan ko‘p bo‘lmaganda 10 dan ortiq bo‘lgan qiymatlargacha) [1]. EP sopolimeri DYO va MM ga qo‘ndirma sifatida dastlabki tekshirishlari shuni ko‘rsatdiki, tarkibiga EP kiradigan yoqilg‘ili ham, moyli ham kompozitsiyalar hatto xona haroratida 1,5-2 oy o‘tgandan keyin oson qatlamga ajraladi. Bu kamchiliklarning DYO da yuqori depressorli samaradorligiga qaramasdan ular DYOning filtrlanuvchanlik koeffitsentini oshirish qobiliyatiga ega ekanligini hisobga olib mazkur ishda EP asosida kompozitsion qo‘ndirma ishlab chiqildi, uning tarkibiga qo‘ndirmaga SFM xossalarni bag‘ishlaydigan va unga termodinamik mustahkamlikni ta’minlaydigan dispersiyalovchi agent ham, aromatik erituvchi ham kiradi [2]. Kompozitsiyani olishni optimal sharoitlarini aniqlash maqsadida qo‘ndirma barqarorligining uni olish sharoiti (harorati, vaqti va komponentlarning o‘zaro nisbati)ga bog‘liqligi tekshirishlari o‘tkazildi. Qo‘ndirma barqarorligi bir yil davomida 0 0 S da saqlash jarayonida qatlamga ajralish qobiliyati bo‘yicha vizual baholandi. Optimal sharoitlar deganda shunday sharoitlar tushuniladiki, qaysikim ular xomashyo komponentlari va energiya resurslarining minimal sarflarida DYO va MM da maksimal samaradorlikni namoyon qiladigan barqaror kompozitsion qo‘ndirmani olishni ta’minlash. Tekshirishlar davomida shu narsa aniqlanganki, EP ning MM va DYO bilan mos keluvchanligini yaxshilash va EP ning yoqilg‘ili va moyli sistemasi barqarorligini oshirish uchun 0 0 S haroratda erituvchi sifatida 15-20% mass. miqdoridagi toluolni qo‘llash kerak (1- jadval, 1-rasm) ekan. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 December 2021 / Volume 2 Issue 12 www.openscience.uz 280 Surat-DYO uchun natijalar, maxraj-MM uchun, EP ning DYO da miqdori - 0,05% mass, MM da-2 % mass., kospozitsiyani saqlash harorati - 0 0 S *)+ - qatlamlanish yo‘q, (-) -sistema qatlamlanadi. 1-rasm. Yoqilg‘i va moylar barqarorligining kompozitsion qo‘ndirma tarkibiga bog‘liqligi 1-jadval EP bilan yoqilg‘ili va moyli kompozitsiya barqarorligining sistemadagi toluol miqdoriga bog‘liqligi T/r № Toluol miqdori, % mass Barqaror yoqilg‘ilar/ moyli kompozitsiya Qatlamlanish vaqti, oylar 1 0 -/- 0,5/1 2 5 -/- 3/4 3 10 -/- 5/7 4 15 -/+ 8/12 5 20 +/+ 12/12 6 25 +/+ 12/12 7 30 +/+ 12/12 8 50 +/+ 12/12 1-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, 0,05% mass. EP ni saqlagan DYO 0 0 S da saqlashdan keyin, yoqilg‘ili hamda moyli sistemaga erituvchi- toluolni kiritish tekshirilayotgan neft mahsulotlarida EP eruvchanligini oshiradi va sistemalar barqarorligi ham oshadi. 12 oy davomida qatlamga ajralmaydigan EP bilan yoqilg‘i kompozitsiyasini olish uchun unga kamda 20% mass toluol, moyiga esa - 15% mass toluolni kiritish zarur. Qo‘ndirmali DYO ning sedimetatsion mustahkamligini oshirish uchun etakchi firmalar depressorni n-parafinlarning dipergatorlari bilan birga qo‘llashni taklif qilayotganini hisobga olib mazkur ishda ishlab chiqarilayotgan kompozitsion qo‘ndirma samaradorligi va bu qo‘ndirmali DYO va MM barqarorligining kompozitsiya tarkibida dispersiyalovchi qo‘shimcha miqdoriga bog‘likligi tekshirildi[3]. Dispersiyalovchi qo‘shimcha sifatida qutbli suksinimid qo‘llanildi. (S- "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 December 2021 / Volume 2 Issue 12 www.openscience.uz 281 5A qo‘ndirmasi-motor moylari uchun dispergator). 2-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, S-5Ani 5 % mass.dan 30 % mass.gacha konsentratsiyada EP va toluolning saqlagan yoqilg‘i va moyli kompozitsiyaga kiritish ularning barqarorligini buzmadi: yoqilg‘i kompozitsiyasi ham, moyli kompozitsiya ham bir yil davomida qatlamga ajralmadi. 2-jadval EP va toluol bilan yoqilg‘i va moyli kompozitsiyalar barqarorligining ularda S-5A miqdoriga bog‘liqligi T/r № Qo‘ndirmada S-5A konsentratsiyasi, % mass kompozitsiya barqarorligi Qatlamlanish vaqti, oylar 1 0 +/+ 12 2 5 +/+ 12 3 10 +/+ 12 4 15 +/+ 12 5 20 +/+ 12 6 25 +/+ 12 *) Surat-yoqilg‘i kompozitsiyasi uchun natijalar; maxraj-moyli uchun DYO uchun qo‘ndirmada toluol miqdori-20 % mass; MM uchun - 15% mass. DYO da qo‘ndirma konsentratsiyasi-0,05 % mass. MMda - 2% mass. DYO va qo‘ndirmali MMni saqlash harorati-0 0 S Shunday qilib, 0 0 S saqlash sharoitida DYO va MMning kompozitsion qo‘ndirma bilan barqarorligi saqlanishini ta’minlaydigan bu qo‘ndirmani olish uchun qo‘yidagilar bo‘lishi zarur: DYO uchun kompozitsiya 50 dan 75% mass.gacha EPni, 20% mass.toluolni va 5 dan 30% mass.gacha S-5Ani saqlashi kerak; MM uchun kompozitsiyasi esa-55 dan 80 % mass.gacha EPni, 15% toluolni va 5 dan 30% mass.gacha S-5Ani saqlash kerak. Ko‘rsatilgan tarkibli kompozitsiyalar komponentlarini 50-55 0 S haroratda aralashtirish yo‘li bilan tayyorlash mumkin. Kompozitsion qo‘ndirmani tayyorlashning ko‘rsatilgan harorat intervali EP ning bu haroratlarda yuqori qovushqoqli holatdan oquvchanga o‘tish qobiliyatidan kelib chiqib tanlangan qo‘ndirmani tayyorlash vaqtini bir jinsli barqaror kompozitsiyani olishdan kelib chiqib tanlandi. Qo‘ndirmaning optimal tarkibini, shu jumladan unda S-5A miqdorini, uning DYO va MMda samaradorligini baholashdan keyingina aniqlash mumkin. Download 330.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling