Djabbarov Ulug`bek Sana: 12/09/19 Sinf: 6 Fan nomi
Download 45.5 Kb.
|
Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning texnologik xaritasi T/r
- Yangi mavzuni mustahkamlash
- O’quvchilarni baholash
Djabbarov Ulug`bek Sana: 12/09/19 Sinf: 6 Fan nomi : Biologiya Darsning mavzusi: Gulli o’simliklarning hayotiy shakllari Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: O`quvchilarga o‘simliklarning hayotiy shakllari to`g`risida nazariy bilim berish. Tabiat bilan munosabatda o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda belgilay olish, O‘simliklarning hayotiy shakllarini farqlay oladi, tashqi muhit o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunadi va izohlay olish kompetensiya elementlarini yanda rivojlantirish. b)tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni atrof-muhitga oqilona munosabatda bo`lishga o`rgatish, ona tabiatga, o`simliklar dunyosiga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, gigiyenik, ekologik ma`daniyat kabi umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish. c)rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil o`qib o`rganish, erkin fikrlash, o`z fikrlarini asoslab berish ko`nikmalarini shakllantirish. O`z bilimini mustaqil ravishda oshirib borish kompetensiyalarini rivojlantirish Dars turi: Aralash. Dars metodi: Savol-javob, klaster Darsda foydalaniladigan jihozlar: Tarqatma materiallar,darslik,mavzuga oid plakat. Darsning texnologik xaritasi
Yangi mavzu 0‘simliklaming tashqi muhitga har xil shaklda mosla-shishi hayotiy shakl deyiladi. Gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlarga bo‘linadi.
Tabiiy holda o‘sadigan daraxtlar sharoitga qarab bir- biridan keskin farq qiladi. Tog‘laming o‘rta qismidagi archa bo‘ydor bo‘lib o‘ssa, eng balandliklardagisi esa yerdan 0,5- 1 m ko‘tariladi, xolos. Bu hol o‘simliklami doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi. Butalar - bir nechta yog‘ochlashgan poya - tanaga ega ko‘p yillik o‘simliklar. Ildizdagi qo‘shimcha kur- taklardan yangi yosh novdalar o‘sib chiqadi. Bularga irg‘ay, singirtak, na’matak, zirk, bodomcha, uchqat, anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o‘simliklami misol qilib keltirish mumkin. Yarimbutalar poyasining pastki qismi yog‘ochlashgan, yuqori yashil qismini qishda sovuq urib ketadigan ko‘p yillik o‘simliklardir. Cho‘llarda keng tarqalgan o‘simliklardan izen, keyreuk, teresken, sarsazan va shuvoq kabilar shular jumlasidandir . Ko‘p yilik o‘tlar - yerusti qismi qishda qurib, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan o‘simliklar. Bularga beda, ajriq, g‘umay, sachratqi, piskom piyozi, kiyiko‘t, sal- lagul, qoqio‘t, shirinmiya, iloq, lola, qamish, andiz, yalpiz, kovrak, gulsafsar singari o‘simliklar kiradi. Ikki yillik o‘tlar - birinchi yili urug‘dan ko‘karib chiqib, vegetativ organlar hosil qiladigan, ildizi va barglarida oziq moddalar to‘playdigan o‘simliklar. Ular ikkinchi yili gullab meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg‘om, sigirquyruq va boshqalar kiradi. Bir yillik o‘tlar bir yil ichida urug‘dan unib chiqadi, o‘sadi, gullaydi va meva tugib, o‘z hayotini tugatadi Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan madaniy o‘simliklaming juda ko‘pchiligi bir yillik o‘simliklardir. Bularga g‘o‘za,bug‘doy, arpa, zig‘ir, yeryong‘oq, mosh, no‘xat, sholi, po- midor, qalampir, qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar ki- radi. Bir yillik o‘tlar orasida juda mayda, yer yuzidan 5- 20 sm ko‘tarilib o‘sadigan momaqaltiroq, qo‘ytikan kabilarni, bo‘yi 1 m dan ham oshadigan kanakunjut, makkajo‘xori hamda kanopga o‘xshash o'simliklami ham ko‘plab uchra- tish mumkin. Shunday qilib, gulli o‘simliklar hayotiy shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, ko‘p yillik, ikki va bir yillik o‘tlardan tashkil topgan. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1.Daraxtlar, butalar, yarimbutalar ko‘p yillik o‘tlardan nimasi bilan farq qiladi? 2.Yarimbutalarga xos qanday belgilami bilasiz? 3.Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘simliklarga misol keltiring. Ulami madaniy o‘simlik deyish mumkinmi? Nima uchun?. O’quvchilarni baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi Uyga vazifa: Mavzuni o`qib konspektlashtirish. Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling