Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining
Download 0.84 Mb.
|
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish Muddatlari Ekish me’yorlari kg/ga O‘simlikning bo‘yi, sm
- 1000 dona don og‘irligi, g
4.2.1-jadval
Ekish muddat va me’yorlarining qushqo’nmasning biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri (vegetatsiya davri oxirida)
Barg yuzasining ortishi juda tez sodir bo‘ladigan (tup qalinligi yuqori) bo‘lsa xo‘jalik jihatdan qimmatli urug‘larning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘g‘itlash va sug‘orish bir paytda amalga oshirilganda o‘sish jarayonlarini shunday kuchaytiradiki, natijada barglar yuzasi optimal ko‘rsatkichdan yuqori bo‘ladi. Bu xol yorug‘lik rejimining buzilishiga, generativ organlar rivojlanishining sekinlashishiga sabab bo‘ladi. Yuqori hosil olish uchun namlik muxim axamiyatga ega bo‘lib, bu ayniqsa o‘simlikning shiddat bilan o‘sishiga, barg yuzasining optimal kattalikdan xam oshib ketishiga, o‘simliklarning yotib kolishiga, fotosintez jarayoni ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Ekinzordagi hosil va uning sifati o‘suv davridagi fotosintetik tizimning faoliyatiga ko‘p jixatdan bog‘liq. Qushqo’nmas hosildorligi har doim xam barg maydoniga bog‘lik bo‘lmaydi, chunki barg maydoni me’yordan ortiqcha bo‘lsa o‘simlikning pastki qismidagi barglar sarg‘ayadi va o‘simlik fotosintetik faoliyati pasayadi. Barg yuzasi kam bo‘lganda kuyosh yorug‘ligidan foydalanish samaradorligi past bo‘ladi. Fotosintetik potensial o‘simlikning qalinligiga bog‘lik deb ta’kidlaydi I.S.Shatilov. Ekinlar juda qalin bo‘lsa bir-biriga soya qilib barglari muddatidan oldin sargayib o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ladi yoki yotib qoladi. Tajriba maydonimizda may oyining 3 dekadasi boshlariga kelib o‘simliklarda generativ davr ya’ni g‘unchalash fazasi boshlandi. Tadqiqot davomida, o‘simliklarning yalpi gullash fazasi 10-15 iyungacha davom etib, o‘simlikda bu faza o‘rtacha 13-15 kun davom etishi aniqlandi. Bu davrda o‘simliklarning balandligi 45-50 sm ni tashkil qildi. Qushqo’nmasning gullash dinamikasi ob-havoga bog‘liq bo‘lib, iyun-iyul oylarida, bitta o‘simlikda birin-ketin 30-31 kun davomida ochila boshladi. Shunday qilib, gullash jarayoni ob-havoga bog‘liq bo‘lib, havo haroratining ko‘tarilishi va nisbiy namlikning pasayishi bilan ochilgan gullar soni ko‘payib bordi. Havo haroratining 4-5 oC ga pasayishi va nisbiy namlikning ko‘tarilishi ochilgan gullar soni kamayishiga sabab bo‘ldi. Gullarga asosan arilar, pashshalar, kapalaklar ko‘proq qo‘nadi va entomofil changlanish vujudga keladi. G‘unchalash va gullash fazalari ob-havo sharoitiga qarab 35-45 kunni tashkil etdi. G‘unchalash 15-20 kun, gullash 20-25 kun davom etdi. O‘simlikda barglar soni o‘rtacha 25-35ta bo‘lib, asosiy ildiz uzunligi o‘rtacha 15-20 sm va o‘rtacha 6-8 tagacha ikkinchi va uchinchi tartibdagi yon ildizlardan iborat bo‘ladi. Tajribalardagi mahsuldorlik har bir oʻsimlik uchun alohida o’rganildi. Yaxshi rivojlangan oʻsimlik 100tagacha va undan ortiq urugʻ hosil qildi. 1000 dona urug‘ning o‘rtacha og‘irligi 50 gr ni tashkil qildi. Olingan dastlabki natijalardan xulosa qilish mumkinki, mazkur dorivor o‘simlikni respublikamiz sharoitida ko‘paytirish orqali sifatli xomashyo olish imkoni mavjud. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling