Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet26/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

IV. TADQIQOT NATIJALARI
4.1. Tajriba maydonida qushqo’nmas o‘simligi ko‘chatlarining o‘sishi va rivojlanishi.
Bizning tajribalarimiz Andijon viloyati Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnalogiyalari instituti tajriba maydoni, Marhamat tumani o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida olib borildi. Yetishtirilgan mahsulotni qayta ishlash “Sifat agro servis” MChJ sexi va Andijon Davlat Universiteti ilmiy laboratoriyasida tadqiq qilindi. Tajribani o‘tkazishdan maqsad Andijon viloyatida o’tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida dorivor qushqo’nmas o‘simligi bioekologik xususiyatlari va o‘sib rivojlanishini o‘rganish asosida qushqo’nmas o‘simligini ekish muddati va me’yorlarini o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va urug‘ hosildorligiga ta’siri samaradorligini aniqlash hamda intensiv usulda sanoatbop don xosili olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
Qushqo’nmas o‘simligi urug‘idan ko‘payadi. Qushqo’nmas ekiladigan yerlarni kuzda shudgor qilishdan oldin chirigan go‘ng va fosfor o‘g‘iti bilan ozqlantirib 35-40 sm chuqurlikda haydab qo‘yildi. Erta bahorda yerlarni begona o‘tlardan tozalandi. Yerlarni tekislash maqsadida uni ikki qatorli borona bilan ishlab va mola bilan tekislab urug‘ ekishga tayyorlandi.
Tajriba maydoniga qushqo’nmas urug‘i 25.10, 25.03 va 15.04 kunlari 14,15,16 kg/ga miqdorda ekildi.
Maysalar unib chiqqandan keyin ularning oralari yumshatildi, yovvoyi o‘tlarni tez-tez tozalab turildi. Vegetatsiya oxirigacha tuproq namligini va havo haroratini hisobga olgan holda 4-6 marta sug‘oriladi. Bahorda hosil bo‘ladigan qatqaloqlar va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun borona bilan ko‘ndalangiga ishlanadi. Qushqo’nmasni vegetatsiya davomida ikki marta oziqlantirildi. O‘suv davrida gektar hisobiga 20 kg azot va 40 kg kaliy o‘g‘iti berib oziqlantiriladi. Ikkinchi oziqlantirish gullashdan oldin 20 kg azot va 40 kg fosfor berish bilan tugatildi. O‘simlikni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshirildi.
Dalada olib borilgan tajribalardan qushqo’nmasning dala unuvchanligi va ko‘chat qalinligiga ekish muddat va me’yorlarini ta’siri o‘rganildi.
Tajribada bajarilgan agrotexnik tadbirlarga oid ma’lumotlar 4.1.1-jadvalda keltirilgan.
4.1.1-jadval
Tajribada bajarilgan agrotexnik tadbirlar




Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling