Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Qushqo’nmasning dala unuvchanligiga ekish me’yorining va


Download 0.84 Mb.
bet28/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Qushqo’nmasning dala unuvchanligiga ekish me’yorining va
ekish muddatlarining ta’siri

Ekish
muddatlari

Ekish me’yorlari kg/ga

Urug‘ning dala unuvchanligi, %

Amal davri boshida ko‘chat qalinligi, m2 da

Amal davri oxirida ko‘chat qalinligi,
m2 da


25.10

14

87,0

174

156

15

89,1

197

181

16

85,8

149

142


25.03

14

83,0

166

154

15

84,6

181

160

16

84,9

135

129


15.04

14

81,1

162

144

15

82,5

174

154

16

84,7

123

119



Olingan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmasni ekishda muddatlarni kechiktirilishi uning ko‘chat qalinligiga salbiy ta’sir etib, erta muddatlarda ekilgan variantlardan ko‘chatlar soni bir metr kvadratda 7 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi, amal davri oxirida esa nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni erta muddatda ekilgan variantlarga bir metr kvadratda 6 donadan 12 donani tashkil etisi aniqlandi.
Ekish me’yorlarini oshirilishi ham amal davri oxirida nobud bo‘lgan ko‘chatlar sonini kam me’yorda ekilgan variantlarga nisbatan erta muddatda ekilganda 4 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi aniqlandi.
4.2. Ekish muddat va me’yorlarini qushqo’nmasning biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri.
25 oktabr kuni ekilgan urug‘larda birinchi kurtaklar ekishdan so'ng 11-13 kundan keyin paydo bo‘ldi, o‘rtacha 87-89,8% unib chiqib, maysalar hosil qildi.
25 mart kuni ekilgan urug‘larda birinchi kurtaklar ekishdan so'ng 12-13 kundan keyin paydo bo'ldi, o‘rtacha 83-86,9% unib chiqib, maysalar hosil qildi.
15 aprel kuni ekilgan urug‘larda birinchi kurtaklar ekishdan so'ng 15-17 kundan keyin paydo bo‘ldi, o‘rtacha 81,1-84,6% unib chiqib, maysalar hosil qildi.
Maysalar har 10-15 kun oralig‘ida tuproqning o‘rtacha namligiga tayangan holda sug‘orish ishlari olib borildi. Uning o‘sishi va rivojlanishi uchun 15-35 oC eng optimal xaroratlardir. Qushqo’nmasning maysalari juda sekin o‘sdi. Ikkinchi oydan boshlab o‘sish jadalligi oshdi. Harorat va tuproqning namligi yetarli bo‘lganligi uchun kunlik o‘rtacha o‘sish 4-6 sm ni tashkil qildi.
Daladagi o‘simliklarning balandligi 10-15 sm ga yetganda, nihollarda chin barg shakllandi.
O‘simlikni ekishdan keyin yerni yumshatib, begona o‘tlardan tozalab turildi. Bahor oylarida qatqaloq hosil bo‘lganligi uchun ekishdan 4-6 kun keyin yengil yumshatgichlar yordamida ishlandi. Dastlabki 2-3 haftada asosiy e’tiborni maysalar unib chiqqandan keyin begona o‘tlarni yo‘qotish qator oralarini yumshatish va yagana qilishga qaratildi. O‘simliklarni bo‘yi 10-15 sm ga yetganda qator oralarini ishlash bilan birga ularning rivojlanishini tezlashtirish maqsadida o‘g‘itlashni boshladik.
Belgilangan chora-tadbirlar tizimida ekinlarga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash masalalariga alohida e’tibor berildi, chunki o‘g‘itlar ekinlar hosildorligini oshirishdagi eng kuchli vositasidir. Lekin ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlarning yalpi miqdori bilan emas, balki ulardan oqilona foydalanish hisobiga oshiriladi. Bu o‘rinda o‘g‘it qo‘llash tizimini ishlab chiqish va takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Amalda o‘g‘itlarni qo‘llashda agrotexnik muddatlar va nisbatlarning buzilishi, me’yorga amal qilmaslik natijasida ko‘pincha kutilgan natijaga erishilmaydi. Oqibatda dorivor o‘simliklarning hosildorligi pasayib, tannarx oshadi. Tajribali dehqon tuproq tarkibida oziq moddalardan birortasining ayniqsa, azot, fosfor va kaliyning yetishmasligi yoki uning ortiqcha bo‘lishi o‘simlikka salbiy ta’sir etishini yaxshi biladi.
O‘simlikni oziqlantirish albatta sug‘orishdan oldin amalga oshirildi. O‘simlik oziqlantirilgandan va sug‘orilgandan keyin uning o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Oxirgi oziqlantirishni uning bo‘yi 70-80 sm ga yetganda azotli va kaliyli o‘g‘itlar berish bilan tugallandi. Mavsum davomida qushqo’nmasni 4-6 marta sug‘orildi.
Qushqo’nmas tuproq unumdorligiga va o‘g‘itlarga sezgir o‘simlik bo‘lib, chirindi va oziqa elementlari bilan yaxshi va to‘liq ta’minlangan tuproqlarda yuqori xosildorlikni namoyon qiladi.
Odatda yorug‘lik nuridan maksimal darajada foydalanish uchun o‘simliklarning tup soni mo‘tadil bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda har bir ekin navining har bir mintaqa sharoitiga mos tup soni bo‘lsagina ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish mumkin.
Qushqo’nmasning poyasining o‘sishi va undagi barglarning shakllanishiga ekish me’yorlari va muddatlarining ta’siri 4.2.1 jadvalda keltirildi.
Barglar yuzasi ekinlarda o‘sish sharoitiga, qo‘llanilgan agrotexnikaga bog‘liq xolda o‘zgarib boradi. O‘zbekistonda ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining navlari yuqori potensial hosildorlikka ega, lekin bu imkoniyat ekin o‘stirishdagi noqulay omillar tufayli, fotosintetik potensial shu nav, mintaqa uchun xos optimal kattalikka yetmasligi tufayli foydalanilmaydi. Odatda ekinlarning dastlabki rivojlanish fazalarida barglar yuzasi sekin kattalashadi, optimal barg yuzasi qisqa davr mobaynida faoliyat ko‘rsatadi.
Barg yuzasining sekin ortishi ayniqsa, o‘simliklar siyrak bo‘lgan ekinzorlarda mutlaqo maqsadga muvofiq emas.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling