Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Qushqo’nmas o‘simligini ph ko’rsatkichini aniqlash


Download 0.84 Mb.
bet31/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

4.4.Qushqo’nmas o‘simligini ph ko’rsatkichini aniqlash.
Kimyoda ph (talaffuzi: pe-hash; ingl. Potential Hydrogen – „potensial vodorod“) suvli eritmaning kislota yoki asosligi oʻlchovidir. pH eritmadagi gidroksoniy ionlarining (H3O+) molyar konsentratsiyasi manfiy logarifmi (10 asosda) p[H] ga yaqindir, biroq teng emas; past pH gidroksoniy ionlari konsentratsiya yuqoriligini, baland pH esa past konsentratsiya pastligini bildiradi. Bu manfiy logarifm oʻnlik nuqtadan keyingi xonalar soniga mos keladi, masalan, 0.1 molyar HCl pHi 1 atrofida, 0.0001 molar HCl pHi esa 4 ga yaqin boʻlishi kerak (chunki 0.1 va 0.0001 larning 10 asosli logarifmlari mos ravishda −1 va −4 ga teng). Sof (ionsizlashgan) suv neytral boʻlib, juda kuchsiz kislota yoki asos, deb qaralishi mumkin, zero uning pHi 25 °C da 7, yoki 0.0000001 M H+ dir. pH chegarasi yoʻq, u 0 dan past yoki 14 dan baland boʻla oladi, biroq suvli eritmada u suvning kislotaligi va asosligi bilan cheklanadi. Suvli eritma pHi baland boʻlishi uchun unda siyrak vodorod ionlarini bogʻlab oluvchi asos eritilishi lozim. Suvdagi vodorod ionlari solvatatsiyani hisobga olish uchun oddiygina H+ yoki gidroksoniy (H3O+) yoki yuqoriroq turlar (msl., H9O4+) deb yozilish mumkin, biroq bularning bari bir xil maʼnoni bildiradi. Yer sirtidagi aksariyat chuchuk suv havzalari karbonat angidrid erishi tufayli ozgina kislotalidir va ularning pHi 7 dan past.
Biz tajriba orqali qushqo’nmas o‘simligini ph aniqladik. Buning uchun bizga maydalangan o‘simlik qismlari: poya,barg, gullar , toza disterlangan suv, pH metr kerak bo’ldi. 100 ml disterlangan suvga 10 gr maydalangan mahsulot solinib ph mert yordamida aniqlandi.Bunda ekish uddatlari bo‘yicha erta muddatda 25.10 kunda ekilgan o‘simliklarda pH 3.1, o‘rta muddatda ekilgan 25.03 pH 5.9, kech muddatda ekilgan o‘simliklarda esa 15.04 ph 3.9ni tashkil etdi.



Qushqo’nmas o’simligining ph ko’rsalkichi aniqlanmoqda

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling