Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet33/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Ekish muddat
lari

Ekish me’yorlari, kg/ga

Hosildorlik, t/ga

Mahsulotni xarid narxi, kg/so‘m

Umumiy harajat so’mda

Hosilni sotishdan olingan umumiy foyda, so‘m/ga

1 ga yerdan olingan sof foyda, so‘m

Rentabellik, %

25.10

14

2.0

45000

6730000

90000000

83270000

92.5

15

2.5

45000

6775000

112500000

105725000

93.9

16

2.1

45000

6820000

94500000

87680000

92.7

25.03

14

1.9

45000

6730000

85500000

78770000

92.1

15

1.7

45000

6775000

76500000

69725000

91.1

16

1.8

45000

6820000

81000000

74180000

91.5

15.04

14

1.9

45000

6730000

85500000

78770000

92.1

15

1.8

45000

6775000

81000000

74225000

91.5

16

1.6

45000

6820000

72000000

65180000

90.5



IV bob bo‘yicha xulosa
Qushqo’nmas ekilgan maydonning har bir gektaridan 2-2,5 tonna hosil yig‘ib olish mumkin.
Qushqo’nmas urug‘larini yetishtirishda har bir omillar uning sifat ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga ko‘tarish, bu orqali ma’lum iqtisodiy samaradorlikka erishish vazifa qilib qo‘yildi. Ilmiy tadqiqot ishlarimizni iqtisodiy samaradorligini taxlil qilish, natijalarini iqtisodiy jihatdan taqqoslash bilan yakunlandi.
Qushqo’nmas urug‘larini yetishtirishdan oldin dastlab uning rejasi ishlab chiqildi. Buning zamirida yerlardan unumli foydalanish, ishchi kuchi va agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, qilingan sarf xarajatlarni ma’lum bir qismini yoki to‘liq oqlash va maydon rentabelligini oshirish kabi boshqa maqsadlar ko‘zlanadi.
Olingan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmas ekishda muddatlarni kechiktirilishi uning ko‘chat qalinligiga salbiy ta’sir etib, erta muddatlarda ekilgan variantlardan ko‘chatlar soni bir metr kvadratda 7 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi, amal davri oxirida esa nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni erta muddatda ekilgan variantlarga bir metr kvadratda 6 donadan 12 donani tashkil etishiii aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmasni erta muddatda gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilishi yuqori don hosilini ta’minlaydi.
Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar
Qushqo’nmas urug‘lari yetilganidan so‘ng yoki yetilishi oldida o‘simlikni o‘rib quritib, so‘ngra xirmonda yanchib tozalanadi. O‘simlikning urug‘lari shudring ko‘tarilgandan so‘ng havo ochiq paytida yig‘ib olinadi. Yomg‘ir yoki ertalabki shudring ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan urug‘­larni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi.
Qushqo’nmas o’simligini Andijon viloyati o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida uch xil muddatda yetishtirildi ya’ni 25.10,25.03,15.04 da.Eng yaxshi natijani 25.10 da yetishtirilgan o’simliklar berdi 2,5 tonna hosildorlik olindi. Andijon viloyatining o’tloqi bo‘z tuproqlar shaoitida qushqo’nmasdan yuqori hosil olish uchun uni, 25 oktabr muddatida gektariga 15 kg ekish tavsiya etiladi.
Mazkur osimlikni deyarli barcha qismi dorivor shuning uchun bu osimlikni imkon qadar katta maydonlarda yetishtirib yurtimizni tabiy maxsulotga bolgan talabini qondirish lozim.Biz osimlikni kuzgi muddatda ekkanimizda osimlik eng yuqori korsatkichni berdi va gektariga 2,5 tonna hosildan 105725000 som sof daromad olindi. Korinib turibdiki osimlik chinakam daromad manbaidir.
Qushqo’nmas ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish, sog‘liqni mustahkamlash kabi hususiyatlari mavjud. Bunday keng qamrovli ta’siri uchun, qushqo’nmas ko‘p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo‘llaniladi. Qushqo’nmas jigar, ichak, o‘t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi. Qushqo’nmasdan bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali mazlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
“Qushqo’nmas (silybum marianum. L) o’simligining yetishtirish texnalogiyasi va dorivorlik hususiyatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi xulosalar olindi:
1. Olingan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmas urug‘larini ekishda muddatlarni kechiktirilishi uning ko‘chat qalinligiga salbiy ta’sir etib, erta muddatlarda ekilgan variantlardan ko‘chatlar soni bir metr kvadratda 7 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi, amal davri oxirida esa nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni erta muddatda ekilgan variantlarga bir metr kvadratda 6 donadan 12 donani tashkil etishi aniqlandi.
2. Qushqo’nmas urug‘larini ekish me’yorlarini oshirilishi ham amal davri oxirida nobud bo‘lgan ko‘chatlar sonini kam me’yorda ekilgan variantlarga nisbatan erta muddatda ekilganda 18 donadan 7 donagacha, o‘rta muddatda ekilganda 12donadan 6 donagacha, kech muddatda ekilganda esa 18 donadan 4 donagacha kam bo‘lishi aniqlandi.
3. Tajribada eng yuqori mahsuldorlik erta muddatda (25.10) gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilganda olindi. Yaxshi rivojlangan oʻsimlik 100 tagacha va undan ortiq urugʻ hosil qildi. 1000 dona urug‘ning o‘rtacha og‘irligi 50 gr ni tashkil qildi.
Olingan dastlabki natijalardan xulosa qilish mumkinki, mazkur dorivor o‘simlikni respublikamiz sharoitida ko‘paytirish orqali sifatli xomashyo olish imkoni mavjud.
4. Tajribada eng yuqori don hosili (2,5 t/ga) uni erta muddatda kuzda (25.10) gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilganda olindi. Demak, qushqo’nmasni kech kuzda gektariga 15 kg/ga unuvchan ekilishi yuqori don hosilini ta’minlaydi.
5. Tajribada eng yuqori iqtisodiy samaradorlik qushqo’nmas urug‘ini kuzda gektariga 15 kg/ga ekilgan variantda kuzatilib, sof foyda gektariga 105725 000 so‘mni, tashkil etdi ( gektaridan 2.5 tonna va donni sotish narhi 45 000so’m/kg).
6. Qushqonmas urug‘ini Respublikamizning barcha tuproq sharoitlarida ekib o‘stirish mumkin. Uni yumshoq, suv bilan ta’minlangan, yovvoyi o‘tlardan tozalangan va oziqa elementlar bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilinadi.
7.Qushqo’nmasni qayta ishlash yanada katta miqdordagi daromat keltirishdan tashqari inson salomatligini saqlashda muhim o’rin tutad

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling