Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining
Download 0.84 Mb.
|
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosilni sotishdan olingan umumiy foyda, so‘m/ga 1 ga yerdan olingan sof foyda, so‘m
- IV bob bo‘yicha xulosa
- Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar
IV bob bo‘yicha xulosa Qushqo’nmas ekilgan maydonning har bir gektaridan 2-2,5 tonna hosil yig‘ib olish mumkin. Qushqo’nmas urug‘larini yetishtirishda har bir omillar uning sifat ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga ko‘tarish, bu orqali ma’lum iqtisodiy samaradorlikka erishish vazifa qilib qo‘yildi. Ilmiy tadqiqot ishlarimizni iqtisodiy samaradorligini taxlil qilish, natijalarini iqtisodiy jihatdan taqqoslash bilan yakunlandi. Qushqo’nmas urug‘larini yetishtirishdan oldin dastlab uning rejasi ishlab chiqildi. Buning zamirida yerlardan unumli foydalanish, ishchi kuchi va agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, qilingan sarf xarajatlarni ma’lum bir qismini yoki to‘liq oqlash va maydon rentabelligini oshirish kabi boshqa maqsadlar ko‘zlanadi. Olingan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmas ekishda muddatlarni kechiktirilishi uning ko‘chat qalinligiga salbiy ta’sir etib, erta muddatlarda ekilgan variantlardan ko‘chatlar soni bir metr kvadratda 7 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi, amal davri oxirida esa nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni erta muddatda ekilgan variantlarga bir metr kvadratda 6 donadan 12 donani tashkil etishiii aniqlandi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmasni erta muddatda gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilishi yuqori don hosilini ta’minlaydi. Xulosa va ishlab chiqarishga tavsiyalar Qushqo’nmas urug‘lari yetilganidan so‘ng yoki yetilishi oldida o‘simlikni o‘rib quritib, so‘ngra xirmonda yanchib tozalanadi. O‘simlikning urug‘lari shudring ko‘tarilgandan so‘ng havo ochiq paytida yig‘ib olinadi. Yomg‘ir yoki ertalabki shudring ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan urug‘larni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi. Qushqo’nmas o’simligini Andijon viloyati o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida uch xil muddatda yetishtirildi ya’ni 25.10,25.03,15.04 da.Eng yaxshi natijani 25.10 da yetishtirilgan o’simliklar berdi 2,5 tonna hosildorlik olindi. Andijon viloyatining o’tloqi bo‘z tuproqlar shaoitida qushqo’nmasdan yuqori hosil olish uchun uni, 25 oktabr muddatida gektariga 15 kg ekish tavsiya etiladi. Mazkur o’simlikni deyarli barcha qismi dorivor shuning uchun bu o’simlikni imkon qadar katta maydonlarda yetishtirib yurtimizni tabiy maxsulotga bo’lgan talabini qondirish lozim.Biz o’simlikni kuzgi muddatda ekkanimizda o’simlik eng yuqori ko’rsatkichni berdi va gektariga 2,5 tonna hosildan 105725000 so’m sof daromad olindi. Ko’rinib turibdiki o’simlik chinakam daromad manbaidir. Qushqo’nmas ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish, sog‘liqni mustahkamlash kabi hususiyatlari mavjud. Bunday keng qamrovli ta’siri uchun, qushqo’nmas ko‘p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo‘llaniladi. Qushqo’nmas jigar, ichak, o‘t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi. Qushqo’nmasdan bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali mazlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. “Qushqo’nmas (silybum marianum. L) o’simligining yetishtirish texnalogiyasi va dorivorlik hususiyatlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi xulosalar olindi: 1. Olingan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmas urug‘larini ekishda muddatlarni kechiktirilishi uning ko‘chat qalinligiga salbiy ta’sir etib, erta muddatlarda ekilgan variantlardan ko‘chatlar soni bir metr kvadratda 7 donadan 18 donagacha kam bo‘lishi, amal davri oxirida esa nobud bo‘lgan ko‘chatlar soni erta muddatda ekilgan variantlarga bir metr kvadratda 6 donadan 12 donani tashkil etishi aniqlandi. 2. Qushqo’nmas urug‘larini ekish me’yorlarini oshirilishi ham amal davri oxirida nobud bo‘lgan ko‘chatlar sonini kam me’yorda ekilgan variantlarga nisbatan erta muddatda ekilganda 18 donadan 7 donagacha, o‘rta muddatda ekilganda 12donadan 6 donagacha, kech muddatda ekilganda esa 18 donadan 4 donagacha kam bo‘lishi aniqlandi. 3. Tajribada eng yuqori mahsuldorlik erta muddatda (25.10) gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilganda olindi. Yaxshi rivojlangan oʻsimlik 100 tagacha va undan ortiq urugʻ hosil qildi. 1000 dona urug‘ning o‘rtacha og‘irligi 50 gr ni tashkil qildi. Olingan dastlabki natijalardan xulosa qilish mumkinki, mazkur dorivor o‘simlikni respublikamiz sharoitida ko‘paytirish orqali sifatli xomashyo olish imkoni mavjud. 4. Tajribada eng yuqori don hosili (2,5 t/ga) uni erta muddatda kuzda (25.10) gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilganda olindi. Demak, qushqo’nmasni kech kuzda gektariga 15 kg/ga unuvchan ekilishi yuqori don hosilini ta’minlaydi. 5. Tajribada eng yuqori iqtisodiy samaradorlik qushqo’nmas urug‘ini kuzda gektariga 15 kg/ga ekilgan variantda kuzatilib, sof foyda gektariga 105725 000 so‘mni, tashkil etdi ( gektaridan 2.5 tonna va donni sotish narhi 45 000so’m/kg). 6. Qushqonmas urug‘ini Respublikamizning barcha tuproq sharoitlarida ekib o‘stirish mumkin. Uni yumshoq, suv bilan ta’minlangan, yovvoyi o‘tlardan tozalangan va oziqa elementlar bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilinadi. 7.Qushqo’nmasni qayta ishlash yanada katta miqdordagi daromat keltirishdan tashqari inson salomatligini saqlashda muhim o’rin tutad Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling