Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Tajriba maydonida qushqo’nmas o‘simligining urug‘ xosildorligi


Download 0.84 Mb.
bet30/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

4.3. Tajriba maydonida qushqo’nmas o‘simligining urug‘ xosildorligi.
Qushqo’nmas mevasi pishishiga yaqin qolganda o‘rib olinadi. Uni yaxshilab quritib, yanchib urug‘lari elakdan o‘tkaziladi va quruq joylarda saqlanadi. Uning hosili 1-variantda 1-iyul kuni, 2-variantda 15-iyul kuni, 3-variantda 27-iyul kuni yig‘ib olindi.
Qushqo’nmas o‘simligini urug‘larning yetilish fazasiga yetganda o‘rila boshlandi. Qushqo’nmas vegetatsiya davri 150-160 kunni tashkil qildi. . Qushqo’nmas urug‘larining to‘liq pishishi uchun ijobiy xaroratlarning yig’indisi 1900-2800 oC atrofida bo‘lishi qayd etildi.
Qushqo’nmasning don hosiliga ekish muddat va me’yorlarining ta’siri olib borilgan tajribalar natijasidan aniqlandi.
Qushqo’nmas hosildorligi buyicha olingan ma’lumotlar 4.3.1-jadvalda keltirilgan.
4.3.1-jadval
Tajriba maydonida qushqo’nmasning don hosildorligi

Variantlar

Ekish muddatlari

Ekish me’yorlari kg/ga

Don hosildorligi,
t/ga

Qo‘shimcha hosil, s/ga



Ekish muddatidan

Ekish me’yoridan

1

25.10

14

2.0

-

-

2

15

2.5

-

2,4

3

16

2.1

-

2,3

4

25.03

14

1.9

- 0,2

-

5

15

1.7

- 0,3

1,3

6

16

1.8

- 0,1

2,0

7

15.04

14

1.9

-0,2

-

8

15

1.8

-0,2

2,1

9

16

1.6

-0,3

2,3


Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qushqo’nmas 25.10 kuni birinchi muddatda ekish me’yori 14 kg/ga qo‘llanilgan 1-variantda 2.0 t/ga, ekish me’yori 15 kg/ga qo‘llanilgan 2-variantda 2.5 t/ga don hosili olindi. Bunda ikkinchi variantda birinchi variantga nisbatan 0.5 t/ga qo‘shimcha don hosili olindi. Ekish me’yori 16 kg/ga oshirilgan uchinchi variantdan esa 2.1 t/ga don hosili olinib, bunda 3- variantdan qo‘shimcha don hosili 1-variantga nisbatan 0.1 t/ga, 2-variantga nisbatan esa 0.5 t/ga kam don hosili olindi.
Qushqo’nmas o‘rta muddatda, 25.03 da ekish me’yori gektariga 14 kg/ga ekilgan 4-variantda don hosildorligi 1.9 t/gani, ekish me’yori 15 kg/ga qo‘llanilgan 5-variantda 1.7 t/gani tashkil etdi. Bunda 5-variant don hosildorligi 4-variantga nisbatan qo‘shimcha 0.1 t/ga don hosili olishga erishildi. Ekish me’yori gektariga 16kg/ga oshirilgan 6-variantdan 1.8 t/ga miqdorida don hosili olinib, 4-variantga nisbatan 0.1 t/ga, 5-variantdagi don hosilidan esa 0.2 t/ga miqdorida yuqori bo‘ldi.
Qushqo’nmas kechki muddatda, 15.04 da ekish me’yori gektariga 14 kg/ga ekilgan 7-variantda hosildorlik 1.9 t/gani, ekish me’yori gektariga 15 kg/ga ekilgan 8-variantda 1.8 t/gani tashkil etib, bunda 8- variantdagi don hosildorligi 7-variantga nisbatan 0.2 t/ga hosil yuqori bo‘ldi. Ekish me’yori gektariga 16 kg/ga oshirilgan 9-variantda hosildorlik 1.6t/gani tashkil etib, bunda 9- variantdagi don hosildorligi 7-variantdagi don hosildorligidan 0.1t/ga, 8-variantdagi don hosildorligidan esa 0.1t/ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan xulosa qilish mumkinki, qushqo’nmasni kuzgi muddatda gektariga 15 kg/ga unuvchan urug‘ ekilishi yuqori don hosilini ta’minlaydi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling