Django frameworki qo’llanilishi


Download 425 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi425 Kb.
#1010068
1   2   3
Bog'liq
2.1 Django frameworki

ALLOWED_HOSTS - Veb dasturimiz ishlashi mumkin bo'lgan hostlar va domen nomlari ro'yxatini saqlaydi.

  • INSTALLED_APPS - Django dasturimizga bog'langan yaratilgan yoki tashqi dasturlar qismlari ro'yxatini saqlaydi.

  • TEMPLATES - Django veb maketlar bilan ishlash sozlamalarini saqlaydi.

  • DATABASES - veb dasturning ma'lumotlar ombori sozlamarini saqlaydi.

  • LANGUAGE_CODEsaytning til sozlamalari, odatda "en-us" ya’ni Amerka ingliz tili o'rnatilgan bo'ladi.

  • TIME_ZONE - Bu veb saytning yuritiladigan vaqt mintaqasi sozlamalari.

    Veb dasturni yaratish
    Yuqorida ko'rsatilgan sozlamalar asosida veb dasturni yaratishimiz uchun manage.py fayli joylashgan papkada konsolni ochamiz va buyruqlar konsolida mana bunday buyruqni kiritamiz:
    python manage.py startapp dissertatsiya
    Agarda buyruqni qismlarga bo'lib tushunadigan bo'lsak buyruq avval python interpretatorida manage.py fayliga asoslanib "dissertatsiya" dasturini yaratish ko'rsatmasidan tashkil topgan.
    Dastur yaratilgach sizda dastur nomi bilan yangi papka paydo bo'ladi, papka ichida bizning veb dasturimiz fayllari joylashgan bo'ladi. Quyida dastur fayllari haqida ko'rib chiqamiz. Agarda ma'lumotlar ombori sozlamalarini kiritganimizda dastur papkasi ichida "migrations" nomli papka yaratilgan bo'lardi, "migrations" papkasi ichida ma'lumotlar ombori sozlamalari va omborni qayta tiklash fayllari saqlanadi.
    Veb dasturimiz fayllari:

    • admin.py - asosan ushbu loyiha ma'lumotlar ombori nazorat qilinadi

    • apps.py - dastur sozlamalari va config o'zgaruvchilarini saqlaydi.

    • models.py - ma'lumotlar ombori uchun modellarni saqlaydi, yani jadvallarni.

    • tests.py - dasturni tekshirish va unit testlar o'tkazish uchun fayl.

    • views.py - foydalanuvchilarga ma'lumotlarni chop etish funksiyalarini saqlash fayli.

    Umuman olganda yuqoridagi fayllar eng kerakli fayllar, ammo oddiyroq dasturlarda asosan sozlamalar va foydalanuvchilar bilan ishlash uchun kerakli bo'ladigan fayllar muhimroqdir.

    Veb dasturni ishga tushirish
    Albatta barcha ammallarning yakuni va ko'zlangan maqsad sifatida veb dasturni ishga tushiramiz. Buning uchun "Manage.py" fayli joylashgan papkaga o'tamiz va buyruqlar konsolida kerakli buyruqni kiritamiz.
    Django veb dasturni ishga tushirish:
    python manage.py runserver
    Server ishga tushgach veb sayt uchun havola taqdim etiladi. Ushbu havolaga browser dasturi yordamida kirganimizda bizning veb dasturimiz ishga tushganini ko'rishimiz mumkin:
    Yuqoridagi jarayonni amalga oshirish orqali Python dasturlash tili Django frameworki yordamida veb saytimizni yaratishga muvaffaq bo'ldik.
    Download 425 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling