Administrator paneli.
Administrator paneli interfeysining oldindan mavjudligi.Qo'shimcha sifatida bu interfeys ko'plab tillarga tarjima qilingan.Qisqa qilib aytganda, admin paneli tayyor:)
URL dispetchirining mavjudligi(regular expressionsga asoslanganligi albatta).
Keng ko'lamdagi shablonlarning mavjudligi.
Keshlash tiziming mavjudligi(система кеширования).
Internatsionallik ya'ni mahsulotning boshqa tillarda ham adaptivligi(Dasturlash tillari nazarda tutilmagan).
"Generic views" - boshqaruv funksiyasining shablonlari.
Avtorizatsiya va autifikatsiya.Tashqi autifikatsiya modullarga ulanganlik : LDAP,OpenID va hokazolar.
Formalar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi kutubxonalarning mavjudligi(mavjud ma'lumotlar omborining modeliga asoslangan holatda formalar yaratish).
Djangoda server konfiguratsiyasi
Django Apache boshqaruvi mod python moduli bilan birgalikda va PostgreSQLni ma'lumotlar ombori sifatida ishlatish uchun loyihalashtirilgan.
WSGI qo'llab-quvvatlashi sababli Django FastCGI, mod wsgiyoki SCGI Apache serverida((lighttpd, nginx,…), uWSGIkabilarning boshqaruvi ostida ishlay oladi.
Misol tariqasida
WSGI - ("Web Server Gateway Interface") - Python dasturlash tilidagi dastur bilan server tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar o'rtasidagi muloqotni amalga oshiruvchi standart.
Ayni paytda Django faqatgina PostgreSQLma'lumotlar ombori bilan emas, MySQL, SQLite, Microsoft SQL Server, DB2, Firebird, SQL Anywhere va Oraclekabi ma'lumotlar ombori bilan ishlay oladi.
Django veb serveri ishga tushirildi !
Django freymvorki o'zining shaxsiy veb serveri mavjud (yuqoridagi rasmga qarang). Bu server fayllardagi o'zgarishlarni avtomatik ravishda aniqlaydi va loyiha fayllaridagi kodni qayta ishga tushiradi. Bu esa pythonda veb ilovaning ishlab chiqilish vaqtini sezilarli darajada tezlashtiraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |