Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga


Download 0.99 Mb.
bet1/7
Sana27.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1131626
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Django


Django
Django[1] — Pythonga asoslangan bepul va ochiq manbali web-freymvork boʻlib, u model-template-view (MVC) arxitektural namunaga amal qiladi.[2][3] Uni Django Software Foundation (DSF), 501(c)(3) nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan Amerika mustaqil tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydi.
Djangoning asosiy maqsadi maʼlumotlar bazasiga asoslangan murakkab web-saytlarni yaratishni yengillashtirish hisoblanadi. Ushbu freymvork komponentlarning qayta ishlatilishi va „ulanishi“, tez rivojlanishi va oʻzingizni takrorlamaslik tamoyiliga urgʻu beradi.[4] Python, hatto sozlash fayllari va maʼlumotlar modellari uchun ham qoʻllaniladi. Django shuningdek, yaratish, oʻqish, yangilash va oʻchirish uchun qoʻshimcha admin interfeysini taqdim etadi, bu introspeksiya orqali dinamik ravishda yaratiladi hamda boshqaruv modellari yordamida sozlanadi.
Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga PBS,[5] Instagram,[6] Mozilla,[7] The Washington Times,[8] Disqus,[9] Bitbucket[10] va Nextdoor[11] kiradi.
Django ning yaratuvchilari

Django soʻzining oʻzi esa fransuz jazz musiqachisi Reynxard Django sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jan Batist Renart boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim“ degan maʼnoni anglatadi.
Django backend vositasi sifatida
Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling