Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga


Django ni kompyuterga oʻrnatish


Download 0.99 Mb.
bet2/7
Sana27.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1131626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Django

Django ni kompyuterga oʻrnatish
Django ni oʻrnatish uchun, kompyuterga birinchi navbatda python oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng quyidagi buyruq orqali django oʻrnatiladi:
pip install django
Shundan soʻng, bemalol yangi loyiha yaratishni boshlash mumkin. Buning uchun, quyidagi buyruqdan foydalanamiz:
django-admin startproject proyekt nomi
Shunda proyekt nomi nomli papka avtommatik tarzda yaratiladi. Uning ichida manage.py fayli va proyekt nomi deb nomlangan yana bitta papka hosil boʻladi. Aynan manage.py fayli django bilan ishlashda eng muhim fayl hisoblanadi. U orqali eng muhim buyruqlar bajariladi. Masalan, yaratgan proyektimizni ishga tushirib koʻraylik. Buning uchun
cd proyekt-nomi
buyrugʻini berib, kerakli papkaning ichiga kiramiz. Shundan soʻng, manage.py faylini ishga tushiramiz:
python manage.py runserver

Django veb freymvorki haqida


Siz dasturchimisiz? Demak sizga ajoyib dasturlash tili va "instrument"lar kerak. Yaxshi "instrument" yoki dasturlash tilini topish bu - oddiy yoki tez hal bo'ladigan masala emas.Bu borada ko'plab muammolarga duch kelish ham mumkin.Maqolamni ajoyib "instrument" yoki freymvorki sifatida sanalyotgan Djangoga bag'ishladim.Siz Django haqida eshitganmisiz? Maqolam davomida Django va uning qanday ishlashi haqida ma'lumot berib o'taman.
Freymvorkining nega bunday atalishi haqida


Django Reynxard
Freymvork nomi aynan Fransuz jazz gitaristi Django Reynxardtning sharafiga qo'yilgan!
P.S. Django Reynxardtning barmoqlarida biroz nuqsoni bo'lsada,gitarada haddan tashqari ajoyib musiqalar ijro etgan!
Django nima va u qanday ishlaydi?
Django - python dasturlash tilida veb ilovalar ishlab chiqish uchun ajoyib freymvork. Freymvork python dasturlash tilida yozilgan. Django freymvorki birinchi bor 2005-yil 21-iyulda ishga tushirilgan. Loyihani ishlab chiquvchilari Django Software Foundationdir va loyiha ular tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Dasturchilar: Rasl Keyt Magi, Adrian Holovaty, Saymon Vilson, Yakob Kaplan Moss, Uilson Mayner. Freymvork krossplatformalikdir(ya'ni barcha operatsion tizimlarni qo'llab quvvatlaydi). Djangoda yaratilgan sayt bir yoki bir nechta ilovalardan tashkil topishi mumkin. Bu esa freymvorkning arxitekturasini boshqalaridan farqli jihatidir (Misol uchun:Ruby on Rails). 
Xulosa: Django bu veb freymvork.
Freymvorkning ishlash prinsplaridan biri bu - DRY (Don't repeat yourself- "o'z-o'zingni takrorlarma"). Bu degani, siz sayt yozish davomida siz "velosiped"ni qaytadan ixtiro qilmaysiz, u siz uchun tayyor. Ya'ni bir kodni qaytadan yozishga hojat yo'q, bu esa veb ilovaning yaratilish protsessini tezlashtiradi.
Boya aytib o'tganimdek, Django 2005-yilda ishlab chiqildi va shu vaqtdan boshlab bosqichma-bosqich eng yaxshi freymvorklar qatoridan o'rin egalladi. Freymvork dasturchilarning muammolarini bir necha daqiqa mobaynida hal etib bermoqda. Django veb ilovalarning yozilish jarayonini sezilarli darajada yengillashtirdi va veb ilovalar yaratish uchun ajoyib, soddalashtirilgan yo'lni taqdim eta oldi.
Freymvork MVC loyihalashtirish shablonidan foydalanadi:

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling