Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

maktublarini  turk  xati  bilan  yozuvchi  kotib),  basut  (yordam),  pusug‘  (pistirma), 
bilik  (ilm,  bilim;  hikmat),  bitik  (kitob),  budun  (xalq,  omma)  singari  iste’moldan 
chiqib ketgan minglab so‘zlar haqida ham noyob ma’lumotlar beriladi.  
Mahmud Koshg‘ariyning  “Devonu lug‘otit-turk” asaridan keyin o‘zbek tilida  
“Muqaddimat  ul-adab”  (1137),  “Kitob  ul-idrok  li-lisanul  atrak”  (1312), 
“Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” (XIII asr) kabi lug‘atlar yaratildi.  
“Muqaddimat  ul-adab"  (1137)  Mahmud  az-Zamaxshariy  tomonidan  
Xorazmshoh  Alouddavla  Abulmuzaffar  Otsizga  bag‘ishlab  yozilgan.  Asar  besh 
qismdan  iborat  bo‘lib,  unda  otlar,  fe’llar,  bog‘lovchilar,  ot  o‘zgartishlari  va  fe’l 
o‘zgartishlari  haqida  gap  yuritiladi.  Asar  usmonli  turk  tili,  fransuz  va  nemis 
tillariga ham tarjima qilingan.  
Muallifi  noma’lum bo‘lgan “Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya” (“Turkiy 
til haqida noyob tuhfa”) asari XIII asrning oxirlarida yozilgan. Lug‘atda qipchoq 
lahjasiga oid bo‘lgan so‘zlar berilgan. 
Eski  o‘zbek  adabiy  tili  asoschisi  Alisher  Navoiyning  ijodi  nafaqat  mumtoz 
adabiyotimiz  va  tilimiz  tarixini,  balki  o‘zbek  lug‘atshunosligini  ham    yangi  sifat 
bosqichiga  ko‘tarishda  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.    Shoir  asarlarini  o‘rganish 
maqsadida  ko‘plab  lug‘atlar  tuzildi.  Shulardan  biri  “Badoye  ul-lug‘at”  deb 
nomlanadi.  Bu  lug‘at  XV  asrning  oxiri  va  XVI  asrning  boshlarida  Sulton 
Husaynning  topshirig‘iga  binoan  hirotlik  Tole  Hiraviy  tomonidan  tuzilgan.  U 
“O‘zbekcha-forscha lug‘at” ko‘rinishida bo‘lib, mingga yaqin so‘z va iborani o‘z 
ichiga  oladi.  Lug‘atda  ta’kidlanishicha,  unda  Alisher  Navoiy  she’riyati  tilini 
izohlash maqsad qilingan. 
Shunday  lug‘atlardan  yana  biri  “Abushqa”  (XVI)  (Chig‘atoycha-turkcha 
izohli  lug‘at)  dir.  Bu  asarning  ham  muallifi  noma’lum.  Lug‘at  Alisher  Navoiy 
asarlari leksikasini izohlashga asoslangan.  
Fazlulloxonning  “Lug‘ati  turki”  (Chig‘atoycha-forscha  lug‘at),  Muhammad 
Yoqub Chingiyning  “Kelurnoma” (Chig‘atoycha-forscha lug‘at), Mahdixonnning 
“Sanglah”,  Shayx  Sulaymon  Buxoriyning  “Lug‘ati  chig‘atoy  va  turki  usmoniy” 
kabi asarlari o‘zbek lug‘atshunosligining noyob manbalari sanaladi.  
XX  asrda  ilm-fan  va  texnikaning  rivojlanishi  lug‘atshunoslikning  keng 
ko‘lamda  taraqqiy  etishiga  yo‘l  ochib  berdi.  O‘zbek  tilida  sohalararo  yuzlab 
lug‘atlar yaratildi va bu ezgu ish hamon davom etmoqda.  
Lug‘atlar  ko‘zlangan  maqsadiga  ko‘ra  ikki  tipga  bo‘linadi:    ensiklopedik 
(qomusiy) lug‘atlar    va    lingvistik (filologik) lug‘atlar. 


Ensiklopedik  lug‘atlar  ilm-fan,  texnika,  xalq  xo‘jaligi,  ijtimoiy  hayotning 
muayyan  sohasiga  oid  bo‘lgan  barcha  so‘zlar  va  tushunchalar  o‘z  ichiga  qamrab 
oldadi. Ularda asosiy e’tibor so‘zga emas, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar, 
tarixiy  voqealar,  buyuk  shaxslar,  ilm-fandagi  kashfiyotlar,  davlatlar,  shaharlar  va 
shu  kabilarga  qaratiladi.  “Uy-ro‘zg‘or  ensiklopediyasi”,    “Salomatlik 
ensiklopediyasi”, “Toshkent  ensiklopediya- si” kabi lug‘atlarni bunga misol qilib 
olish mumkin. Qomusiy lug‘atlarni yaratish uzoq davom etadigan va mashaqqatli 
ishlardan biri sanaladi.   
Lingvistik lug‘atlarda berilgan so‘zlar tilshunoslik nuqtai nazardan izohlanadi. 
Ularda so‘z ma’nolari, imlosi, talaffuzi e’tiborga olinadi. 
Ular bir tilli va ikki tilli bo‘ladi. Bir tilli lingvistik lug‘atlarda so‘z va iboralar 
bir  tilda  izohlanadi.    Sinonimlar  lug‘ati,  omonimlar  lug‘ati,  imlo  lug‘atlari, 
dialektologik  lug‘atlar,  izohli  lug‘atlar,  frazeologik  lug‘atlar,  tarixiy  lug‘atlar  bir 
tilli  lug‘atlar  sanaladi.    Masalan,  besh  jildlik  “O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati” 
(Toshkent:  “O‘zbekiston  Milliy  Ensiklopediyasi”  davlat  ilmiy  nashriyoti,  2006-
2008  yillar),  Islom  Ensiklopediyasi.  A-X  (Toshkent:  “O‘zbekiston  Milliy 
Ensiklopediyasi”  davlat  ilmiy  nashriyoti,  2004),    B.Jo‘rayevaning  “O‘zbek  xalq 
maqollarining  qisqacha  sinonimik  lug‘ati”  (Toshkent:  Fan,  2007),  N.Mahmudov, 
D. Xudoyberganovaning “O‘zbek tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati” (Toshkent: 
Ma’naviyat,  2013),  Sh.Rahmatullayevning  “O‘zbek  tilining  etimologik  lug‘ati.  3 
jild 
(Toshkent: 
Universitet, 
2009), 
N.Mirzayevning 
“O‘zbek 
tili 
etnografizmlarining  izohli  lug‘ati”  (Toshkent:  Fan,  1991),    T.Nafasovning 
“Qashqadaryo  xalq  so‘zlari  lug‘ati”  (Toshkent:  Muharrir,  2011),  B.To‘ychiboyev 
va  Q.Qashqirlining  “Zominning  til  qomusi”  (Toshkent:  Akademnashr,  2012), 
T.Nu’monovning  “Polizchilik  atamalarining  izohli  lug‘ati”  (Tosheknt: 
O‘qituvchi,1991) kabi lug‘atlar bir tilli lug‘atlarga misol bo‘la oladi.  
Ikki  tilli  lug‘atlar  tarjima  lug‘atlari  bo‘lib,  ular  boshqa  tildagi  so‘z  va 
iboralarni  ikkinchi  bir  tilga  yoki  aksincha,  tarjima  qilish  uchun  xizmat  qiladi. 
Bunday  tipdagi  lug‘atlar  chet  tillarini    o‘rganishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
O‘zbekcha-inglizcha, o‘zbekcha-ruscha, o‘zbekcha-xitoycha; inglizcha-o‘zbekcha, 
ruscha-o‘zbekcha, fransuzcha-o‘zbekcha lug‘atlarni ikki tilli lug‘atlarga misol qilib 
olish  mumkin.    Lug‘atshunoslikda  uch  tilli,  besh  tilli,  o‘n  tilli  lug‘atlar  ham 
yaratilgan.  O‘zbek  tilida  o‘zbekcha-inglizcha-nemischa,fransuzcha-arabcha-
forscha-ruscha sakkiz tilli lug‘at mavjud.   
Globallashuv  jarayonlari  va  ta’lim-tarbiya  tizimining  taraqqiyoti  tufayli 
lug‘atlarning  yangi  ko‘rinishlar:  elektron  shakllari,  audio  lug‘atlar,  multimediali 
lug‘atlar yuzaga kelmoqda.      
 
 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling