Djurabayeva Z. A. Ona tili
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
Djurabayeva Z.A.
ONA TILI. / darslik/ T.: “NAVRO’Z”, 2019 . O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida: “Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, – degan edi. Har bir xalq, har bir millat o‘z yurtida, o‘z Vatanida shakllanadi va taraqqiy etadi. Xalqlarning kamolotida insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni ta’minlab beruvchi tilning o‘rni katta. Til millat ruhi va millat tafakkurining yorqin ifodasi sifatida o‘zi mansub bo‘lgan millat bilan birgalikda takomil topib boradi. O‘zgalarga qaram, o‘z erkidan mahrum bo‘lgan millatning hamisha boshi egik, tili zabun bo‘ladi. O‘zbek millati bugun hech kimdan kam emas. Biz ozod va obod yurtda – jannatmakon O‘zbekistonda yashayapmiz. Millatimizni birlashtirib, jipslashtirib turgan Vatan so‘zi biz uchun “sajdagohdek pok va muqaddasdir”. Bu so‘zning ostida nafaqat bizning, balki buyuk ajdodlarimizning va kelajak avlodlarning shon- shuhrati, or-nomusi, baxti yashirinib yotibdi. Vatanimizning, davlatimizning eng muhim belgilaridan biri bu – bizning yagona tilda – o‘zbek tilida muloqot qilishimiz, uning sha’ni, obro‘si, nufuzi uchun hammamiz birgalikda harakat qilishimizda namoyon bo‘lmoqda. Yurtimizda ona tilining rivojlanishi va takomil topishi uchun keng imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. Ona tili milliy qadriyatlarning boshi, hayotimizning asosi, millat tafakkurining betakror timsoli, ulkan ma’naviy boylik sifatida jamiyatdagi har bir o‘zgarishni, yangilanishni o‘zida ifodalab bormoqda. Har birimizning inosn bo‘lib shakllanishimiz va jamiyatda o‘z o‘rnimizni topib borishimizda ona tili muhim ahamiyatga ega. Aziz talabalar! Umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limida Siz ona tili asoslari, uning fonetik, leksik va grammatik jihatlari haqida yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz. Sizlarga o‘zbek tilining og‘zaki va yozma shakllari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlar berildi. Bugun esa o‘rganish uchun emas, kelajakda bolalarga o‘rgatish uchun o‘zbek tilining hali ochilmagan qirralari, nodir xususiyatlari haqida puxta va mukammal ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida oliy maktab ostonasiga qadam qo‘ydingiz. Ona tilining sir-sinoatlardan boxabar bo‘lishingiz uchun Sizlardan cheksiz sabr- toqat, qunt va hafsala, tinimsiz izlanishlar talab etiladi. Bu yo‘lda Sizlarga omad yor bo‘lsin! Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling