7-mashq. Lafz, lison, suxan so‘zlari bildiradigan ma’nolar haqida
fikrlashing. Ularning til bajaradigan vazifaga qanday mos kelishi haqida
bahslashing.
LAFZ [arabcha talaffuz, so‘z, ibora so‘zidan olingan] 1 so‘z, kalima, til
ma’nolarini bildiradi. 2 Berilgan va’da, ahd, so‘z ma’nolarida keladi. Lafzi yo‘q,
lafzi halol, lafzidan qaytmoq iboralari og‘zaki nutqda keng iste’molda ishlatiladi.
LISON arabcha til so‘zidan olingan va shu ma’noda ishlatilgan.
SUXAN fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘z bo‘lib, nutq, so‘z, ibora, suhbat
ma’nolarida qo‘llaniladi. Shu so‘z negizida so‘zni biluvchi, silliq, ravon
gapiruvchi, yozuvchi, shoir; gapga chechan, so‘zamol, notiq, badiiy so‘z ustasi
ma’nolarini bildiruvchi suxandon so‘zi hosil qilingan.
ZABON so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, til ma’nosini bildiradi. Shu so‘z
asosida hosil qilingan otash zabon – gapga chechan, so‘zamol, qizg‘in nutq
so‘zlovchi, notiq; shirin zabon – shirin so‘z birikmalaridan nutqda unumli
foydalanamiz.
8-mashq. Shukur Qurbonning “Ona tilim” she’ridan olingan parchani
yodlang. “Yuragimning qoshida Sayrab turgan bulbulim...” satrida yashiringan
Do'stlaringiz bilan baham: |