98-mashq. Mahmud Zamaxshariy qalamiga mansub hikmatli so‘z
bo‘yicha bahslashing. So‘zlarning yozilishiga e’tibor bering.
Tiliyu dili to‘g‘ri va haqgo‘y bo‘lgan odamning xatoyu nuqsoni kam bo‘ladi.
99-mashq. So‘zlarning ma’nolarini xotirangizda saqlab qoling. Ularning
qaysi imlo qoidalariga ko‘ra yozilganini aniqlang.
ASSAMBLEYA [fransuzcha assemble – o‘xshatish, qiyos, tenglashtirish] 1
Xalqaro tashkilotlarda ba’zi rahbarlik organlari nomi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assamleyasi. 2 Yig‘ilish
PROVAYDER [inglizcha provider] O‘z mijozlariga internet tarmog‘idan
foydalanish bo‘yicha turli xizmatlar ko‘rsatuvchi firma, vositachi tashkilot.
SOHIBQIRON [arabcha qiron egasi] 1 Astrologiya va afsonalarda: Zuhra va
Mushtariy yoki Zuhra va Quyoshning ekliptika (tutilish) davrining ma’lum bir
darajasida to‘qnash kelish vaqti (qiron) da tug‘ilgan bola (bunday bolaning baxtli,
g‘olib, muzaffar va ulug‘ martabali bo‘lishi bashorat qilingan). 2 Sharq
mamlakatlarida: qudratli hukmdor, jahongir unvoni. 3 Amir Temurning sharafli
unvoni.
HAQGO‘Y [arabcha + forscha haq so‘zni, haqiqatni aytuvchi] Haq so‘zni
aytuvchi, to‘g‘ri so‘zlovchi; rostgo‘y.
Do'stlaringiz bilan baham: |