Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
5- bob. LEKSIKOLOGIYA 
 
23-§. LEKSIKA (LUG‘AT TARKIBI) VA LEKSIKOLOGIYA HAQIDA 
UMUMIY MA’LUMOT 
 
Reja: 
1. Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot. 
2. So‘z – tilning asosiy birligi sifatida. 
3. Leksikologiyaning bo‘limlari haqida ma’lumot.  
 
Tayanch iboralar:  leksika, so‘z, lug‘at tarkibi, leksikologiya, semasiologiya, 
semantika, polisemantika, polisemiya, monosemantika, monosemiya.  
 
Topshiriq.  Abdulla  Qahhor  hikoyalaridan  olingan  gaplarni  o‘qing.  O‘z  va 
ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni topib, izoh bering.  
 


1. Samovarda o‘tirib, birpas dam oldik. 2. Shamol goh och bo‘riday uvillar, 
goh  o‘lim  changaliga  tushgan  mushukday  pixillar,  vag‘illar,  atrofda  hech  narsa 
ko‘rinmas edi. 3.Mukarram hovlida samovarga suv quyar edi.   
 
Leksikologiya  grekcha  lexikos – so‘z va  logos  – ta’limot so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, tilning so‘z va uning xususiyatlarini o‘rganadigan bo‘limi sanaladi.  
Leksikologiya ikki turli bo‘ladi:  
1) hozirgi   leksikologiya;   
2) tarixiy    leksikologiya. 
Hozirgi leksikologiyada so‘zlar sinxron tadqiq etilsa, tarixiy leksikologiyada 
diaxron aspektda ish olib boriladi.  
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarning yig‘indisiga    lug‘at   tarkibi   yoki   
leksika  deyiladi.  O‘zbek  tili  leksikasi  deyilganda,  tilimizda  qo‘llaniladigan 
so‘zlarning barchasi nazarda tutiladi.  
Leksikologiya  so‘zlarning  kelib  chiqish  tarixini,  shakl  va  ma’no 
munosabatiga ko‘ra turlarini, iste’mol doirasiga ko‘ra farqlanishlarini, emotsional-
ekspressiv  xususiyatlarini  o‘rganadi.  Bundan  so‘zlarning  ichki  (ma’noviy)  va 
tashqi (tovush, materail) tomoni ham mustasno emas. 
Tilshunoslikda    so‘zga  tilning  asosiy  birligi  sifatida  qaraladi.  Darhaqiqat, 
olam  va  undagi  narsa-hodisalarni  bilishda  hech  bir  narsa  so‘zning  o‘rnini  bosa 
olmaydi. So‘zlar o‘zlarida borliqdagi narsa va hodisalarni nomlaydi, ifodalaydi va 
ko‘rsatadi. Masalan,   yer, tuproq, yumshoq, qattiq, suv, ariq, daryo, ekmoq, ekin, 
chopmoq,  yetishtirmoq,  mehnat  qilmoq,  hosil,  mo‘l,  yaxshi,  yomon,  to‘satdan, 
ko‘p, oz, qirq, ming, o‘n  kabi ot, fe’l, sifat, son, ravish so‘z turkumiga oid so‘zlar 
nomlash  vazifasini  bajaradi;  oh,  evoh,  ey,  -ku,  hatto,  nahotki  singari  undovlar 
hamda  yuklamalarda  faqat  ifodalash  ma’nosi  mujassam;  bog‘lovchi  va 
ko‘makchilarga  mansub  yoki,  va,  goh..goh,  -ki,  bilan,  uchun,  deb,  toki  singari 
so‘zlarga    esa  ko‘rsatish  vazifasi  yuklatilgan.  Shuningdek,  atoqli  otlar  va 
olmoshlarda ham o‘ziga xos belgilar mavjud.  
So‘zlarning  barchasi  uchun  muhim  bo‘lgan  belgi    ularning  ma’lum  bir 
tovushlardan tashkil topishidir. Masalan, osh (yegulik, taom), bosh (gavda qismi), 
yuvosh  (xarakter  belgisi)  –  tovush  qo‘shilishi  bilan  so‘zlardagi  ma’no  keskin 
o‘zgarib  bormoqda.  Demak,  so‘zlarda    ularning  material  tomoni  bilan  birgalikda 
ichki – ma’no tomoni ham muhim ahamiyat kasb etadi.  Bu ikki jihat bir-biri bilan 
qo‘shilib, birgalikda tilning eng katta boyligi sanalgan so‘zlarni hosil qiladi.  
So‘zlar  har  bir  xalq  ma’naviyatining  bebaho  xazinasi,  javohiroti,  bitmas-
tuganmas  boyligi  sifatida  asrlar  davomida  shakllanib,  sayqal  topib,  tilda 
barqarorlashib  boradi.  Jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyoti,  madaniyati  va 
san’ati  so‘zlar  orqali  tarix  sahifalariga  muhrlanadi.  Ular  insonlar  xotirasida, 
bitiklarda saqlanadi va ma’naviy meros sifatida avloddan avlodga qoldiriladi. 
Masalan,  quyosh,  oftob,  shams;  oy,  mohtob,  qamar,  hilol;  el,  elat,  budun, 
ulus,  xaloyiq,  xalq,  millat,  elat;  o‘simlik,  ko‘k,  ko‘kat,  maysa;  totimoq,  yemoq, 
tanovul  qilmoq,  paqqos  tushirmoq;  toy,  toychoq,  ot,  qorabayir,  chavkar,  to‘riq, 
tulpor  kabi  so‘zlarning  tilda  paydo  bo‘lishi  va  tilimizda  o‘z  o‘rnini  topib  qolishi 
uchun uzoq davrlar kerak bo‘lgan.   
So‘zlar  jamiyatning  ehtiyojiga  qarab  yuzaga  keladi  va  yo‘qolib  boradi. 
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk” kitobida tilga olingan uma (ona; 


mehmon,  qo‘noq),  etmak  (non),  evshuk  (to‘siq),  emgak  (mehnat,  mashaqqat), 
buduk  (o‘yin,  raqs)  singari  so‘zlardan  tilimizning  hozirgi  bosqichida 
foydalanilmaydi.  Til  taraqqiyoti  tufayli  muassasa,  ta’lim,  tarbiya,  sanoat, 
shifobaxsh,  dorilamon,  dastgoh,  elektr,  mashina,  avtomobil,  restoran,  deputat, 
dekloratsiya,  parlament  kabi  minglab  so‘zlar  kirib  keldi  hamda  o‘zbek  tilining 
lug‘at boyligidan mustahkam o‘rin egalladi.        
So‘z  ma’nolarini  o‘rganadigan  leksikologiya  bo‘limi  semasilogiya  yoki 
semantika deb ataladi. 
Dialektologiyada shevaga xos so‘zlarning lisoniy xususiyatlari tadqiq etiladi.  
Etimologiya so‘zlarning kelib chiqish tarixi haqidagi ta’limot sanaladi.  
Leksikografiya  lug‘at  tarkibiga  kirgan  so‘zlarni  maqsadli  yozma  ravishda 
to‘plash,  ularni  ma’lum  tartib  asosida  (ko‘pincha  amaldagi  alfavitga  asoslanib) 
joylashtirish, turli ko‘rinishdagi lug‘atlar tuzishni o‘z ichiga oladi. 
Nutqda so‘zlardan maqsadga muvofiq foydalanish hodisasi (uslubiyat)     ham   
muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  esa  leksikologiyaning      uslubiyat  fani  bilan  ham 
mustahkam aloqada ekanligini tasavvur qilish imkonini beradi. 
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling