Djurabayeva Z. A. Ona tili


-mashq.    Abdulla  Qahhor  qalamiga  mansub  hikmatli  so‘zlarni


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

102-mashq.    Abdulla  Qahhor  qalamiga  mansub  hikmatli  so‘zlarni 
yozing.  Ularda  ishlatilgan  so‘zlarning  o‘z  va  ko‘chma  ma’nolariga  diqqat 
qiling.  
 
Chiroyli  lof-qofdan,  xunuk  haqiqat  yaxshi.  Yuragida  qo‘ri  bor  odamning 
qo‘llari issiq bo‘ladi. Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi. Toshqin 
suv  tegirmonni  buzishi  ham  mumikn,  yurgizishi  ham.  Odamning  yomoni 
bo‘lmaydi. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi.  
 
103-mashq.  Quyosh  so‘zining  ma’nolari  va  ma’nodoshlariga  e’tibor 
bering. Ularning ishlatilishiga misollar keltirib, izohlang.                  
 
QUYOSH  1  (astronomiyaga  oid  termin  sifatida  bosh  harf  bilan)  Quyosh 
sistemasiga  oid  markaziy  jism  –  o‘zidagi  termoyadroviy  reaksiyalar  hisobiga 
yorug‘lik  va  issiqlik  tarqatuvchi  (chiqaruvchi)  ulkan  gazsimon  shar  shaklidagi   
yoritqich.  2  Shu  jismdan  taraluvchi  nur,  issiqlik.  3  ko‘chma.  Nimaningdir  hayot, 
yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida.    
OFTOB  [forscha  –  quyosh;  quyosh  nuri]  1  Quyosh,  kun.  2  Quyosh 
tarqatayotgan  nur,  quyosh  harorati.  3  Quyosh  nuri  tushib  turgan,  quyosh  isitib 
turgan joy.  4 ko‘chma. Yorituvchi, yorug‘lik kirituvchi, o‘zgartiruvchi. 
KUN  1  Quyosh,  oftob.  2  Sutkaning  quyosh  chiqqandan  quyosh  botguncha 
bo‘lgan  qismi.  3  Bir  kecha-kunduz  –  24  soatga  teng  vaqt;  sutka.  4  Oy  yoki 
haftaning  ma’lum  bir  kalendar  sanasi,  ma’lum  bir  hodisaga  bag‘ishlangan  kun, 
sana. 5. (ko‘plik shaklida) Kunlar bilan belgilanuvchi vaqt, payt, kez, davr. 6 Ob-
havo,  ob-havo  sharoiti.  7  Ayrim  so‘zlar  bilan  qo‘llanib,  ahvol,  sharoit  ma’nosini 
bildiradi.    
SHAMS [arabcha – quyosh] 1 kitobiy aynan quyosh. 2 Shams (erkaklar ismi)                                                                                                                                                                                                         
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling