102-mashq. Abdulla Qahhor qalamiga mansub hikmatli so‘zlarni
yozing. Ularda ishlatilgan so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolariga diqqat
qiling.
Chiroyli lof-qofdan, xunuk haqiqat yaxshi. Yuragida qo‘ri bor odamning
qo‘llari issiq bo‘ladi. Gap qancha yaxshi bo‘lsa, u shuncha qisqa bo‘ladi. Toshqin
suv tegirmonni buzishi ham mumikn, yurgizishi ham. Odamning yomoni
bo‘lmaydi. Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi.
103-mashq. Quyosh so‘zining ma’nolari va ma’nodoshlariga e’tibor
bering. Ularning ishlatilishiga misollar keltirib, izohlang.
QUYOSH 1 (astronomiyaga oid termin sifatida bosh harf bilan) Quyosh
sistemasiga oid markaziy jism – o‘zidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga
yorug‘lik va issiqlik tarqatuvchi (chiqaruvchi) ulkan gazsimon shar shaklidagi
yoritqich. 2 Shu jismdan taraluvchi nur, issiqlik. 3 ko‘chma. Nimaningdir hayot,
yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida.
OFTOB [forscha – quyosh; quyosh nuri] 1 Quyosh, kun. 2 Quyosh
tarqatayotgan nur, quyosh harorati. 3 Quyosh nuri tushib turgan, quyosh isitib
turgan joy. 4 ko‘chma. Yorituvchi, yorug‘lik kirituvchi, o‘zgartiruvchi.
KUN 1 Quyosh, oftob. 2 Sutkaning quyosh chiqqandan quyosh botguncha
bo‘lgan qismi. 3 Bir kecha-kunduz – 24 soatga teng vaqt; sutka. 4 Oy yoki
haftaning ma’lum bir kalendar sanasi, ma’lum bir hodisaga bag‘ishlangan kun,
sana. 5. (ko‘plik shaklida) Kunlar bilan belgilanuvchi vaqt, payt, kez, davr. 6 Ob-
havo, ob-havo sharoiti. 7 Ayrim so‘zlar bilan qo‘llanib, ahvol, sharoit ma’nosini
bildiradi.
SHAMS [arabcha – quyosh] 1 kitobiy aynan quyosh. 2 Shams (erkaklar ismi)
Do'stlaringiz bilan baham: |