ETAK 1 Kiyimning pastki, silib tushib turadigan keng qismi. Ko‘ylakning
etagi. To‘nning etagi.
2 Ba’zi narsalarning etakka o‘xshash osilgan pastki qismi
. Quyosh qishloq
ustidan etagini yig‘ib olgan, kech kira boshlagan edi. (S.Zunnunova)
3 Matodan paxta terish uchun maxsus tikilgan, bir tomoni bo‘yinga osib, bir
tomoni belga bog‘lab olinadigan buyum.
Qo‘li etak bilan chanoqqa xuddi
bo‘zchining mokisidek borib kelyapti. (E.Raimov)
4 Ba’zi narsalarning, sathning cheti, quyi tomoni, oxirgi qismi.
Dala etagi.
Sahro etagi.
5 Tog‘, adir, balandliklarning pastki qismi; pastki qismidagi joy, maydon.
Yodgor ohista yurib adir etagiga tushib ketdi. (O‘.Hoshimov)
6 Ariq, daryoning quyi qismi; suvning quyilish joyi.
Zarafshonning etagi.
7 Vaqt e’tibori bilan oxirgi qism, oxir, so‘ng.
Fevralning etaklarida kun isib
ketdi. (S.Anorboyev)
Do'stlaringiz bilan baham: