106-mashq. Abdurauf Fitrat tomonidan ko‘chma ma’noda qo‘llangan
qurol so‘ziga izoh bering. Uning o‘z va ko‘chma ma’nolarini aniqlang.
Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan,
o‘tkir aql va yaxshi axloqdir.
107-mashq. Quyida berilgan so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llang va
ularga izoh bering.
OY 1 astronomiyada Quyoshdan nur olib, yog‘du sochuvchi samoviy jism.
Yerning tabiiy yo‘ldoshi. 2 Astronomik yilning o‘n ikkidan biriga – Oyning
Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt oralig‘i; o‘lchov
birligi: 28, 29, 30, 31 kunlik davr. 3 Uch-to‘rt kunlik oy shalkidagi bezak yoki
belgi. 4 Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayollar nomiga qo‘shilib, erkalash,
hurmatni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |