leksik va grammatik ma’nolarini izohlang.
U oxirgi kelganida mendan:
– Zimiston qayerga joylashgan? – deb so‘radi. Men o‘zimni kulgudan tutib
tura olmadim.
Sen bu so‘zni qayerda eshitding?
– Uyimiz oldida o‘zbek ayollari gaplashganida eshitdim. Bir ayol
ikkinchisiga: “Qarang, zimiston bo‘p qoldi, ketishim kerak”, – degandi.
Bilishimcha, Sirdaryoda Guliston bor, Samarqandda esa Registon, ammo
hayronman, Zimiston qayerda joylashgan ekan?
Jannat, zimiston bu – qop-qorong‘i degani. Bu tuman yoki ko‘cha nomini
anglatmaydi. Tunda ko‘chaga chiqsang, zimistonga duch kelishing mumkin, –
dedim men. (J.Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |