100-mashq. Haydar Muhammadning “Afsonaviy Samarqand” she’rini o‘qing. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlardagi afsonaviy me’moriy obidalarning xalqimiz tarixida tutgan o‘rni to‘g‘risida suhbatlashing. Ikkinchi bandda berilgan so‘zlarning yozilish qoidalarini aniqlang.
Yillar bag‘ridan ovoz berar sirli sadolar,
Tilga kirar tanburlar.
Ranglar jonlanar, hikmat aytar bobolar:
Shahrim osmonida tovlanar nurlar.
Samarqand, Samarqand
Afsona – ertak shahrim.
Samarqand, sarbaland Samarqand,
Mehridan sayqal berdi asrim.
Resgistonda yuz ko‘rishgan Navoiy, Jomiy,
Bizga bugun zamondosh.
Ulug‘bek – tongi yulduzlarning zavqu ilhomi,