Djurabayeva Z. A. Ona tili
-§. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 2-topshiriq.
25-§. BIR MA’NOLI VA KO‘P MA’NOLI SO‘ZLAR. SO‘ZNING O‘Z
VA KO‘CHMA MA’NOSI. MA’NO KO‘CHIRISHNING ASOSIY TURLARI Reja: 1. So‘z ma’nosining ko‘chish yo‘llari. 2. Metafora usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. 3. Metanimiya usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. 4. Sinekdoxa va vazifadoshlik usuli bilan so‘z ma’nosining ko‘chishi. Tayanch iboralar: monosemantizm, polisemantizm, o‘z ma’no, ko‘chma ma’no, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, ma’no torayishi, ma’no kengayishi. 1-topshiriq. Gapni o‘qing, ko‘chma ma’nodagi so‘zni topib, uni izohlang. Insonni ehtiros emas, uning buyuk bisoti – aqli, tafakkuri boshqarishi kerak. (Erkin Vohidov) 2-topshiriq. Gapdagi ajratilgan so‘z qanday ma’noda kelayotganini belgilang. O‘zbek xalqi azaldan buyon madaniyat bulog‘ining boshida bo‘lgan. (Oybek) So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. So‘zlarning bir ma’noligiga monosemantizm, ko‘p ma’noga ega bo‘lishiga polisemantizm deyiladi. Monosemantizm polisemantizmga zid qo‘yiladi. Bir ma’noli so‘zlar ko‘pincha terminlardan iborat bo‘ladi. Masalan, logorifm, kislorod, hujayra, tuyuq, ruboiy, fonema singari so‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llab bo‘lmaydi. Ammo, ildiz (o‘z ma’nosida daraxt, o‘simlik ildizi), ko‘chma ma’noda tishning ildizi, ma’lum bir sonning ildizi, millat ildizi ko‘rinishida ishlatilishi mumkin. So‘zning ma’nosi uning boshqa so‘zlar bilan munosabatga kirishi natijasida yuzaga chiqadi. Masalan, gul so‘zga e’tibor berib ko‘raylik. Gul ko‘pincha hidi va manzara hosil qilish uchun o‘stiriladigan o‘simlik ma’nosini beradi. Hovlida gulbeor, rayhon, jambil, nomozshomgul kabi rang-barang gullar ochilib yotardi. Mazkur gapda gul so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llanmoqda. Yigitlarning guli, nonning guli, gilamning guli, ko‘ylakning guli, do‘ppining guli birikmalarida esa ko‘chma ma’nolarda ishlatilmoqda. Leksemalarni gavdalantirgan tovush yoki tovushlar tizimining nimanidir atashi, nomlashi bilan bog‘liq bo‘lgan voqelikka nisbat beriladigan lug‘aviy mazmuniga leksik ma’no deyiladi. Leksik ma’no o‘z va ko‘chma ma’noga bo‘linadi. So‘zning matndan tashqaridagi ma’nosiga o‘z ma’no deyiladi. Masalan, qanot so‘zi o‘z ma’nosida qush va hasharotlarning uchishini ta’minlash uchun xizmat qiladigan a’zo sanaladi. Uning samolyotning qanoti, avtomashinalarning qanoti, eshik va derazaning qanoti, qo‘shin qanoti, suyanchiq, ko‘makchi, himoya, panoh kabi 10 dan ortiq ko‘chma ma’nolari mavjud. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da qo‘ymoq so‘zining 34 ta, bosmoq so‘zining 26 ta, olmoq so‘zining 21 ta ko‘chma ma’nolari keltirilgan. So‘zning bosh ma’nodan tashqari, yana bir necha yasama ma’nolarga ega bo‘lishi so‘zlardagi ma’no taraqqiyoti qonunlariga asoslanadi. Ana shunday qonunlarga ma’no ko‘chishi, ma’noning kengayishi, ma’noning torayishi hodisalari kiradi. So‘z ma’nosining ko‘chishi metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari hodisalarni o‘z ichiga oladi. Metafora narsa va hodisalar orasidagi o‘zaro o‘xshashlik asosidagi ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa va hodisaning rangi, shakli, harakati kabi belgilari asosida ikkinchi bir narsa-hodisadagi shunga o‘xshash belgi e’tiborga olinadi va so‘z ma’nosi ko‘chiriladi. Masalan, inson insonning ko‘zi ko‘rish vazifasini bajaradi, uning shakli cho‘ziq dumaloq. Buloqning ko‘zi, tizzaning ko‘zi, taxtaning ko‘zi, uzukning ko‘zi; ishning ko‘zi, derazaning ko‘zi birikmalarida ko‘z shakli va uning vazifasi bilan bog‘liq jihatlar e’tiborga olinib so‘z ma’nosi ko‘chirilgan. Metafora usulida narsa va hodisalar uchun umumiy bo‘lgan belgi tushunchada saqlanadi. Masalan, Vatanimiz qalqonlari, hayot kitobi, oilamiz shamchirog‘i kabi birikmalar tarkibida kelayotgan qalqon, kitob, shamchiroq so‘zlarida ularga xos bo‘lgan tushunchalar saqlangan. O‘xshashlik asosidagi ma’no ko‘chirilishi: – odamning tana a’zolari nomlari: bet, yuz, burun, og‘iz, lab, tish, elka, oyoq; – kiyim-kechak yoki ulardagi biror qismning nomlari: etak, yeng, yoqa; – hayvon, parranda va hasharotlar va ularning biror a’zosi nomi: qanot, bo‘yin, pat, dum; – o‘simliklar, daraxtlar va ularning qismlari nomi: ildiz,gul, kosa, tomir; – qurol-yarog‘ nomlari: nayza, o‘q, pichoq; – turli belgi, harakat nomlari: baland, past, olmoq, chaqmoq, urmoq, surmoq, turmoq va shu kabilarga asoslanadi. Shuningdek, u yordamchi so‘zlarda (orqa, ost, ust, tomon kabi) ham mavjud. Metonimiya narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka asoslangan ma’no ko‘chishidir. Bunda narsa va hodisalar o‘rtasida na tashqi, na ichki o‘xshashlik (umumiy belgi) bo‘lmaydi, balki ular orasidagi doimiy real aloqa, birining nomini aytganda, ikkinchisini anglash, nazarda tutish e’tiborga olinadi. Masalan, Toshkent mehmonxonasi, “O‘zbekiston” shifoxonasi, Chorsu bekati, “Afrosiyob” tezyurar poyezdi, Navoiyni mutolaa qilmoq kabi birliklarda metonimiya usuli bilan ma’no ko‘chishi kuzatiladi. Sinekdoxa qism orqali butunni yoki aksincha butun orqali qismni ifodalash usulidir. Masalan, tuyoq so‘zi mol, qo‘y, echki ma’nosida ishlatiladi. Xuddi shuningdek, tirnoq, bosh, tish, kalla, qo‘l so‘zlari butunni ifodalash uchun ishlatiladi. “Musobaqada O‘zbekistonning qo‘li baland keldi” gapida “O‘zbekiston” so‘zi muayyan sportchining nomini bildirish uchun ishlatiladi. Bajarayotgan vazifasiga ko‘ra ma’no ko‘chirilishiga vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chish deyiladi. Insonning yuragi – Vatanimizning yuragi, odamning oyog‘i – stulning oyog‘i, insonning ko‘zi – derazaning ko‘zi birikmalarida bajarayotgan vazifasiga ko‘ra ma’no ko‘chishi kuzatiladi. Shuningdek, tilda so‘z ma’noning kengayishi va torayishi hodisalari ham uchraydi. Masalan, suv so‘zi rangsiz, shaffof suyuqlik ma’nosini beradi. Til taraqqiyoti davomida uning ma’nosi kengayib, ariq, anhor, soy, jilg‘a, dengiz, okean, ko‘lmak, turli gazli va gazsiz ichimliklar, sharbatlar ma’nolarini anglata boshladi. Mashina, dastgoh, soat, uy, g‘ildirak, zina, eshik, deraza, daftar, ruchka, qalam, qog‘oz so‘zlarida ham ma’no kengayishi hodisasi kuzatiladi. Aksincha, bekat, partiya, kotib, ellikboshi kabi so‘zlarning ma’nosi torayib bormoqda. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling